Husniddin Hamidov
Husniddin Hamidov | |
---|---|
oʻzbekcha: Xusniddin Xamidov | |
Husniddin Hamidov | |
Tavalludi |
1935-yil 5-yanvar Chimboy tumani |
Vafoti | 2019-yil 5-noyabr |
Fuqaroligi | SSSR; Oʻzbekiston |
Kasbi | tilshunos, adabiyotshunos |
Faoliyat yillari |
1955—2019-yillari Qoraqalpoq davlat universiteti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi |
Unvoni | Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1993) |
Hamidov Husniddin (1935-yil 5-yanvar, Chimboy tumani — 2019-yil 5-noyabr) — qoraqalpoq tilshunosi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (2000), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1993), filologiya fanlari doktori (1990). Qoraqalpogʻiston pedagogika instituti rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1955).
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Husniddin Hamidov 1935-yili 1-mayda Chimboy tumanida tugʻilgan. 1955-yilda ikki yillik oʻqituvchilar institutini tamomlab, Chimboy tumanidagi oʻrta maktabda oʻqituvchilikdan mehnat faoliyatini boshlagan. 1955—1959-yillarda Chimboy viloyatida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 1960-yildan O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining N. Dovqorayev nomidagi Til va adabiyot institutida kichik ilmiy xodim, so‘ngra katta ilmiy xodim (1960-1971; 1983-1986), 1971-yilda Sharq qoʻlyozmalari boʻlimi mudiri lavozimida, 1989-yilda Qoraqalpoq davlat universiteti qoraqalpoq tili tarixi, dialektologiyasi va qo‘lyozmalari kafedrasi mudiri boʻlib faoliyat yuritgan[1].
1967-yilda nomzodlik, 1990-yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1994-yilda muxbir aʼzo, 2000-yilda esa Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib saylangan[2].
1995-yilda „Vatan taraqqiyoti“ partiyasidan Oliy Majlisning birinchi chaqiriq deputati boʻlgan[3]. Husniddin Hamidovning ilmiy ishlari asosan qoraqalpoq tilining tarixiga — uning tarixiy leksikologiyasi, grammatikasi, soʻz yasalishi masalalariga bagʻishlangan. U shuningdek, Sharq qoʻlyozmalarini toʻplash, izoxlash va nashrga tayyorlash ishlari bilan ham shugʻullanib keladi.
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hamidovning ilmiy ishlari, asosan, qoraqalpoq tilining tarixi, uning tarixiy leksikologiyasi, grammatikasi, soʻz yasalishi masalalariga bagʻishlangan. U quyidagi asarlar muallifi:
„Qoraqalpoq tili tarixidan ocherklar“;
„Eski qoraqalpoq tilining yozma yodgorliklari“;
„Berdaq qo‘lyozmalari meʼrosi“.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1993-yilda Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi unvonini olgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2012.
- ↑ „АКАДЕМИЯ НАУК РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН“. www.academy.uz. 2020-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-yanvar.
- ↑ „Скончался академик Хусниддин Хамидов. Мирзиёев и Арипов выразили соболезнования“ (ru). Podrobno.uz. 2020-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-yanvar.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |