Guido de Marco
Qiyofa

De marko Gvido (1931.22.7, Valletta) — Malta prezidenta. Malta qirollik universitetini tugatgan (1952). Yuridik fanlari d-ri (1955). 1966 y. Malta vakillar palatasi (parlament) aʼzosi. 1967 y.dan Malta universiteti oʻqituvchisi, keyinchalik professor 1972—87 yillarda Milliy partiya bosh kotibi, partiya yetakchisi oʻrinbosari. 1987 y.dan Malta bosh vaziri oʻrinbosari, adliya va ichki ishlar vaziri, Vakillar palatasi boshligʻi. 1990 y.dan Malta tashqi ishlar vaziri, ayni vaqtda 1992 y.dan bosh vazir oʻrinbosari. 1999 y. martdan Malta Respublikasi prezidenti[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Davlat yetakchisi haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
![]() | Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |