Kontent qismiga oʻtish

Iloq (tarixiy viloyat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iloq va chegaradosh viloyatlar

Iloq — tarixiy viloyat. Toshkent viloyatining jan. qismida. Ohangaron daryosi (13-asr boshlariga qadar I. deb atalgan) havzasida boʻlgan.

Sharqshunos olim G‘aybulla Boboyorov “Choch tarixidan lavhalar” asarida Iloq markazi Tunket shahrini Dovon davlatining poytaxti, deya ta’rif beradi.

Eramizning 552-yilida aka-uka Bumin va Istamin Markaziy Osiyodagi eftaliylar va jujonlarni yengib, Turk xoqonligiga asos soladilar. VI asrda Iloq vohasi ham turk xoqonligiga bo‘ysingan. Akademik Ahmadali Asqarovning “O‘z bek xalqining kelib chiqish tarixi” (Tosh kent. “O‘zbekiston” nashriyo ti. 2015-yil, 352–353 betlar) kitobida keltirilishi cha:

“Turk xoqonligining asosiy xonadoni Ashina urug‘i va qorlug‘lar qadimdan tog‘ muhitiga moslashgan, hunarmandchilik bilan shug‘ullanib kelganlar...ˮ

Turk xoqonligi tashkil topgan ilk 10-yillikda uning markaziy hududlariga kelgan Vizantiya elchilarining guvohlik berishlaricha, mazkur hududlardagi shahar aholisining asosiy qismini turklar tashkil qilgan. Arab istilosi munosabati bilan Turk xoqonligi barham topadi.

Xitoyliklar 658-yili markazi Gange (Tunkat) shahri bo‘lgan Davan guberniyasini tashkil etar ekan, u yerga Chochning Teginlar sulolasi vakillarini emas, tu dun larni boshqaruvchi qilib ta yinlashlari bejiz bo‘lmagan. G‘.Boboyorovning maz kur asarida dunyo turkshunosligining so‘nggi ilmiy yutuqlaridan unumli foydalanilgan holda G‘arbiy turk hoqonligi va unga bo‘ysungan Choch– Iloq o‘lkasining hoqonlari quyidagi xronologik tartibda keltirib o‘tilgan:

Bular: Bumin hoqon (551–552) uning ukasi Istamin xoqon (552–576), uning o‘g‘li Tardu hoqon (576–583), Apa hoqon (583–587), Niri ( 587–599), uning ug‘li Cho‘ra (599–610), Tardu hoqonning nevarasi Sheguy (611–617), uning ukasi Tun yabg‘u hoqon (618–630), Siryabg‘u xoqon (630–632), Ishbara yabg‘u hoqon (640–641) lardir. Turk hoqonligi nomidan bevosita Choch –Iloq voliysi sifatida faoliyat ko‘r satgan tarixiy shaxslarning nomlari va unvonlari esa xitoy qo‘lyozmalaridagi talaffuz bo‘yicha keltirilgan: Nye (605-yilgacha), Tyancheji tegin (605–609), qaysidir tudun 640-yillarda, Shu-jushad va Inal tarhon 650-yillarda, Tun tudun 658-yilda, Qabar eltabar 710-yillarda, Bahodir tudun (713–740), Inaykul 740-yillarda, Nabankul 750-yillarda o‘lkani boshqardi.

V–VII asrlarga kelib, hozirgi O‘zbekiston hududida o‘n beshtacha mayda davlatlar vujudga kelgan va ularning deyarli barchasi mustaqil hayot kechirib, o‘z lashkariga, hamda puliga ega bo‘lgan. Ular nomigagina G‘arbiy turk hoqonligiga qaraganlar. Ushbu davlatlarning barchasi o‘ziga xos hukmdorga ega bo‘lganlar va ular turlicha nomlanganlar. Masalan, Termiz va Horazmda - shoh, Samarqand va Farg‘onada – ixshit, Buxoroda-xudot, Usrurshonada-tudun, Iloqda esa – dehqon deb atalganlar. Dehqon-Iloq davlati hukmdorining oliy martabasi bo‘lgan. Ushbu atama ”deh” (hudud, maskan, qishloq) va “xonˮ so‘zlarining birikmasi bo‘lgandir, ehtimol. VI-VIII asrlarda O‘rta Osiyo aholisi kabi Iloq davlatining Novkat (yangi kent, ya’ni yangi qurilgan shahar ma’nosida) shahrining atamasi keyinchalik Nukent yoki Nuket shaklida atalib ketilgan. Qadimda Iloq davlati boshqa joylardagi kabi Nukent shahrida ham zardo‘shtiylik diniga sig‘ingan. Nukent (Ulkan To‘ytepa) hududida olib borilgan arxeologik izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar hamda bu yerlardan topilgan ostodonlar o‘sha paytdagi shaharliklarning ma’naviy madaniyati, diniy qarashlari, shu jumladan, dafn marosimlari haqida keng ma’lumot beradi. Bu yerdan topilgan deyarli barcha ostodon (suyakdon) o‘tovsimon, lekin cho‘zinchoq shaklda bo‘lib, ularning sanasi VI- VII asrlarga to‘g‘ri keladi.

Ostodonlardagi tirilish ramzi bilan bog‘liq yirik 4 yoki 6 yaproqli to‘pgullar novdaning yuqorisi tomon ko‘tarila boradi. Bular o‘simlik ramzlaridir. Ba’zilarida ostodonning bezakli devorlari yuzasi qo‘shimcha ravishda qizil-jigarrang angob chiziqlar bilan qoplangan. Ehtimol, usta bunday usul vositasida ramzni kuchaytirishga, mayitning kelajakda tirilishini oldindan belgilab berishga intilgan bo‘lsa kerak. Shtamp usulidagi ostodon bezakli ostodonlarning noyob guruhiga kiradi.