Ibrohim as-Saffor
Qiyofa
Ibrohim as-Saffor | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 1140-yil (hijriy 534-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | imom, kalom ilmi olimi |
(Abu Isʼhoq) Ibrohim ibn Ismoil as-Saffor al-Buxoriy, al-Hanafiy (hijriy 534-yil rabiulavval oyining 26-sanasi (milodiy 1140-yil)da Buxoroda vafot etgan) Ismoilning o‘g‘li bo‘lgan. U kalom ilmining olimlaridan bo‘lib, „az-Zohid as-Saffor“ nomi bilan mashhur edi. U Abu Ibrohimning o‘g‘lidir. U xushomadgo‘ylikdan uzoq, sultonlarga taʼsir o‘tkazish va podshohlarning qahrini qo‘zg‘atishda bamisoli otasi kabi diyonatli va zohid imom bo‘lgan. Uzoq muddat Marvda yashagan va Movarounnahr hokimligini ham egallagan edi. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar.
Asari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Talxisu-l-adillatili-qavoidi-t-tavhid“ („Tavhid ilmiqoidalari haqidagi dalillarningqisqacha bayoni“)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 86-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |