Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi
Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi xalqaro ayollar futbolida Guam sharafini himoya qiladigan ayollar vakililik futbol jamoasidir.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi 1996-yilda Guam futbol assotsiatsiyasi FIFAning toʻliq aʼzosi maqomiga ega boʻlganidan keyin FIFAga aʼzo davlat terma jamoasi (Gongkong) ustidan birinchi marta gʻalaba qozondi. Teylor Dervish va Kelly Hogan Morphylar 1999-yilgi AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 1999-yil 11-noyabrda Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi safida Gonkong ayollar milliy futbol terma jamoasi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda 55 va 60-daqiqalarda gol urishgan edi. Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi 1997-yildan 2006-yilgacha boʻlgan davrda Osiyoning eng nufuzli ayollar turnirlarining har birida uzliksiz qatnashib kelgan.
Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi 2003-yilda Fijining Suva shahrida boʻlib oʻtgan Janubiy Tinch okeani oʻyinlarida bosh murabbiy Tom Renfro qoʻl ostida kumush medalni qoʻlga kiritganidan soʻng, 2003-yilda FIFA/Coca-Cola ayollar oʻrtasidagi reytingda eng yuqori oʻrinni qoʻlga kiritdi[1].
2012-yilda bosh murabbiy Elias Merfalen boshchiligida Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi 2013-yilda Guamda boʻlib oʻtadigan EAFF Sharqiy Osiyo kubogi dastlabki musobaqasining 1-raundi oldidan mahalliy chamorro tilida „Jasur ayol“ degan maʼnoni anglatuvchi „Masakåda“ taxallusini rasman qabul qildi[2]. 2012-yil iyul oyida LeoPalace Resortdagi oʻyinda Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi shu taxallus ostida maydonga tushdi. Dastlabki davra oʻyinlarida Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi Gonkong ayollar milliy futbol terma jamoasidan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi[3].
2014-yilda bosh murabbiy Sang Hoon Kim qoʻl ostida Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi EAFF turnirining 2-raundiga yoʻllanma oldi. Bunda Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi avvaliga Shimoliy Mariana orollarini 7:0 hisobida magʻlub etdi, keyin esa FIFAga aʼzo boʻlgan 11 davlatga qarshi oʻzining oʻyinlaridagi eng yirik hisobdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi: Makao ayollar milliy futbol terma jamoasini ustidan 11-0 hisobidagi gʻalaba. Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi vakili Samanta Kaufman turnirning eng yaxshi oʻyinchi mukofotini qoʻlga kiritdi va uning jamoadoshi Peige Surber turnirning Oltin butsa mukofotiga sazovor boʻldi[4].
2016-yilda bosh murabbiy Mark Chargualaf qoʻl ostida Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi yana Shimoliy Mariana orollari va Makao ayollar terma jamoalari ustidan ketma-ket 5:0 hisobida gʻalaba qozonib, yana EAFF turnirining 2-raundiga yoʻllanma oldi. Xuddi oldingi safargidek Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi vakili Samanta Kaufman turnirning eng yaxshi oʻyinchi mukofotini qoʻlga kiritdi va uning jamoadoshi Peige Surber turnirning Oltin butsa mukofotiga sazovor boʻldi[5].
Keyinroq jamoa bosh murabbiy Belinda Uilson (AUS) qoʻl ostida turnirning 2-turi uchun Gonkongga yoʻl oldi. Keyinchalik Uilson 2017-yildan 2019-yilgacha Guam futbol assotsiatsiyasining texnik direktori etib tayinlandi.
Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi 2019-yilgi EAFF E-1 Futbol chempionatining dastlabki musobaqasining 1-raundida ishtirok etdi va turnirda eng koʻp gol urgan va raqiblariga eng kam gol urishga imkon bergan jamoa boʻlganiga qaramay, mezbon Moʻgʻulistondan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi[6].
Jamoa tasviri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa taxallusi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi „Masakåda“ sifatida tanilgan.
Jamoaning uy stadioni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz uy uchrashuvlarini Hagatna shahridagi Guam milliy futbol stadionida oʻtkazadi.[7] Ushbu stadion 1000 kishilik sigʻimga ega[8].
Guam ayollar milliy futbol terma jamoasining murabbiylar shtabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi murabbiylar shtabi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil 24-sentabr holatiga koʻra
Lavozimi | Millati | Ismi | Man. |
---|---|---|---|
Bosh murabbiy | Ross Awa | [9] | |
Jamoa menejeri | Chyna Ramirez | ||
Uskunalar menejeri | Keleko Fejeran | ||
Yuqori samaradorlik menejeri | Pavel Gubenko | ||
Uskunalar menejeri | Thomas Castro | ||
OAV xodimi | Jill Espiritu |
Bosh murabbiylar tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2022-yil 24-sentabr holatiga koʻra
Millati | Ismi | Murabbiylik davri | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Gʻalaba koʻrsatkichi |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Ross Awa[10] | 2021 — hozirgi kungacha | 0 | 0 | 0 | 0 | 00,0 % |
Guam ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻyinchilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi tarkib
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyidagi futbolchilar 2021-yil 14-24-oktyabr kunlari Qirgʻiziston Respublikasida boʻlib oʻtgan AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogida Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi safida maydonga tushishgan[11]. 2022-yil 24-sentabr holatiga koʻra:
Xalqaro musobaqalarda Guam ayollar milliy futbol terma jamoasining natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Guam ayollar terma jamoasining natijasi | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Natija | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar nisbati | |
1991-yildan 1995-yil | Guam ayollar milliy futbol terma jamoasi yoʻq edi | ||||||||
1999-yildan 2007-yil | Saralashdan oʻta olmadi | ||||||||
2011-yildan 2019 | |||||||||
2023-yil | |||||||||
Jami | — | — | — | — | — | — | — |
AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogi
[tahrir | manbasini tahrirlash]AFC ayollar oʻrtasidagi Osiyo kubogida Guam ayollar terma jamoasining natijasi | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Natija | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar nisbati | |
1975-yildan 1995-yil | Guam ayollar terma jamoasi yoʻq edi | ||||||||
1997-yil | Guruh bosqichi | 3 | 0 | 0 | 3 | 0 | 32 | −32 | |
1999-yil | Guruh bosqichi | 4 | 1 | 0 | 3 | 2 | 31 | −29 | |
2001-yil | Guruh bosqichi | 4 | 0 | 0 | 4 | 1 | 34 | −33 | |
2003-yil | Guruh bosqichi | 4 | 0 | 0 | 4 | 2 | 15 | −13 | |
2006-yil | Saralashdan oʻta olmadi | ||||||||
2008-yildan 2018 | Kiritilmadi | ||||||||
2022 | Saralashdan oʻta olmadi | ||||||||
Jami | 4/19 | 15 | 1 | 0 | 14 | 5 | 112 | −107 |
EAFF E-1 futbol chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]EAFF E-1 chempionatida Guam ayollar terma jamoasining natijasi | Dastlabki raundda Guam ayollar terma jamoasining natijasi | ||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Natija | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | ||
EAFF ayollar chempionati | |||||||||||||||
2005-yil | Kiritilmadi | Kiritilmadi | |||||||||||||
2008-yil | Saralashdan oʻta olmadi | 3 | 0 | 0 | 3 | 1 | 13 | ||||||||
2010-yil | 4 | 1 | 0 | 3 | 5 | 21 | |||||||||
EAFF ayollar oʻrtasidagi Sharqiy Osiyo kubogi | |||||||||||||||
2013-yil | Saralashdan oʻta olmadi | 2 | 1 | 0 | 1 | 9 | 4 | ||||||||
2015-yil | 5 | 2 | 0 | 3 | 18 | 22 | |||||||||
EAFF E-1 chempionati (ayollar) | |||||||||||||||
2017-yil | Saralashdan oʻta olmadi | 5 | 2 | 0 | 3 | 11 | 22 | ||||||||
2019 | 3 | 1 | 1 | 1 | 5 | 1 | |||||||||
2022 | Ishtirok etmadi | Oʻtkazilmagan | |||||||||||||
Jami | 0/7 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 22 | 7 | 1 | 14 | 49 | 83 |
Tinch okeani oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tinch okeani oʻyinlarida Guam ayollar terma jamoasining natijasi | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Yil | Natija | Oʻtkazilgan oʻyinlar | Gʻalaba | Durang | Magʻlubiyat | Urilgan gollar | Oʻtkazib yuborilgan gollar | Gollar nisbati | |
2003-yil | Ikkinchi oʻrin | 6 | 3 | 2 | 1 | 8 | 2 | +6 | |
2007-yil | Kiritilmadi | ||||||||
2011-yil | Guruh bosqichi | 3 | 0 | 2 | 1 | 2 | 3 | −1 | |
2015-yil | Kiritilmadi | ||||||||
2019 | |||||||||
Jami | 2/5 |
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „South Pacific Games 2003 (Fiji) – Tournament Details“. www.rsssf.com. Qaraldi: 19-oktyabr 2020-yil.
- ↑ „EAFF WOMEN'S FOOTBALL CHAMPIONSHIP 2008 Preliminary Competition -MATCH-“. eaff.com. Qaraldi: 19-oktyabr 2020-yil.
- ↑ „Hong Kong nip Guam 4–3 to win women's tourney“ (inglizcha). Guam Football Association. Qaraldi: 19-oktyabr 2020-yil.
- ↑ „RESULTS | EAFF East Asian Cup 2015 & EAFF Womenʼs East Asian Cup 2015 Preliminary Competition Round 1 in Guam“. eaff.com. East Asian Football Federation. Qaraldi: 19-oktyabr 2020-yil.
- ↑ „EAFF E-1 FOOTBALL CHAMPIONSHIP 2017 ROUND 1 GUAM“ (inglizcha). EAFF : EAST ASIAN FOOTBALL FEDERATION. Qaraldi: 19-oktyabr 2020-yil.
- ↑ „EAFF E-1 Football Championship 2019 Preliminary Round 1 Mongolia“ (inglizcha). EAFF : EAST ASIAN FOOTBALL FEDERATION. Qaraldi: 19-oktyabr 2020-yil.
- ↑ „Guam – Guam – Results, fixtures, squad, statistics, photos, videos and news – Women Soccerway“. us.women.soccerway.com. Qaraldi: 8-dekabr 2020-yil.
- ↑ „Guam National Football Stadium, Hagåtña (Guam) – Data“ (inglizcha). worldfootball.net. Qaraldi: 8-dekabr 2020-yil.
- ↑ FIFA.com. „Member Association - Guam - FIFA.com“ (inglizcha). www.fifa.com. Qaraldi: 27-sentabr 2021-yil.
- ↑ GuamFa.com. „Member Association - Guam - GuamFa.com“ (inglizcha). www.fifa.com. Qaraldi: 24-sentabr 2021-yil.
- ↑ „23 called up to Masakåda for return to AFC Women's Asian Cup“ (inglizcha). GFA. Qaraldi: 12-oktyabr 2021-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- (English) Guam womenʼs national football team — official website at GuamFA
- https://www.fifa.com/about-fifa/associations/GUM
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |