Kontent qismiga oʻtish

Hindiston Ittifoqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hindiston Ittifoqi
inglizcha: Union of India

Buyuk Britaniya dominioni

 

1947 — 1950



Bayroq Gerbi
Madhiya
«God Save the King»
Poytaxti Nyu-Dehli
Yirik shaharlari Dehli, Bombey va Kalkutta
Til(lar)i Hindcha va Inglizcha
Pul birligi Hindiston rupiyasi
Qonun chiqaruvchi organ Ta’sis Assambleyasi
Maydoni 3 159 814 km² (1949—1950)
Aholisi 360 185 000 kishi (1949—1950)
Boshqaruv shakli Parlamentar monarxiya
Sulola Vindzorlar sulolasi
Qirol
 - 1947—1950 Georg VI
General-gubernator
 - 1947—1948 Lord Mauntbatten
 - 1948—1950 Chakravarti Rajagopalachari
Bosh vazir
 - 1947—1950 Javaharla’l Neru
Etnoxoronim Hindistonlik
Tarix
 - 1947-yil 15-avgust Mustaqillik va dominionlik
 - 1950-yil 26-yanvar Respublika deb e’lon qilinishi

Hindiston Ittifoqi (ingl. Union of India) — Britaniya parlamenti tomonidan Hindiston mustaqilligi toʻgʻrisidagi qonunning qabul qilinishi (1947-yil 15-avgust) va Britaniya Hindistonining Hindiston Ittifoqi va Pokiston Dominioniga boʻlinishi natijasida tashkil topgan davlat. 1948-yilda “Polo„ maxsus operatsiyasi natijasida Haydarobod knyazligi Hindiston Ittifoqi tarkibiga kirdi.

Hindiston Ittifoqi rahbari Buyuk Britaniya qiroli hisoblangan, lekin aslida hukumatga Bosh vazir Javaharlal Neru boshchilik qilgan. Hindistondagi monarx manfaatlarini hali ham Hindiston general-gubernatori himoya qilgan (u oʻzidan oldingilaridan farqli oʻlaroq, endi vitse-qirol deb atalmagan). Birinchi general-gubernator Luis Mauntbetten, ikkinchi va oxirgisi Chakravarti Rajgopalachariya edi.

1950-yil 26-yanvarda Hindistonning birinchi konstitutsiyasi qabul qilinishi bilan Hindiston Ittifoqi Hindiston Respublikasiga oʻzgartirildi.

  • Winegard, Timothy C. (2011), Indigenous Peoples of the British Dominions and the First World War, Cambridge University Press, 2-bet, ISBN 978-1-107-01493-0
  • Winegard, Timothy C. (2011), Indigenous Peoples of the British Dominions and the First World War, Cambridge University Press, 2–-bet, ISBN 978-1-107-01493-0
  • Menon, Vapal Pangunni (2015), Transfer of Power in India, Princeton University Press, 264-bet, ISBN 978-1-4008-7937-3