Grigoriy Yefimovich Grumm-Grjimaylo
Grigoriy Yefimovich Grumm-Grjimaylo [1860.5(17).2, Peterburg — 1936.3.3, Sankt-Peterburg] — rus geografi, sharqshunos. Oʻrta Osiyo va Markaziy Osiyoni tadqiq qilgan sayyoh. Rossiyada xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1928). 1920—31 yillarda sobiq Ittifoq geografiya jamiyatining vitseprezidenti. 1884—87 yillarda Olay, Pomir, Tyanshan togʻlari, Qashqar, Qoraqurumga sayohat qilgan. 1889 — 90 yillarda Markaziy Osiyoni oʻrganish ekspeditsiyasiga rahbarlik qilib, tadqiqotlar olib borilgan joylarning tarixiy-etnografik tavsifini yozgan. Ekspeditsiya davrida Turfon choʻkmasi chuqurligini (— 130 m, hozirgi zamon maʼlumotlariga koʻra — 154 m) aniqladi. 1903—1914-yillarda bir necha marta Mongoliya gʻarbiga, Tuva (oʻsha vaqtdagi Uryanxay oʻlkasi), Uzoq Sharq va b. joylarga sayohat qildi va ekspeditsiyalar uyushtirdi. Asarlari tarixiy geografiya va etnografiyaga bagʻishlangan. G. nomiga Sixote-Alin togʻlaridagi dovon, Pomirda oʻzi kashf qilgan muzlik va Bogdo-Oʻla togʻidagi muzlik qoʻyilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |