Hamid Ismoilov
Hamid Ismoilov – 1954-yilning 5-mayida Qirgʻizistonning Toʻqmoq shahrida tugʻilgan,[1] 1992-yilda Oʻzbekistonni tark etishga majbur boʻlib, Birlashgan Qirollikga keldi va BBC Jahon xizmatida ishlay boshladi. U yerdagi 25 yillik xizmatidan soʻng, 2019-yil 30-aprelda BBCni tark etdi.
Hayoti va ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ismoilov aloqa boʻyicha harbiy maktabni va keyinchalik Toshkent universitetining bir qancha boʻlimlarini (biologiya, huquq, menejment) tugatgan.[2]
Ismoilovning oʻzbek, rus, fransuz, nemis, turk va boshqa tillarda oʻnlab kitoblari nashr etilgan. U rus va gʻarbning klassik durdonalarini oʻzbek tiliga, oʻzbek va tojik adabiyoti namunalarini esa rus va baʼzi gʻarb tillariga tarjima qilgan.
Dastlabki asarlari „Bogʻ“ (1987), „Choʻl“ (1990) nomli asarlariToshkentda chop etiladi. Uning „Post Faustum“ (1990), „Yoʻqlik kitobi“ (1992) kabi vizual sheʼriy toʼplmlari Moskvada chop etilgan. „Le Vagabond Flamboyant“ (1993), „Hay ibn Yaqzon“ (2001), „Koʻk turklari asiri“ (2003), „Oʻlimga yoʻl oʻlimdan katta“ (2005) kabi nasriy kitoblari chop etilgan.
90-yillarning boshlarida Ismoilov fransuz bastakori Mishel Karski bilan birgalikda „Babylon eclatee“(Bobil portladi) yoki „Hourglass / Le pas dernier“ kabi musiqiy sheʼriyat asarlarini yaratishda hamkorlik qiladi.
Ismoilovning Temir yoʻl romani Oʻzbekistonni tark etishidan oldin yozilgan boʻlib, Robert Chandler tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan va 2006-yilda nashr etilgan. Rus tilidagi ilk nashri esa 1997-yilda Moskvada Altaer Magdi taxallusi bilan nashr etilgan (ruscha: Алтаэр Магди).[3] Uning Jinlar Bazmi romani 2018-yilda Tilted Axis Press tomonidan nashr etilgan. Bu kitob 2019-yilda EBRD Adabiy mukofotiga sazovor boʻldi.
Jinlar Bazmi romani (BBC Uzbek asosida)
Roman atoqli oʻzbek adibi, Stalin qatagʻonlari qurboni Аbdulla Qodiriy va uning yozilmagan asari haqida hikoya qiladi.
Unda Abdulla Qodiriyning qismatdoshlari Choʻlpon, Fitrat, Usmon Nosir hamda boshqa oʻzbek munavvarlarining obrazlari ham bor.
Yozuvchi asarda shuningdek, 19-asr Markaziy Osiyosi, xususan, Qoʻqon xonligida kechgan ziddiyatli voqealar, gʼarbda „Katta oʼyin“ nomi bilan bilingan mustamlakachilik urushlaridagi raqobatga doir alohida sahna va epizodlarni qalamga oladi.
Muallifning oʼzi asarni „yozilmagan roman haqidagi roman“ deb ataydi.
Ilk bor 2016-yilda Oʼzbekistonda „Jinlar bazmi yoxud katta oʼyin“ nomi bilan chop etilgan („Akademnashr“) romanni ingliz tiliga Donald Reyfild oʼgirgan, undagi sheʼrlar tarjimasi Jon Farndon qalamiga mansub.
Kitob Londondagi Tilted Axis Press nashriyoti tomonidan chop etilgan
Izohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Хамид Исмайлов - Берег новостей“. www.uzbereg.ru. 2013-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-oktabr 2017-yil.
- ↑ „Хамид Исмайлов. "Ночь Предопределения" / само предлежащее / сетевой журнал TextOnly.ru, выпуск #26“. textonly.ru. Qaraldi: 6-oktabr 2017-yil.
- ↑ Diane Nemec Ignashev, review of Ismailov, The Railway, Slavic and East European Journal 51.2 (Summer 2007), p. 415.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- http://www.hamidismailov.com (Wayback Machine saytida 2016-07-21 sanasida arxivlangan)- Hamid Ismoilovning rasmiy sayti, oʻzbek va rus tillaridagi tanlangan asarlarning toʻliq matni, ingliz va fransuz tillarida tarjima qilingan asarlarning parchalari va blog.
- „Qayta qilingan konferentsiya“ (Wayback Machine saytida 2020-01-26 sanasida arxivlangan) oʻzbek va rus tillarida turli taxalluslar ostida ishlaydi.
- Lorkaning Hamid Ismoilovning „Tamarit devoni“ poetikasi toʻgʻrisida . Natalya Xon va Saodat I. Bazarova tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan. Transoksiana 7 – 2003-yil Diciembre. Rus tilidagi asl matn K-metikeda „Divana Tamarita“ Lorki
- http://bbcworldservice.com/writerinresidence[sayt ishlamaydi] – Bi-bi-si Jahon Xizmatining Yozuvchi-in-Qarorgohi blogi (2010-yil 10-mayda ochilgan)