Kontent qismiga oʻtish

Iqtisodiy sanksiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Iqtisodiy sanksiya — bir mamlakat (yoki mamlakatlar guruhi) tomonidan boshqa bir mamlakatga (yoki mamlakatlar guruhiga) qarshi qoʻllangan jazo. Iqtisodiy sanksiyalar asosan biror bir eʼtirozli siyosatga qoʻl oʻrgan mamlakatga qarshi qoʻllanadi. Bu siyosat ichki yoki tashqi boʻlishi mumkin. Sanksiyalar har doim ham salbiy boʻlmaydi, ularning ijobiy turlari ham mavjud.[1]

Iqtisodiy sanksiyalar xalqaro diplomatiyada qadim zamondan beri qoʻllanilib keladi. Oʻtmishda sanksiyalar odatda harbiy yurishlar bilan birgalikda ishlatilgan. Keyingi paytda boʻlsa sanksiyalar harbiy harkatlarsiz turli xil tashqi siyosiy maqsadlarga erishish uchun qoʻllanilib kelyapti.

Iqtisodiy sanksiyalarning turli xil taʼrifi mavjud. Sanksiyalar boʻyicha yetuk mutaxassis hisoblangan Hufbauer, Schott va Elliott sanksiyalarni „odatiy savdo yoki moliya aloqlarining davlat tomonidan atayin bekor qilinishi yoki shunday aloqalarning bekor qilinishi haqida tahdid qilishi“ deb taʼriflaydi.[2] „Odatiy“ soʻzi bilan sanksiya yoʻqligida amalga oshadigan aloqalar nazarda tutilgan. Boshqacha qilib aytganda, Hufbauer, Schott va Elliott sanksiyalarni mamlakatlar orasidagi normal savdo va moliya aloqaliriga qoʻyilgan cheklanishlar deb hisoblashadi.

Baldwin iqtisodiy sanksiyalarga kengroq taʼrif beradi. Unga koʻra, iqtisodiy sanksiyalar diplomatiya va propaganda kabi iqtisodiy boʻlmagan instrumentlar bilan bir qatorda mamlakatni boshqaruvining bir qismidir.[3] Keyingi paytlarda sanksiyalarning ekonometrik taʼriflari ham taklif qilinyapti. Masalan, Marinov sanksiyalarni „bir mamlakatdagi y muomala liniyasini oʻzgartirish uchun odatiy iqtisodiy almashuvga qoʻyilgan chek“ deb taʼriflaydi.[4]

Yuqoridagi barcha taʼriflarda iqtisodiy sanksiyalarning asosiy maqsadi koʻrsatilgan. Bu „moʻljal“ mamlakatning siyosastini oʻzgartirish uchun oʻsha mamlakatga ziyon yetkazishdir. Iqtisodiy sanksiyalar eng koʻp biror bir e'tirozli siyosatga qoʻl oʻrgan mamlakatga qarshi qoʻllanadi. Bu siyosat ichki yoki tashqi boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, sanksiyalarni bir mamlakat alohida yoki bir necha mamlakat guruhi bilan birgalikda ishlatishi mumkin. Sanksiyalar har doim ham salbiy boʻlmaydi. Aksincha, ijobiy sanksiyalar ham mavjud.[5] Bunday sanksiyalarga moʻljal mamlakatga iqtisodiy yordam berish, mavjud sanksiyalarni bekor qilish va moʻljal mamlakat bilan imtoyozli aloqada boʻlish misol boʻla oladi.

Sanksiyalar zamonaviy halqaro aloqalarda koʻp qoʻllanilsa ham, tashqi siyosatda ularning effektivligi haqida iqtosodchilar orasida turli xil fikrlar mavjud. Aksar iqtisodchilar sanksiyalarni tashqi siyosatning effektiv boʻlmagan asbobi deb hisoblaydi. Boshqalar boʻlsa baʼzi bir siyosiy maqsadlarga erishish uchun sanksiyalardan samarali foydalanish mumkin deb hisoblaydi. Bu kelishmovchiliklarga qaramasdan xalqaro aloqalarni boshqarishda qoʻllash mumkin boʻlgan siyosatlar ozligi sabab sanksiyalar bugungi kunda tashqi siyosat asbobi sifatida keng qoʻllanadi.

  1. Haidar, J.I., 2015."Sanctions and Exports Deflection: Evidence from Iran," Paris School of Economics, University of Paris 1 Pantheon Sorbonne, Mimeo
  2. Hufbauer, Gary Clyde; Jeffrey J. Schott, Kimberly Ann Elliott. Economic Sanctions Reconsidered: History and Current Policy, 2nd ed., Washington, D.C.: Institute for International Economics, 1990 — 2-bet. ISBN 978-0881321364. 
  3. Baldwin, David A.. Economic Statecraft. Princeton: Princeton University Press, 1985 — 36-bet. ISBN 9780691101750. 
  4. Marinov, Nikolay „An Elusive Statistic: Estimating the relationship between Sanctions and Success“. 2014-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-mart 2014-yil. (Wayback Machine saytida 2014-03-29 sanasida arxivlangan)
  5. Ataev, Nodir „Economic Sanctions and Nuclear Proliferation: The Case of Iran“ (2013). Qaraldi: 29-mart 2014-yil.[sayt ishlamaydi]