Island tili
Qiyofa
Island tili | |
---|---|
Milliy nomi | íslenska |
Mamlakatlar | Islandiya[1] va Daniya[2] |
Rasmiylik holati | Islandiya |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 331,000 |
Turkumlanishi | |
Turkum | Hind-Yevropa |
Alifbosi | lotin |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | is |
ISO 639-2 |
ise (B) isl (T) |
ISO 639-3 | isl |
Island tili — xind-yevropa tillari oilasining german tillari guruhiga mansub gʻarbiy skandinav tillaridan biri. Islandiyaning davlat tili. I.t.da umuman 270 mingdan or-tiq kishi soʻzlashadi (1992). Bu til vakillari Islandiyada, bir qismi Kanada va AQShda istiqomat qiladi. I.t. deyarli shevalarga ega emas. 12—13-asrlarda I. t. fonologik tizimida qisqa va choʻziq diftonglar (ikki unli to-vush birikmasi), portlovchi, jarangsiz undoshlar paydo boʻlgan. Urgʻu soʻzlarning birinchi boʻgʻiniga tushadi. I.t.da boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlar kam. 11-asr oxiri va 12-asr boshlaridan lotin alifbosi asosidagi yozuvda.[3]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil