Kontent qismiga oʻtish

Ishqibozlar dunyosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ishqibozlar dunyosi
Asl nomi Республика чудаков, или 1000 и одна страсть
Muallif(lar) Yuriy Alperovich
Tarjimon(lar) Olimjon Ahmadjonov
Til ruscha
Janr(lar)i qiziqishlar
Nashr etilgan sanasi 1970
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1975
Sahifalar soni 120

„Ishqibozlar dunyosi“ (ruscha: Республика чудаков, или 1000 и одна страсть) — rus yozuvchisi va jurnalisti Yuriy Alperovich qalamiga mansub qiziqishlar haqidagi kitob. Ilk bor 1970-yil Moskva shahrida „Detskaya literatura“ nashriyotida chop etilgan.[1] Asarda boʻsh vaqtini gʻaroyib ishlarga bagʻishlagan shaxslar va ularning xobbilari haqida hikoya qilinadi.

Asarni oʻzbek tiliga Olimjon Ahmadjonov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1975-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan.

Oʻzbekcha tarjimasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asarni oʻzbek tiliga 1970-yil „Detskaya literatura“ nashriyoti chop etgan ruscha nashridan Olimjon Ahmadjonov qisqartirib tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1975-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: E. Siddiqov – muharrir, E. Valiyev – rassom, Q. Aliyev – rasmlar muharriri, A. Albert – texnik muharrir, M. Ortiqova – musahhih. Kitob adadi – 45 000 nusxa.

  1. „Gʻalati odamlar respublikasi yoki 1001 ishtiyoq“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 16-fevral.