Kontent qismiga oʻtish

Ilya Ushullu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ilya Ushullu
Ilya Ushullu
Tavalludi 1985-yil 22-iyun
Janrlar opera, estrada, romans, pop, rok-musiqa, mualliflik qoʻshiqlari
Kasbi opera xonandasi, estrada xonandasi, vokal oʻqituvchisi
Guruhlari Moskonsert
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Veb-sayt http://ushullu.com/

Ilya Ilich Ushullu (1985-yil 22-iyun, Chirchiq, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) – rus opera va estrada xonandasi (bas), Moskvadagi „Moskonsert“ muassasasi vokal ijrochisi[1], artist, shoir, bastakor, prodyuser, sanʼat fanlari nomzodi[2], Moskva musiqa jamiyatining „Akademik vokal“ ijodiy komissiyasi rahbari, xalqaro va butun Rossiya tanlovlari laureati[3].

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilya Ushullu 1985-yilda Toshkent viloyatining, Chirchiq shahrida harbiy xizmatchi oilasida tugʻilgan, otasi Ilya Vladimirovich Ushullu ilgari Toshkent oliy tank qoʻmondonlik bilim yurtida tahsil olgan[4]. Oila tez-tez Ilyaning otasining xizmat joylariga – Zavitinsk, Debretsen, Dnepropetrovsk shaharlariga koʻchib oʻtishga majbur boʻlgan. 1990-yilda Moskvaga koʻchish sargardonlikning yakuniysi boʻlib oʻtdi, u yerda Ilya musiqani oʻrgangan. 9 yoshida musiqa maktabiga kirib, skripka va pianino chalishni oʻrgangan[5].

2008-yilda Gnesin nomidagi Rossiya musiqa akademiyasini yakkaxon xonandalik yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. Taʼlimni Galina Vishnevskaya nomidagi opera qoʻshiqchiligi markazida davom ettirgan. U Mauro Trombetta, Yujin Kon, Tito Kapobyanko, Sheril Milnz, Verena Keller, Andreas Kovalevich kabi musiqachilar bilan mahorat darslarida vokal texnikasini takomillashtirgan. Shveysariyada malaka oshirgan (Internationale Opernwerkstatt 2012)[6]. 2013-yilda P. I. Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasining yakkaxon xonandalik kafedrasi vokal fakultetida aspiranturani tamomlagan va „Oliy maktab oʻqituvchisi“ malakasini olgan. Keyingi yili sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor A. I. Demchenko rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgandan soʻng Ilya Ushulluga sanʼatshunoslik fanlari nomzodi ilmiy darajasi berildi[7][8].

Ilya Ushullu Rossiya va xorijdagi koʻplab zallarda va konsert maydonlarida, jumladan: Ittifoqlar uyi (Oktyabr zallari), Moskva xalqaro musiqa uyi (Svetlanovskiy, Kamerniy, Teatr zallari)[9], Markaziy Rassomlar uyi, „Yangi Manej“ Moskva davlat koʻrgazma zali[10], P. I. Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasi (Katta[11], Kichik, Raxmaninov zallari)[12], Najotkor Masih sobori cherkov kengashlari zali, Moskva Zaryadye konsert zali[13], Olimlar markaziy uyi[14] (Katta zal) konsert bergan

Ilya Ushullu koʻplab orkestrlar – Y. V. Silantieva nomidagi Akademik katta konsert orkestri[15] (dirijyor Aleksandr Klevitskiy), Rossiya Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri[11] (dirijyor Sergey Durigin, Konstantin Petrovich, Aleksandr Solovyov), Moskvaning „Yil fasllari“ kamera orkestri (dirijyor Vladislav Bulaxov)[10], „Moskva kameratasi“ kamera orkestri[16] (rejissyor Nikolay Sokolov), Belgorod davlat filarmoniyasining simfonik orkestri[17] (dir. Dmitriy Filatov) va boshqalar bilan hamkorlik qiladi.

Ilya Ushullu turli guruhlar bilan, xususan, Moskva konservatoriyasining kamera xori[18] (dirijyor Aleksandr Solovyov), A. A. Yurlov nomidagi Rossiya davlat akademik xori[19], „Sadko“ rus musiqa va raqs davlat ansambli (dirijyor Denis Zabavskiy), „Sehrli torlar“ guslyar ansambli[20], „Laudes“ qadimiy musiqa ansambli, P. I. Chaykovskiy nomidagi davlat kvarteti, „Kupina“ guslyar ansambli[21], „Blagovest“ diniy musiqa ansambli, „Arte-Fakt“ qadimiy cholgʻu asboblari ansambli, „Rus triosi“, „Fandango“ solistlar ansambli, „Sedov Jazz Trio“, „Zamonaviy musiqa galereyasi“ ansambli (dirijyor Ayrat Kashaev), pianinochilar va organchilar boʻlgan „Agafonnikov Band“[22] chiqishlar qiladi. U Germaniya, Polsha, Shveysariya, shuningdek, Rossiyaning koʻplab shaharlarida gastrollarda boʻlgan[6].

2017-yilda transport boshqarmasi va Moskva metropoliteni tomonidan yaratilgan „Metrodagi musiqa“ loyihasida ishtirok etgan. Oʻshandan beri u „Moskonsert“ konsert-filarmonik birlashmasi Badiiy kengashi va Xalqaro musiqa xodimlari uyushmasi aʼzosi. Ilya Ushullu – Rassomlar markaziy uyida (Moskva) boʻlib oʻtayotgan „Hamma uchun musiqa“[23] loyihasi muallifi; „Tembr“ xalqaro vokal sanʼati festivali gʻoya muallifi va direktori[24]. 2018-yilda Ilya Ushulluning „Maktab yillari“ nomli mualliflik albomi chiqdi, unda 11 ta estrada qoʻshiqlari taqdim etildi (Ilya Ushullu musiqasi va soʻzi)[25].

Ilya 2010-yildan beri Rossiya bas ixlosmandlarining xalq klubining aʼzosi[26]. 2015-yildan – Moskva musiqa jamiyatining „Akademik vokal“ ijodiy komissiyasi rahbari[7]. 2016-yildan – Rossiya musiqa uyushmasi aʼzosi. 2018-yildan beri Ilya Ushullu Moskva madaniyat boshqarmasining „Akademik vokal“ (vokal va xor janri) nominatsiyasida „Moskva shahar ijodiy jamoasi“, „Moskva shahrining yetakchi ijodiy jamoasi“, „Moskva shahar ijodiy studiyasi“, „Moskvadagi yetakchi ijodiy studiya“ unvonlarini berish va tasdiqlash uchun ekspert hisoblanadi. 2019-yildan boshlab u Yevrosiyo bastakorlar va musiqa arboblari kengashi aʼzosi boʻlib, oʻsha yili „Rus basi“ vokal sanʼatining xalqaro yoshlar festivali-tanlovi" loyihasining rahbari[27]. 2020-yildan —Moskonsert" konsert-filarmonik birlashmasi Badiiy kengashining mas’ul kotibi va 2021-yildan – Rossiya madaniyat xodimlari ijodiy uyushmasi aʼzosi[1] . 2021-yildan – Rossiya Mualliflar jamiyati aʼzosi, 2022-yildan – Rossiya bas ixlosmandlari xalq klubining badiiy rahbari.

Ilya Ushullu „Rossiya 1“ telekanalida 2014-yilning kuzida namoyish etilgan „Artist“ birinchi interaktiv musiqiy shousining (asl nomi „Rising Star“) treylerini ijro etdi. 2014-yil noyabr oyida u Fyodor Ivanovich Shalyapinni „Orlova va Aleksandrov“ serialida (2015-yil bahorida Birinchi kanalda koʻrsatilgan, rejissyor Vitaliy Moskalenko) ovoz berdi. 2015-yil noyabr oyida Ilya Ushullu „Qirol va masxaraboz“ guruhi va „Teatralnoye delo“ prodyuserlik kompaniyasining teatrlashtirilgan-musiqiy shousida: „TODD“ rok-muziklida qassob rolida debyut qildi[28].

2020-yilda beri Ilya Ushullu Birinchi kanalda jonli efirda efirga uzatiladigan „Xayrli tong“ dasturining doimiy ishtirokchisi[29][30][31].

2021-yilda u „Oʻsha buyuk yillarga taʼzim qilaylik“ rus bass ixlosmandlari xalq klubining Rossiya shaharlari boʻylab oʻtkazilgan „Xotira va shon-shuhrat“ estafetasida qatnashgan (Solnechnogorsk, Yelets, Tula, Serpuxov, Rjev, Mojaysk, Dmitrov, Tver)[32].

  • 2007-yilda – „XXI asr sanʼati“ xalqaro vokal tanlovi laureati (Italiya)[33];
  • 2014-yilda – „Chegara bilmas Romansiada“ IX Moskva ochiq tanlovi laureati (Moskva)[34], II Butunrossiya musiqa tanlovi finalida ishtirok etgani uchun „Faxriy yorliq“ bilan taqdirlangan (Moskva);
  • 2016-yilda – „Oʻsha buyuk yillarga taʼzim qilaylik …“ yosh bastakorlar va ijrochilarning Butunrossiya musiqa festivali laureati (Jeleznodorojniy), Gran-pri diplomi, shuningdek, „Rossiya merosini saqlovchilar“ IX Butunrossiya xalq ijodiyoti festival-tanlovida faxriy medali bilan taqdirlangan (Krasnogorsk)[1];
  • 2021-yilda – „Sanʼat aʼlosini eʼtirof etish“ xalqaro tanlovi – 2021 (kuz mavsumi) laureati (oltin medali)[35].

Hakamlar hay’ati aʼzosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xotini – Lyudmila Aleksandrovna Ushullu (1986) – violonchelchi[48], oʻgʻli – Platon Ilich Ushullu (2010)[49], oʻgʻli – Gleb Ilyich Ushullu (2012)[50].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Илья Ушуллу на сайте ГБУК Москонцерт“. 2021-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  2. „«Романсы П.И. Чайковского в контексте оперного творчества композитора. Жанрово-стилистические критерии» Илья Ушуллу disserCat — электронная библиотека диссертаций“. 2021-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-dekabr.
  3. „«Музыка для души». Илья Ушуллу (бас) Новости музеев 18 сентября 2014“. 2021-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  4. „ТВТКУ ВЫПУСКНИКИ“. 2016-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-yanvar.
  5. „Илья Ушуллу: Мальчик, который вовремя ударил в тарелки «Музыкальный Клондайк» автор: Виктория Яковлева“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Филармония Пермь“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 „Илья Ушуллу — концерты в Москве 2021-2022 Фонд «Бельканто»“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  8. „Проект «Музыка для всех» ЦДРИ, 16 апреля 2021 года“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  9. „«Контрасты Д. Верди» Московский Международный Дом музыки ГБУК г. Москвы“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  10. 10,0 10,1 „События, которые редакция "Культура" планирует освещать 5 мая РИА Новости 04.05.2012“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  11. 11,0 11,1 „IX Международный открытый фестиваль искусств Московская государственная консерватория“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  12. „Концертный план Московской консерватории на январь 2019 года“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  13. „Праздник фольклорной музыки Московский концертный зал «Зарядье»“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  14. „План мероприятий ЦДУ РАН на октябрь 2014 года“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  15. „Международный фестиваль современной музыки «[[Московская осень]]»“. 2017-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-sentyabr.
  16. „Камерный оркестр «Московская Камерата», официальный сайт“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  17. „«Руслан и Людмила»: великое музыкальное полотно Михаила Глинки на сцене в Белгороде Бел.ру 21 октября 2016, Культура, Елена Свиридова“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  18. „Хоровые премьеры «Московской осени» 20 ноября [[2017]] Малый зал“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  19. „Премьера пассионов "Страсти по Баху" Forsmi.ru 01.11.19“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  20. „Концерт «Новогодняя карусель» Сайт Министерства культуры РФ“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  21. „«Душа моя Россия!» Государственный музей А.С. Пушкина“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-sentyabr.
  22. „Абонемент «ГОЛОС КАК МУЗЫКАЛЬНЫЙ ИНСТРУМЕНТ» (1 серия) 21.10.2012“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  23. „Столетие Бабаджаняна ПроИскусство“. 2021-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-dekabr.
  24. 24,0 24,1 „Официальный сайт Международного фестиваля вокального искусства «ТЕМБР»“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  25. „Илья Ушуллу вспомнил «Школьные годы» Мир новостей 26 июня 2018“. 2021-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.
  26. „Народный клуб любителей русских басов“. 2021-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  27. „Объявлены имена победителей фестиваля «Русский Бас» 20 октября 2019“. 2022-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-sentyabr.
  28. „Московское музыкальное общество Концертная программа «Тёплый зимний вечер»“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  29. „«Доброе утро» 4 мая 2021 Музыкальное утро вместе с Ильей Ушуллу. 1-TV“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  30. „Илья Ушуллу. Доброе утро. Фрагмент выпуска от 25.08.2020 1-TV“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  31. „«Доброе утро» 19 марта 2020 Музыкальное утро вместе с Ильей Ушуллу. 1-TV“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  32. „Народный клуб любителей русских басов выступил с концертной программой перед ржевитянами «RzhevGrad.ru» 09 ноября 2021“. 2021-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.
  33. „Концерт Ильи Ушуллу «Музыка для души!» в Культурном центре «Вдохновение». Департамент культуры города Москвы 14.10.2013“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  34. „Лауреаты «Большой Романсиады»-2014“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  35. „Лауреаты Международного конкурса AEA-2021 (осенний сезон)“. 2021-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  36. „Фестиваль «Осиянная Русь» 02 сентября 2018“. 2021-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.
  37. „«Золото нации» Юные артисты азербайджанского театра вернулись с фестиваля с победой Vesti.az“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  38. „Сосенский вестник 28.01.2021“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  39. „Члены жюри I-го Московского открытого фестиваля-конкурса «VIVA PIANO & VOCE FEST» Muzkarta“. 2021-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.
  40. „Мировая премьера оперы «Ангел и психотерапевт» Operanews 25 декабря 2011“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  41. „XL Международный фестиваль современной музыки «Московская осень—2018» XL Международный фестиваль современной музыки «[[Московская осень]]—2018» 19 ноября [[2018]], Малый зал консерватории“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  42. „II Международный фестиваль искусств «Дню Победы посвящается…» «Музыкальный Клондайк» 05.05.2014“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  43. „Фестиваль музыки С.В. Рахманинова "Белая сирень" 30 мая 2015“. 2021-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.
  44. „Фестиваль «Другая музыка. Бах» Март — апрель [[2016]] г.“. 2021-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  45. „К Пасхе в Москве подготовили 15 площадок для праздничного досуга Hello, Moscow! 2020“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  46. „Церемония вручения награды «Ангел Трубящий» Русский вестник 08.04.2021“. 2021-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  47. „«В Москве прошел торжественный вечер в память о Параде Победы 1945 года» Корейское радио, июнь 26, 2021“. 2021-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  48. „Бал вампиров (Мюзикл)“. 2022-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-yanvar.
  49. „МОСКОВСКИЙ ОТКРЫТЫЙ ФЕСТИВАЛЬ-КОНКУРС "VIVA PIANO & VOCE FEST"“. 2022-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-yanvar.
  50. „Московская федерация футбола“. 2022-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-yanvar.