Inagajon Xidir-Aliyev
Inagajon Xidir-Aliyev | |
---|---|
Tavalludi |
1891-yil Pop qishlog‘i, Farg‘ona viloyati, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
1-yanvar 1929-yil Моskva, SSSR |
Fuqaroligi | RSFSR SSSR |
Xizmatdagi yillari | 1923 — 1925 |
Jang/urush | Bosmachilarga qarshi kurash |
Inagajon Xidir-Aliyev (1891 — 1929) — sovet harbiy va iqtisodiy arbobi, SSSR Inqilobiy Harbiy Soveti aʼzosi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1919-yil fevraldan RKP (b) aʼzosi. Bosmachilarni bostirish ishtirokchisi boʻlgan. Inagajon Xidir-Aliyev voqea joyidan shunday deb yozgan: ,,1920-yil sentabr oyida bosmachilar soni 70 ming kishiga yetgan va dahshatli boʻlgan". 1922-yil oktabrdan 1924-yil 1-yanvargacha Muxtor Turkiston SSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raisi[1]. 1922—1923-yillarda Muxtor Turkiston SSR qishloq xoʻjaligi xalq komissari. 1923-yil 28-avgustdan 1925-yil 21-noyabrgacha SSSR Inqilobiy Harbiy Soveti aʼzosi. 1924-yildan Muxtor Turkiston SSRning Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi Prezidiumi huzuridagi doimiy vakili. 1924-yil 18-noyabrdan 1925-yil 13-fevralgacha Oʻzbekiston SSR Inqilobiy qoʻmitasi[2] aʼzosi, soʻngra 1924-yildan 1925-yil noyabrigacha Oʻzbekiston SSR Qishloq xoʻjaligi xalq komissari. 1926-yil iyuldan 1928-yil noyabrgacha Oʻzbekiston respublika qishloq xoʻjaligi banki boshqaruvi raisi. 1928-yil noyabrdan 1929-yil 1-yanvargacha SSSR Markaziy qishloq xoʻjaligi banki boshqaruvi aʼzosi. Yangi yil arafasida Inagajon Xidir-Aliyev poytaxtda oʻz joniga qasd qilgan. Donskoy qabristoniga dafn etilgan[3].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1923-yil, Qizil Bayroq ordeni.[4]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Postanovlenie XII Vseturkestanskogo Sʼezda Sovetov.
- ↑ Postanovlenie I Vseuzbekskogo Sʼezda Sovetov
- ↑ Donskoe kladbiщe Moskva Fotoarxiv — Kolumbariy № 1 (zakritiy)/Xidir-Aliev[sayt ishlamaydi]
- ↑ Prikaz RVS SSSR № 2430.