Kontent qismiga oʻtish

Gosen (Niigata)

Koordinatalari: 37°44′40.0″N 139°10′57.4″E / 37.744444°N 139.182611°E / 37.744444; 139.182611
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gosen

五泉市
Shahar
Skyline of Gosen
Gosen
Bayroq
Gosen
Gerb
37°44′40.0″N 139°10′57.4″E / 37.744444°N 139.182611°E / 37.744444; 139.182611
Mamlakat Yaponiya
{{{mintaqa_turi}}} Chubu viloyati
Asos solingan 1954-yil 3-noyabr
Maydon 35,191 km2 (13,587 kv mi)
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2019-yil 1-iyul)
48 458
Zichligi 138 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Telefon kodi 0250-43-3911
Gosen xaritada
Gosen
Gosen

Gosen (yaponcha: 五泉市 Gosen-shi?) Yaponiyaning Niigata prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 1-iyul holatiga koʻra, shaharda 188703 ta xonadonda 48458 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 138 nafarni tashkil qiladi[1]. Shaharning umumiy maydoni 351,91 kvadrat kilometr (135,87 mi²) ni tashkil etadi[2].

Gosen shimoliy-markaziy Niigata prefekturasining ichki mintaqasida joylashgan. Shahar boʻylab Agano daryosi oqib oʻtadi.

Atrofdagi munitsipalitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Markaziy Muramatsu

Hozirgi Gosen hududi qadimgi Echigo viloyatinining bir qismi boʻlgan. Edo davridagi Yaponiyaning Tokugava syogunati davrida, hozirgi Gosenning bir qismi Hori urugʻining kichik boʻlimi tomonidan boshqariladigan kichik feodal domeni Muramatsu domenining nazorati ostida edi[3]. Gosen shahri 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini oʻrnatish bilan Niigata, Kitakanbara tumanida tashkil etilgan. Zamonaviy Gosen shahri 1954-yil 3-noyabrda Gosen shahrining Sumoto, Kavahigashi va Hashida (barchasi Kitakanbara tumanidan) qishloqlari bilan birlashishi natijasida tashkil etilgan. 2006-yil 1-yanvarda Muramatsu shahri (Nakakanbara tumanidan) Gosen shahriga birlashtirildi.

Gosen nam iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, issiq va nam yoz hamda sovuq qish faslida kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Gosendagi oʻrtacha yillik harorat 13,1 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻingarchilik 1886 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26,2 °C, eng past harorat esa yanvarda, taxminan 1,3 °C atrofida boʻladi[4].

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[5], Gosen aholisi soni soʻnggi 40 yil ichida barqaror ravishda kamaygan.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
197062,038—    
198062,516+0.8%
199061,289−2.0%
200058,82−4.0%
201054,55−7.3%
202047,625−12.7%
Gosen shahar hokimiyati

Gosen toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 20 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega[6].

Gosen iqtisodiyoti asosan qishloq xoʻjaligiga asoslangan boʻlib, muhim ekinlar sifatida kesilgan pion gullari, satoimo va kivi mevalari yetishtiriladi.

Taʼlim tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gosenda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan oʻn bitta davlat boshlangʻich maktabi va toʻrtta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda Niigata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan ikkita davlat ham oʻrta maktabi mavjud. Prefekturada bitta maxsus taʼlim maktabi bunyod etilgan[7]. Niigata universiteti Qishloq xoʻjaligi boʻlimi Gosen shahrida dala sinov fermasiga ega.

JR East — Banetsu g'arbiy liniyasi

  • Sakihana — Maoroshi — Saruvada — Gosen — Kita-Gosen

Magistral yoʻl

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ban-etsu tezkor yoʻli- Gosen PA
  • Milliy yoʻnalish 290

Mahalliy diqqatga sazovor joylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gosenning taniqli odamlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]