Kontent qismiga oʻtish

Happy's Pizza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Happy's Pizza Holdings, LLC.
Turi Xususiy
Tarmogʻi Restoran
Qachon asos solingan Detroit, Michigan (1994 (30 yil avval) (1994))
Asoschi(lari) Happy Asker
Rahbariyat Maher Bashi, COO
Mahsulot(lar)i
Vebsayti happyspizza.com

Happy's Pizza Amerikaning mahalliy restoranlar tarmogʻi boʻlib, tarmoq menyusi pitsa, tovuq, dengiz taomlari, sendvich, makaron mahsulotlari va salatlardan iborat[1][2].

Ilk Happy's Pizza restorani Happy Asker tomonidan 1994-yilda Detroit shahrining sharqiy qismida ochilgan[2][3]. 2006-yildan 2008-yilning boshlarigacha tarmoq tezlik bilan rivojlanib, filliallari sonini 27taga yetkazdi[4].

Hozirda tarmoqning Michigan, Nevada, California va Ohio shtatlarida 65ta filiali mavjud[5]. Tarmoq oʻzining noodatiy ichki va tashqi dizayni bilan tanilgan[1][6].

Kompaniyaning firibgarlikda ayblanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilda federal agentlik kompaniya bosh shtab-kvartirasiga bostirib kirdi[7]. 2013-yilning 16-iyulida Happy Asker va boshqa beshta aksiyadorlar firibgarlik va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblangan.

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Michigan sharqiy okrugi bo'yicha advokati Asker va boshqa aksiyadorlarni Michigan, Ogayo, Indiana shtatidagi 50 dan ortiq Happy's Pizza filiallaridan 2,1 million dollar miqdorida ish haqi soligʻimi toʻlamaganligini da'vo qilgan. Ular AQSh hukumatini aldash maqsadida fitna uyushtirish, daromad solig‘i deklaratsiyasini noto‘g‘ri topshirish va IRS qonunlariga to‘sqinlik qilish bo‘yicha korruptsion harakatlarda ayblangan. Ayblanuvchilar besh yilgacha qamoq va 25 ming dollar jarima yoki uch yillik qamoq va har biri uchun 250 ming dollar jarimaga tortilishi mumkin edi[8]. 2015-yil iyul oyida Asker ayblovlar boʻyicha aybdor deb topilib toʻrt yil qamoq jazosi va 2,5 million dollar tovon bilan jazolandi. Pitsalar tarmog‘ining bosh operatsion direktori Maher Bashi ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilindi va 620 297 dollar jarimaga tortildi. Ikki franshayzer qamoq jazosiga hukm qilindi, uchinchisi esa uch yillik sinov muddatini oldi[9].

  1. 1,0 1,1 Lynch-Morin, Kathryn. „Happy's Pizza plans to open restaurant on Saginaw's West Side“. The Saginaw News (2010-yil 21-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 26-fevral.
  2. 2,0 2,1 Donaldson, Stan. „Happy's Pizza aims to keep customers and job seekers in good spirits“. Cleveland.com. Cleveland Live, Inc (2010-yil 4-fevral). Qaraldi: 2010-yil 27-fevral.
  3. Burden, Melissa „Pizzerias stake claims in Flint area“. MLive (2008-yil 18-fevral). Qaraldi: 2010-yil 1-iyun.
  4. „Happy's Pizza continues expansion drive | Operations“. Pizza Marketplace (2008-yil 19-fevral). 2010-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 1-iyun.
  5. „Locations Archive - Happy's Pizza“. Happy's Pizza. Qaraldi: 2020-yil 28-yanvar.
  6. „About Us - Happy's Pizza“. Happy's Pizza. Qaraldi: 2020-yil 28-yanvar.
  7. Lewis, Scott; Jones, Ross; Mullen, Ann „Happy's Pizza headquarters raided by IRS criminal division, DEA“. WXYZ.com (2010-yil 1-sentyabr). 2012-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-yanvar.
  8. Hotts, Mitch „Reports: Happy's Pizza founder, others indicted for fraud, tax evasion“. The Oakland Press (2013-yil 16-iyul). 2020-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-yanvar.
  9. Robert Snell. „Happy's Pizza founder gets 4 years in federal prison“. The Detroit News (2015-yil 10-iyul). Qaraldi: 2015-yil 17-oktyabr.