Ilhom Usmonov
Ilhom Ochilovich Usmonov | |
---|---|
Tavalludi |
1955-yil Jomboy tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | muhandis quruvchi |
Sohasi | arxitektura |
Taʼlimi | Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti |
Ilmiy darajasi | texnika fanlari nomzodi |
Ilmiy unvoni | professor |
Ilhom Ochilovich Usmonov (1955-yil, Jomboy tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari nomzodi (1988), professor.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilhom Usmonov 1955-yil Jomboy tumanida tugʻilgan[1]. 1977-yilda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini muhandis-quruvchi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 1977—1981-yillarda „Samzagotxlopkoprom“ birlashmasi muhandisi, bosh muhandisi, 1981—1982-yillarda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti eksperimental loyiha tashkiloti muhandisi, 1982—2000-yillarda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti „Qurilishni tashkil etish va rejalashtirish“ kafedrasi assistenti, dotsenti, 2000—2001-yillarda Samarqand kooperativ instituti „Menejment va axborotlar texnologiyasi“ kafedrasi dotsenti, kafedra mudiri, 2001—2016-yillarda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti akademik lisey va kasb-hunar kollejlar bilan ishlash boʻyicha prorektori, Menejment“ kafedrasi dotsenti, 2016—2022-yillarda Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutining „Qurilishda menejment“ (hozirda „Qurilish iqtisodiyoti va menejment“) kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan, 2022-yildan shu kafedraning professori vazifasini bajaruvchi[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilhom Usmonov 1988-yilda nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. 200 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 3 ta monografiya, 3 ta oʻquv qoʻllanma va 20 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[1].