Kontent qismiga oʻtish

Hal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hal (arab.) — eritilgan oltin, kumush va boshqa metallar kukuni: 1) zargarlikda biror metall yuzasiga (kumushga oltinni, metallga esa kumushni) yugurtirish uchun ishlatiladi hamda shunday eritmani biror buyumga yopishgani ham H. deb ataladi; 2) naqqoshlik (jumladan, meʼmorlik)aa naqshni boʻyashda keng qoʻllanadi. Bunda oltin, kumush, bronza kukuni lok, alif yoki yelim bilan aralashtirilib boʻyoq tayyorlanadi, shu boʻyoqda naqsh boʻyaladi, zarhallanadi. Baʼzan bezak yuzasiga lok surtib ustiga H. purkab pardoz beriladi. H.ga tuxum (tillaga sarigʻi, kumushga oqi) qoʻshilsa, boʻyoq yaltiroqlik xususiyatini yaxshi saqlaydi. Oʻzbekiston hududidagi meʼmoriy obidalar H. aralashmali boʻyoqlar bilan pardozlangan (mas, Amir Temur maq-barasi, Tillakori madrasa va boshqalar).