Griffen qal’asi
Griffen qal’asi | |
---|---|
Griffen, Avstriya | |
Koordinatalar | 46°42′19″N 14°43′39″E / 46.70528°N 14.72750°ECoordinates: 46°42′19″N 14°43′39″E / 46.70528°N 14.72750°E |
Tur | Qal’a |
Joy maʼumoti | |
Egasi | Griffen shahri |
Hozirgi kunda | Turistik obyekt |
Holat | Xarobalar |
Joy tarixi | |
Qurilishi | 1124-1146-yillar |
Qurdirgan shaxs | Otto Bamberg |
Foydalanilishi | 1768-yilgacha |
Buzilgan | 1840-yil |
Urushlar | 1292-1293-yillarda graf Ulrich fon Heunberg tomonidan bosib olingan |
Griffen qal’asi 1124-1146-yillarda Bamberg yepiskopi Otto buyrugʻi bilan qurilgan. 1160-yilgi hujjatda Germaniya imperatori Fridrix I Barbarossa Griffen qal’asini Bamberg mulki sifatida tilga olgan[1].
1292-yilda karintiyalik zodagon graf Ulrich fon Heunburg Zaltsburg arxiyepiskopi Konrad IV koʻmagida Germaniya qiroli Rudolf I va gersog Meynxard II ning oʻgʻli Albert Gabsburgga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarib qal’aga hujum qildi va uni egallab oldi. Biroq, Ulrich ittifoqchilari tomonidan yakka oʻzi tashlab ketilgan va buning natijasida bir yildan keyin qal’ani tark etishga majbur boʻlgan. 1759-yilda yepiskop Adam Fridrix Karintiyadagi Bamberg mulklarini avstriyalik Mariya Terezaga sotdi va qal’a Karintiya gersogligi tarkibiga kiritildi[2].
Taxminan 1520-yilda Usmonli turklar qoʻshinlari tahdididan himoya qilish uchun qal’aning katta qismi rekonstruktsiya amalga oshirildi, uning bazasi taxminan 4000 m 2 ni tashkil etdi, lekin, turklar Griffenni hech qachon qamal qilmaganlar. 1659-yilda minoralardan birini yashin urgan va qal’ada yongʻin boshlangan. 1768-yilda oxirgi diniy marosim boʻlib oʻtdi va taxminan 1840-yilda tomlari qulab tushgan. 2000-yildan beri qal’ani hozirgi koʻrinishini saqlab qolish boʻyicha turli ishlar amalga oshirilmoqda. Tik piyoda yoʻlak togʻdan vayronalarga olib boradi.
Gʻor
[tahrir | manbasini tahrirlash]Togʻ ichida uzunligi 485 m boʻlgan Griffener Tropfsteinhöhle (tomchi tosh gʻor) joylashgan. Bu gʻor Ikkinchi Jahon urushining oxirgi kunlarigacha kashf etilmagan. U 1957-yildan beri hamma uchun ochiq va tabiiy diqqatga sazovor joy.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- (in German) Griffen at burgen.de
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |