Kontent qismiga oʻtish

Indira Gandi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Indira Gandi
Indira Priyadarshni Neru
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1917-yil 19-noyabr
Ollohobod
Vafoti 1984-yil 31-oktyabr
Nyu-Dehli, Hindiston

Indira Gandi (toʻliq ismi Indira Priyadarshni Neru; 1917.19.11, Ollohobod – 1984.31.10, Dexli) – Hindistonning siyosat va davlat arbobi. J. Nerunint qizi. Shveysariya, Angliya va Hindiston oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olgan. 1938 yildan Hindiston Milliy kongressi (HMK) partiyasi aʼzosi. Ingliz mustamlakachilik istibdodiga qarshi kurashda faol qatnashgan. 1947 yilda Hindiston mustaqillikka erishgach, xotin-qizlar harakatida ishtirok etgan. G. 1959—1960-yillarda HMK raisi, L. B.

Ulacmpu hukumatida axborot va radioeshittirish vaziri (1964—66), bosh vazir (1966—77). 1977-yilning mart oyida boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida HMK magʻlubiyatga uchradi va hokimiyatni qoʻldan boy berdi. 1977-yil dekabrda yuz bergan ichki ziddiyatlar natijasida HMK ikkiga boʻlinib ketdi va G. 1978-yilning yanvarda oʻz tarafdorlarining HMK (I) yangi partiyasini tuzdi va uning raisi etib saylandi. 1980 yil muddatidan ilgari boʻlib oʻtgan saylovlarda HMK(I) gʻalaba qildi va G. yana bosh vazir lavozimini egalladi. G. terrorchilar tomonidan otib oʻldirilgan.

Hayoti va karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Indira Gandi 1917-yil 19-noyabrda Indira Nehrudagi Ollahobod shahrida Kashmiri Pandit oilasida tugʻilgan[1]. Uning otasi Jawaharlal Nehru Hindistonning Britaniya hukmronligiga qarshi mustaqillik harakatining yetakchisi va Hindiston Dominionining (keyinchalik Respublika) Bosh vaziri edi. Indira ota-onasining yagona tirik qolgan farzandi (uning yoshligida vafot etgan kichik ukasi bor edi). U oʻz onasi bilan birga oʻsgan boʻlib Ollohobodda katta uyi bor edi. 1930-yilda Nehrular oilasi bu uyni Hindiston Milliy Kongressiga sovgʻa qiladi. Indira bolaligi yolgʻiz va baxtsiz oʻtgan. Uning otasi tez-tez boshqa hududlarda boʻlar, asosan vaqtini siyosiy faoliyatiga baʼishlar yoxud qamoqda boʻlardi, oyisi esa kasallik bilan umrining koʻp qismini oʻtkazgan va keyinchalik sil kasalligidan erta oʻlim topadi. U otasini kamdan kam koʻrar, asosan xatlar orqali suhbatlashardi[1].

Yosh Indira Gandi Maxatma Gandi bilan birga, 1924-yil

Indira Nehru asosan uyda oʻqituvchilar tomonidan oʻqitilgan. U Dehlidagi Modern School, Ollahoboddagi St. Cecililaʼs va St. Mary’s Convert maktablari, Geneva xalqaro maktabi, Bexdagi Ecole Nouvelle va Mumbay Universitetiga qarashli maktablarda taʼlim olgan[2]. U Shantiniketandagi Vishwa-Bharati universitetida oʻqishga kirdi. Robindranat Tagor u bilan suhbatda qizni Priyadarshini deb atagan, bu sanskrit tilida „hammaga mehribonlik qiluvchi“ degan maʼnoni anglatadi va shundan soʻng u Indira Priyadarshini Nehru nomi bilan tanilgan. Biroq bir yildan soʻng u kasal onasiga qarash uchun oʻqishni tashlab Yevropaga ketadi. U yerda Indira Oxford universitetida taʼlimini davom ettirishga qaror qildi. Onasi vafot etganidan soʻng, u 1937-yilda Somerville Collegega oʻqishga kirishidan avval qisqa vaqt mobaynida Badminton Schoolda oʻqiydi. Nehru dastlabki urunishda lotin tili imtihonidan yomon koʻrsatkich qayd etganligi sabab ikkinchi marta ham imtihon topshirishiga toʻgʻri kealdi. Oksfordda u tarix, siyosat va iqtisodiyotda yaxshi baholar oladi, ammo majburiy fan hisoblangan lotin tili darajasi yomonligicha qoladi[3].


Britaniyada boʻlgan vaqtida Nehru boʻlajak turmush oʻrtogʻi Feroze Gandi (Mahatma Gandi bilan aloqasi yoʻq) bilan tez-tez uchrashib turishadi. Ular Ollahobodda tanishishgan boʻlib, Feroze oʻsha vaqtlar London School of economicsda oʻqigan. Ular Olohbandda Adi Dharm anʼanalariga muvofiq turmush quradilar[4]. Juftlikning ikkita oʻgʻli Rajiv Gandi (1944) va Sanjay Gandi (1946) bor edi[5][6].

1942-yil sentyabrda Nehru Quit India Movement harakatidagi ishtiroki uchun qamoqqa olinadi. U yerdan 1943-yil aprel oyida ozod etilgan[7].

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
  1. 1,0 1,1 Pupul Jayakar. Indira Gandhi: A Biography. Penguin Books India, 27 November 1992 — 10-bet. ISBN 978-0-14-011462-1. 
  2. Gupte, Pranay. Mother India: a political biography of Indira Gandhi / Pranay Gupte., Rev., New York: Penguin Books, 2011 — 151–152-bet. ISBN 978-0-14-306826-6. Qaraldi: 2016-yil 16-avgust. 
  3. „Majlis Asian Society“. oxfordmajilis.wix. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-aprel.
  4. „Sonia assures help for father-in-law's grave“. archive.indianexpress.com (2005-yil 21-noyabr). 2016-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-iyul.
  5. Iwanek, Krzysztof „The End of India's Nehru-Gandhi Dynasty?“ (en-US). thediplomat.com. 2020-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-yanvar.
  6. Auerbach, Stuart. „Indira Is India“ (en-US) (1984-yil 1-noyabr). 2020-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-yanvar.
  7. Duda, P.N.. Indira Gandhi: Life and Legacy. APH Publishing Corporation, 2006 — 76-bet. ISBN 978-81-313-0066-4.