Himaydin Sharafutdinov
Himaydin Sharafutdinovich Sharafutdinov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1934-yil Surxondaryo viloyati Dеnov tumani |
Vafoti | 19.07.2024 (90 yoshda) |
Siyosiy partiyasi | КPSS |
Mukofotlari |
Himaydin Sharafutdinovich Sharafutdinov — sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sharafutdinov Himaydin 1934-yilda Surxondaryo viloyati Denov tumanida dunyoga kelgan. Bir yil davomida KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.
Himaydin Sharafutdinovich 1950-yildan hududdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat ko‘rsatishni boshlagan. 1950-1993-yillarda Sharafutdinov dehqon, agronom, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani ,,Leningrad" kolxozi raisi[1], Boysun tuman ijroiya qoʻmitasi raisi[2], Oʻzbekiston Kompartiyasi Denov tuman qoʻmitasi birinchi kotibi[3], mehnatkashlar deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimlarida xizmat qilgan[4].
Shuningdek, Sharafutdinov Himaydin SSSR Oliy Sovetining 6- va Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 12-chaqiriq yig‘ilishlarida deputat etib saylangan.
Iqtisodchi Sharafutdinov Oʻzbekistonda istiqomat qilgan.
Mukofotlari va unvonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oktyabr inqilobi ordeni (27.12.1976)
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni (12.10.1973)
- Xalqlar doʻstligi ordeni (26.02.1981)
- "Shon-sharaf belgisi" ordeni (04.08.1971)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Deputati Verxovnogo Soveta SSSR. Shestoy soziv. — M . : Izdatelstvo „Izvestiya Sovetov deputatov trudyaщixsya“, 1962.
- ↑ Ukazi Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR, prinyatie 8 aprelya 1971 goda, i materiali k nim /k protokolu № 10/ № 1467-VIII po № 1480-VIII. Tom 18
- ↑ Ukaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR „O nagrajdenii ordenami i medalyami SSSR peredovikov selskogo xozyaystva Uzbekskoy SSR“ ot 10.12.1973 // Zarya Surxana. — 27 dekabrya 1973
- ↑ Ukaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR „O nagrajdenii ordenami i medalyami SSSR peredovikov selskogo xozyaystva Uzbekskoy SSR“ ot 26.02.1981 // Zarya Surxana. — 6 marta 1981