Imomat (doktrina)
Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir. Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasiga qarang. |
Tarixdan ma'lumki, Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan so‘ng, musulmonlar ikki guruhga, yo'nalishga bo‘linib ketishadi:
Bir guruh Muhammad (s.a.v.) o‘zlaridan keyin o‘rinbosar va voris tayinlamay, bu ishni ummatning zimmasiga topshirganlar va ular o‘z oralaridan o‘zlari uchun rahbar saylab olishlari lozim deb, e’tiqod qiladilar. Ushbu guruhga Ahl as-Sunna val-Jamoa — «ahli sunnat» deb, aytiladi.
Ikkinchi guruh esa Muhammad (s.a.v.)ning xalifa va vorislari ul zotning o‘zlaridek, gunoh va sahv-xatolardan ma’sum va pok, ummatga «ma’naviy va moddiy» jihatdan rahbarlik qila oladigan hamda islomning poydevorini saqlab qolib, uni davom ettira oladigan darajada teran ilmga ega bo‘lmog‘i zarur deb, e’tiqod qiladilar. Ularning e’tiqodicha, bunday xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxsni rahbar va yo‘lboshchi etib tayinlash faqat Alloh tarafidan va Muhammad (s.a.v.)ning tillaridangina amalga oshishi mumkindir. Muhammad (s.a.v.) bu o‘ta muhim ishni amalga oshirib, hazrati Ali(a.s.)ni o‘zlarining o‘rinbosar va vorislari etib tayinlaganlar, deb ishonadilar. Bu guruh esa «imomiya» yoki «shia» deb, nom olgan.
Ushbu maqoladan ko‘zlagan maqsad – imomat masalasini aqliy, tarixiy va Qur’oniy dalillarga tayanib hamda Muhammad (s.a.v.) sunnatlariga asoslanib tahlil qilish va isbotlashdan iborat.
Qur'on va Imomat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qurʼon musulmonlarning buyuk samoviy va ilohiy kitobi bo‘lib, har taraflama hidoyatga boshlovchi va har qanday mushkul va muammoni hal qiladigan bebaho manbadir. Qur’oni Karim imomat masalasida ham chuqur ma’no-mafhumni bayon aylab, imomatning turli qirralarini izohlagan. Bu buyuk kitobga murojaat qilib, imomatga oid turli-tuman shubhalarni hal qilish mumkin.
Qur’on imomatni Alloh tarafidan deb biladi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qur’oni Karim hazrati Ibrohim (a.s.)ning imomat va peshvolik martabasiga erishishlarini rasul va nabiylik maqomiga noil bo‘lgach, og‘ir va qiyin imtihon va sinovlardan yaxshi o‘tganlaridan so‘ng, deb uqtiradi, ya’ni ul zot rasul va nabiy bo‘lganlaridan so‘ng, buyuk va og‘ir imtihon va sinovlardan oliy va sharafli o‘tganlaridan keyin, imomlik martabasiga ko‘tarilgan edilar. Alloh taolo Qur’oni Karimda bu haqda shunday marhamat qiladi:
} َٰ ِ ﻠﻲَﺘْ اﻧِذِإَو ﺎَ اﻫﻴ َﺮْﺑِإ ِّ ﻗَّﻦُﻬَّﻤَﻳَﺄَ ﻓ ٍﺎتَﻤِﻠَﻜِ ﺑُﻪُّﺑَ رَﻢ ً ِ إ َل ِّ ﺎﻣَﻣِ إ ِﺎسَّﻠﻨِ ﻟ َﻚُﻠِﺎﻋَﺟ ِ رﻳ ُ ﻦ ذ ِﻣَ و َﺎلَ ﺎ ﻗ َ ﺘﻲ ِ ﻻ ﻳ َﺎلَﻗ ِ ﺪي ْﻬَ ﻗ ُﺎلَﻨ َ ﻤِﺎﻟَّاﻟﻈ ﻴﻦ{
«Eslang: Ibrohimni Parvardigori bir necha so‘zlar bilan imtihon qilganida, u ularni mukammal va batamom ado etdi. Shunda (Alloh): «Men albatta, seni odamlarga imom (peshvo) qilguvchidirman» - dedi. (Ibrohim) «Zurriyotimdan hammi? (Mening zurriyotimdan ham bunday ulug‘ va yuksak maqomga erishadiganlar bo‘ladimi?)» - deb so‘radi. (Alloh) aytdi: «Zolimlar Mening ahdimga hargiz erisha olmaslar. (Sening zurriyoting orasidagi zolim kimsalar Mening imomat ahdimga erisha olmaslar)» (Baqara surasi; 124 – oyat).
Turli Qur’oniy va tarixiy hujjatlarning guvohlik berishicha, hazrati Ibrohim (alayhis salom) Bobul butparastlariga qarshi kurashish, Shom diyoriga hijrat qilish, Kaʼba uyini qurmoq hamda o‘z o‘g‘illari hazrati Ismoil (a.s.)ni qurbongohga eltib, qurbon qilish ishlarini o‘ta mukammal va sharafli bajarganlaridan so‘ng ushbu imomat va peshvolik martabasiga erishdilar. Nabiylik va rasullik maqomi Xudo tarafidan tayinlanadigan bo‘lsa, xalqni har tomonlama boshqarish va rahnamolik qilish bo‘lgan rahbarlikning eng takomil topgan cho‘qqisi hisoblanmish imomlik va peshvolik martabasi ham, Alloh tarafidan tayinlanishga sazovorroqdir va bu yuksak mas’uliyat odamlar saylashi bilan aniqlanishi mumkin emasdir.
Qur’on imomat maqomi tayin etilishi borasida shunday deydi: «Men seni odamlarga imom (peshvo) qiluvchiman», ya’ni Allohning o‘zi hazrati Ibrohim (a.s.)ni imom va peshvo etib tanladi. Va shuningdek, Qur’oni Karimning Anbiyo surasida Allohning buyuk payg‘ambarlari haqida ularning imom va peshvo qilinganliklari aytiladi:
} َ ًُّ وﻳ َﺎقَﺤْﺳِ إَُ ﺎَﻨْﺒَﻫَوَو ِ ِ ﻛﻠﺎَ وًﺔَﻠِﺎﻓَ ﻧ َﻮبُﻘْﻌ َ ـﺎﻟﺤَ ﺎ ﺻ َﻨْﻠَﻌَ ﺟ ً * ﻴﻦ َ ـﺔَّﻤِﺋَ أْﻢُـﺎﻫَﻨْﻠَﻌَﺟَو َ ﻓ ْ ﺣْوَأَ ـﺎ و َﻧِﺮْﻣَﺄِ ﺑَونُـﺪْﻬ ْ َ ﻴ َ ِ ـﺎ إ َﻨ ـﻞْﻌِ ﻓْـﻢِﻬ
َْ َ ْاﻟﺨ ِ ﻴﺮ إَ وِةَ َ ﻼ ﻳ َّ اﻟﺼَﺎمَﻗِإَ و ِات ِ ﺎءَﺘ ﺪِﺑَ ﺎ ﺨ ََ ﻮا ﺠ ُﻧَ َ ﻛﺎ ﻳ َ وِةَﻛﺎَّاﻟﺰ ﻦ{
«Biz (Ibrohimga) Is'hoqni hadya etdik va Ya’qubni ham (nabira qilib) qo‘shib berdik hamda barchalarini solih kishilar qildik» (Anbiyo surasi; 72 – oyat).
«Va ularni Bizning amrimiz bilan (odamlarni) hidoyat etadigan imomlar va peshvolar qildik va ularga yaxshi amallar qilishni, namozni to‘la ado etishni va zakot berishni vahiy qildik. Ular Bizgagina ibodat qiluvchi bo‘ldilar» (Anbiyo surasi; 73 – oyat) [1].
Yuqorida keltirilganimiz oyatlardan va shu oyatlarga o‘xshashlardan ma’lum bo‘lishicha, imomlik va peshvolik martabasi faqat Alloh taolo tarafidan tayin etilishi lozim. Bundan tashqari, hazrati Ibrohim (a.s.) imom va peshvo bo‘lganliklari haqidagi oyati karimaning davomida u kishi o‘z nasllari va zurriyotlaridan bo‘lgan ayrim insonlarning ham ushbu yuksak martabaga noil bo‘lishlarini Allohdan so‘raydilar. Alloh hazrati Ibrohim (a.s.)ga javoban shunday buyuradi: «Zolimlar Mening ahdimga hargiz erisha olmaslar», ya’ni sening duo va tilaging Allohning dargohida mustajob bo‘ldi. Ammo sening zurriyoting orasidagi gunoh va zulmga yo‘l qo‘ygan kimsalar Mening imomat ahdimga (bu yuksak va yuqori maqomga) erisha olmaslar. Demak, bu martaba va maqom zulm qilmaganlarga ato etilishi aytiladi. Bu yerda zulm deyilganda, turli gunohlar nazarda tutilib, imom har qanday gunohlardan pok va ma’sum ekanligiga ishora etiladi.
Ushbu oyati karimaning ma’no-mazmunini chuqurroq tushunib yetish uchun asrimizning buyuk tafsirchi olimi Alloma Tabataboiyning mazkur oyat tafsiriga doir fikrlarini o‘rganib chiqamiz.
Ushbu olimning bayoniga ko‘ra, hazrati Ibrohim (alayhis salom) ning zurriyotlarini to‘rt toifaga bo‘lish mumkin:
1. Hayotining avvalidan oxiriga qadar gunohkor bo‘lganlar, ya’ni Qur’on ta’biri bo‘yicha, butun umri davomida zolim bo‘lib o‘tganlar.
2. Butun umri bo‘ylab pok va ma’sum holda yashagan va hech qachon biror gunohga qo‘l urmagan kishilar.
3. Hayotining avvalida gunohkor va zolim bo‘lgan, lekin umrining oxirida tavba qilib pok bo‘lgan kishilar.
4. Hayotining avvalida pok bo‘lgan, biroq umrining oxirlarida gunohga yo‘l qo‘ygan kishilar, ya’ni avvalida solih kishilar bo‘lib, keyinchalik zolim va gunohkor bo‘lganlar.
Shubhasiz, hazrati Ibrohim (a.s.) Alloh taolodan imomat maqomini birinchi va to‘rtinchi toifadagi zurriyotlariga ato etishni so‘ramaganlar. Zero, bunday narsani Alloh taolodan so‘rash ul zotning nabiylik sha’nlariga to‘g‘ri kelmaydi va asosan ul hazratning sha’n va manzilatlari bunday narsani so‘rashdan pok va yuksakdir. Demak, qat’iyan hazrati Ibrohim (a.s.) ning Allohdan so‘ragan xohishlari bu ikki toifani o‘z ichiga qamrab olmaydi.
Shuning uchun, faqat ul hazratning ikkinchi va uchinchi toifadagi nasllarigina imomat maqomiga yeta oladiganlar sirasiga kiradi; yo butun umri davomida pok yashab, hech bir zulm va gunohga yo‘l qo‘ymagan kishilar yoki umrining avvalida zulm va gunoh qilgan, ammo oxiriga kelib tavba qilish bilan pok bo‘lgan kishilar.
Hazrati Ibrohim (a.s.) Alloh taolodan bu ikki toifa nasllariga imomat maqomini ato etishini so‘radilar va Alloh esa ularning faqat bir toifasigagina imomat maqomini ato etishni ijobat qildi. Bu toifa butun umri bo‘ylab hech bir gunoh va ma’siyatga yo‘l qo‘ymagan ma’sum zotlardir.
Ammo Alloh taolo yuqoridagi oyati karimada: «Zolimlar Mening ahdimga hargiz erisha olmaslar», deb hayotining avvalida gunohkor va zolim bo‘lgan, biroq so‘ngra tavba qilib pok bo‘lgan kishilarning imomat maqomiga yetishini rad etgan [2].
Lug‘atda va shuningdek, Qur’on mantig‘ida zolim so‘zining ma’nosi keng qamrovli bo‘lib, butun gunohlarni xoh oshkora shirk bo‘lsin, xoh maxfiy va yashirin shirk bo‘lsin yoki o‘ziga yo boshqalarga ravo ko‘radigan har qanday zulm-sitam bo‘lishidan qat’iy nazar, hammasini o‘z ichiga oladi va bu haqiqatni Allohdan o‘zga hech kim to‘liq bila olmasligini nazarda tutgan holda shu xulosaga kelamizki, imomlik va xalifalik martabasini faqat Alloh taoloning O‘zigina tayinlay oladi. Negaki, faqat Uning O‘zigina insonlarning niyatidan va ularning botinidan xabardordir.
Tablig‘ oyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Moida surasining 67-oyati ma'nosi quyidagicha:
«Ey, Rasul! Rabbingizdan Sizga nozil qilingan narsani (odamlarga) yetkazing! Agar (bu ishni) qilmasangiz, Uning risolatini (payg‘ambarlik vazifasini) oxiriga yetkazmagan bo‘lursiz. Alloh Sizni odamlar(ning muhtamal xatari va zarari)dan saqlagay. Albatta, Alloh kofirlar qavmini hidoyat sari yo‘llamagay.» (Odamlarning dushmanliklaridan qo‘rqmang, Alloh o‘zi himoya qiluvchidir. Bordi-yu, e’lon qilmasangiz, risolatni, ya’ni payg‘ambarlik vazifasini oxiriga yetkazmagan bo‘lursiz.) (Moida surasi; 67 – oyat).
Oyatning tahdid ohangidan muhim va og‘ir bir ish va ma’muriyat haqida suhbat ketayotganligini hamda bu og‘ir ma’muriyat Muhammad (s.a.v.)ning zimmalariga yuklanganligini tushunish mumkin. Zero, agar bu ma’muriyat amalga oshirilmasa, Muhammad (s.a.v.) shuncha yillik chekkan azoblari va mashaqqatlari befoyda bo‘lib qolar edi. Shu bois, ma’lum bir xavotirlanishlar payg'ambarni har tomondan qamrab olgan bir paytda, bu shunday xabar ediki, uni odamlarga yetkazish oson ish emas edi. Negaki, bir toifa musulmonlar ushbu xabarni eshitishlari bilanoq, oshkora qarshilik ko‘rsatishlari mumkin edi. Shuning uchun, Alloh taolo mazkur oyati karimada, Muhammad (s.a.v.)ga ushbu ma’muriyatni yetkazishlarini ta’kidlagan holda buyuradi va ul hazratga muhtamal xavf-xatarlar va xavotirlanishlar barobarida ishonch bag‘ishlaydi. Aniqki, bu muhim masala shirk va tavhid yoki yahud va munofiqlar kabi dushmanlarga qarshi kurashish haqida emas edi, negaki, o‘sha vaqtga qadar, ya’ni Moida surasi nozil bo‘lgan paytda bu masala butunlay hal bo‘lgan edi. Islom dinining oddiy va sodda ahkomini yetkazish esa, bu qadar xavotirlanish va ahamiyatga ega emas edi. Zeroki, yuqoridagi oyatning ma’nosiga qaraganda, ushbu masalaning ahamiyati risolat va payg‘ambarlikka teng va barobar keladigan bo‘lib, uni yetkazmaslik payg‘ambarlik vazifasi va haqqini ado etmaslik bilan barobar bo‘lar edi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda mana shu o‘ta muhim masala, Payg‘ambar (s.a.v.)ning xalifa va vorislarini tayin etishdan boshqa narsa bo‘la olmaydi. Alalxusus, ushbu oyati karima Muhammad (s.a.v.) hayotlarining oxirlarida nozil bo‘lganini va xalifalik masalasi payg‘ambarlikka monand va uyg‘un ekanligini nazarga olsak, Payg‘ambar (s.a.v.)ning nabiylik va rasullik martabalarining davomi bo‘lmish xalifalik va o‘rinbosarlikdan o‘zga masala bo‘lishi mumkin emas, Bunga ilova, yana bu haqda ko‘plab hadislar Payg‘ambar (s.a.v.)ning ko‘pgina sahobalari tarafidan rivoyat qilinganini hisobga olgan holda, hech bir shak-shubhaga o‘rin qolmaydi. Jumladan; Zayd bin Arqam, Abu Said Xudriy, Ibn Abbos, Jobir ibn Abdulloh Ansoriy, Abu Hurayra, Huzayfa va Abdulloh ibn Masʻudlarni sanab o‘tish mumkin. Ushbu hadislardan ba’zilari o‘n bir sanad va uslubda yetib kelgan bo‘lib, tafsirchi, hadischi va tarixchi olimlardan iborat ahli sunnat ulamolaridan buyuk bir guruh mazkur hadislarni rivoyat qilib, yuqoridagi oyati karima Gʻadiyr kunida hazrati Ali (a.s.)ning xalifa va peshvoliklari haqida nozil bo‘lganini ta’kidlashgan. Demak, juda ko‘p sondagi hadislarga asosan, yuqoridagi oyati karima «Hajjatul vido» (so‘nggi vidolashuv haji)dan qaytib kelayotganda, Payg‘ambar (s.a.v.)ga «G'adiyri Xum» nomli makonda hazrati Ali (a.s.)ning xilofat va imomatlari haqida nozil bo‘lgan.
Imomlarning ismlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ali ibn Abu Tolib Murtazo (Xudoning roziligi bilan tanlangan)
- Imom Hasani Mujtabo (a.s.)
- Imom Husayn (a.s.)
- Imom Sajjod (a.s.)
- Imom Boqir (a.s.)
- Imom Ja’fari Sodiq (a.s.)
- Imom Musoi Kozim (a.s.)
- Imom Rizo (a.s.)
- Imom Javod (a.s.)
- Imom Taqiy (a.s.)
- Imom Naqiy (a.s.)
- Imom Mahdiy