Kontent qismiga oʻtish

IM LS7

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
IM LS7
Asosiy maʼlumotlar
Ishlab chiqaruvchi ImMotor
Model yili 2021
Tasnifi
Sinfi CUV
Kuch moslamalari
Quvvati 578 o.k.
Tezlanishi 4.5 s
Yuqori tezligi 200 km/s
Oʻlchamlari
Gʻildirak bazasi 3060 mm
Uzunligi 5049 mm
Kengligi 2002 mm
Balandligi 1731 mm
Vazni 2630 kg
Bak hajmi 660 km (CLTC)
Yukxonahajmi 733 l[1]
Eksteryer
Eshiklar soni 5

IM LS7 — Xitoyning avtomobil kompaniyasi boʻlmish SAIC kontsernining shoʻba kompaniyasi hisoblanmish ImMotor tomonidan ishlab chiqariluvchi krossover[2][3].

Avtomobil Xitoyning ImMotor kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Ushbu kompaniya SAIC kontserni (64%)[2], Xitoyning transmilliy texnologik kompaniyasi Alibaba (18%)[3] va Zhangjiang HI-Tech developerlik kompaniyasiga qarashli kompaniyadir[4]. IM qisqartmasi „Intelligence in Motion“ degan soʻzdan olingan boʻlib, oz’bek tilida „harakatdagi intellekt“ maʼnosini bildiradi.

Texnik koʻrsatkichlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avtomobilning uzunligi 5049 mm ni, balandligi 2002 mm ni, kengligi esa 1731 mm ni tashkil qiladi. Gʻildirak bazasi 3060 mm. Cx Krossoverning aerodinamik qarshilik koeffitsienti u qadar katta emas — atigi 0,268 Cx ni tashkil qiladi[3].

Krassoverning bazaviy versiyasi bir dona mator bilan jihozlangan va orqa g;ildiraklar oʻqida joylashgan boʻlib, uning maksiml quvvati 250 kVtni (340 ot kuchi) tashkil qiladi[4]. Elektromobilning gʻildiraklari toʻliq tortuvchi versiyasi esa ikkita motordan iborat boʻlib, old gʻildiraklarda joylashtirilgan mator quvvati 175 kVt (238 o.k.), umumiy hisobda ikkila motor quvvati 425 kVt ni (578 o.k.) tashkil qiladi[4].

Ogʻirligi 2630 kg boʻlgan krossover „yuz“ tezlikka 4,5 soniyada erisha oladi, maksimal tezligi esa 200 km/s ni tashkil qiladi[2].

Elektromobilning akkumlyator batareyalari ham ikki xil variantda mavjud boʻlib, 90 hamda 100 kVt·s sigʻimga ega. 100 kVt·s sigʻimli batareyada avtomobil 660 km masofani bosib oʻta oladi[3].

Ushbu elektromobil uchinchi darajali avtopilot tizimi bilan jihozlangan. Uchinchi darajadagi avtopilot tizimi haydovchiga bir necha shartlarga amal qilgan holda avtomobil boshqaruvidan chalgʻishga imkon beradi. Bu tizimdan foydlanishga faqatgina Yaponiya va Germaniyada ruxsat berilgan, lekin Xitoyda bunga hali ruxsat berilmagan[4]. 3 darajali avtopilot tizimi shuningdek, Baidu va Geely kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarlgan Jidu Robo-01 hamda Changan, Huawei va CATL kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Avatr 11 elektromobillarida ham mavjud[4].

Krossoverning ischki saloni teri, zamsh va yogʻoch qoplama bilan bezatilgan. Dizayn boʻyicha shturval shaklidagi boshqaruv ruli oʻrnatilgan, lekin mijoz hohishiga koʻra oddiy shakldagi (aylana shaklidagi rul) rulga buyurtma berishi mumkin. Bundan tashqari, shisha tom va uchta ekran mavjud boʻlib, ularning: ikkitasi tepada, biri pastda joylashgan. Agar kerak boʻlsa, haydovchi yuqori displeylarni old panelga chuqurroq „choʻktirishi“ mumkin[3].

Orqa oʻrindiqlar qatori ham juda qiziq. Nominal ravishda u uch oʻrindiqli, lekin faqat chap tomoni (kengligining 60%) uzun narsalarni tashish uchun buklanishi mumkin va oʻng tomonda koʻplab sozlash va shamollatish tizimi bilan jihozlangan qulay oʻrindiq oʻrnatilgan. Va agar siz oldingi oʻrindiqning orqa qismini yotqizsangiz va orqa oʻrindiqni u tomonga sursangiz, yotoqjoy tashkil qilishingiz mumkin[2].