Ippologiya
Ippologiya (yunoncha: — ot va ...logiya) — otlar toʻgʻrisidagi fan. I.ga oid birinchi yozma asarlar mil. av. bir necha yuz yil oldin Yunonistonda vujudga kelgan boʻlib, unda otning gavda tuzilishi, feʼl-atvori va otlardan foydalanish kabi maʼlumotlar bayon etilgan. Keyingi ayerlarda I. doirasi to-bora kengayib bordi. 20-asr boshlariga kelib I. otlarning evolyusiyasi va ularni xonakilashtirish; anatomiyasi va fiziologiyasi; urchitish usullari va koʻpaytirish biol.si; zotlarni tako-millashtirish va yangi ot zotlarini yaratish, naslchilik ishlari; ot sinovlarini oʻtkazish; otda yurish sanʼati va nazariyasi; milliy ot oʻyinlari va b. haqidagi koʻpgina boʻlimlarni oʻz ichiga olgan fanga aylandi. Oʻrta Osiyo otlarni xonakilashtirishning qad. madaniy markazlaridan biri hisoblanadi (qarang Yilqichilik).
Ad.:Toʻraqulov 3. T., XolmirzayevD., Muxtorov A., Yilqichilik. T., 1985.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |