Hakim Nishonov
Qiyofa
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Hakim Kabirovich Nishonov (1917.5.12, Andijon) — sozanda, bastakor. Oʻzbekiston xalq artisti (1989). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1957). Andijon bolalar teatrida aktyor (1933—1936), Oʻzbek davlat filarmoniyasida sozanda (1936—1939), Oʻzbek ashula va rake ansambli (1957—59), "Shodlik" ansambli (1971—1976) badiiy rahbari, direktor oʻrinbosari (1976—1979), Qibray tumani Doʻrmon qishlogʻi "Doʻstlik taronalari" xalq ashula va raqs ansambli badiiy rahbari (1959-yildan). "Iroda" (S. Joʻra va V. Saʼdulla), "Qahramon" (I. Axmedov) musiqali dramalar, ayrim kompozitorlar bilan hamkorlikda simfonik poema va syuitalar, shuningdek, xor va qoʻshiqlar muallifi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |