Gidi Kanyuk
![]() | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Gidi Kanyuk | ||
Tavallud sanasi | 11-fevral 1993-yil | ||
Tavallud joyi | Ramat Gan, Isroil | ||
Boʻyi | 1.79 m (5 ft 10 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Hapoel Ramat Gan | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010—2017 | Maccabi Petah Tikva | 147 | (19) |
2017—2019 | Paxtakor Toshkent | 14 | (1) |
2018 | → Maccabi Tel Aviv | 5 | (1) |
2018—2019 | → Maccabi Petah Tikva | 39 | (7) |
2019—2020 | Hapoel Haifa | 28 | (4) |
2020 | Buriram United | 10 | (2) |
2020—2021 | Nakhon Ratchasima | 14 | (1) |
2021—2022 | Chonburi | 26 | (6) |
2022—2023 | Hapoel Haifa | 20 | (1) |
2023— | Hapoel Ramat Gan | 0 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2023-yil 16-may uchun) |
Gidi Kanyuk (ivritcha: גידי קאניוק 1993-yil 11-fevralda tugʻilgan) – isroillik professional futbolchi[1], Isroil Premyer-ligasidagi „Hapoel Xayfa“ klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gidi faoliyatining dastlabki davrlarida Isroilning Petah Tikva shahrining „Makkabi“ klubi yoshlar jamoasida oʻynagan. 2011—2017-yillar davomida ushbu klubning asosiy jamoasida oʻynab, jami 147 ta oʻyinda 19 ta gol urgan. 2017-yilning iyul oyida u Oʻzbekistonning „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzolagan[2]. Paxtakor jamoasi safida 14 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan. 2018-yilning yanvarida Kanyuk „Paxtakor“ jamoasi tomonidan Tel-Avivning „Makkabi“ jamoasiga olti oyga ijaraga berilgan[3]. Yozgi transfer oynasida „Petax Tikva Makkabi“ jamoasiga ijaraga berilgan. Ijara muddati yakunlangach, „Paxtakor“ klubi tarkibiga qaytgan. 2019-yil 2-avgustda „Paxtakor“ jamoasi bilan xayrlashgan[4].
2010 va 2011-yillarda Isroil yoshlar terma jamoasida oʻynagan. Kanyuk Isroil U18 yoshlar terma jamoasi tarkibida 12 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan, 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi tarkibida esa toʻrtta oʻyinda maydonga tushgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kanyuk Isroilning Ramat Gan shahrida ashkenazi yahudiy oilasida tugʻilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „"Paxtakor"da o'ynagan portugal, isroillik va braziliyalik futbolchilar hozir qaerda?“ (2021-yil 31-may).
- ↑ „Rasman: Gidi Kanyuk "Paxtakor" bilan shartnoma imzoladi (FOTO)“ (2017-yil 11-iyul).
- ↑ „"Paxtakor" Kanyukni "Makkabi"ga ijaraga berganini tasdiqladi“ (2018-yil 2-fevral).
- ↑ „Gidi Kanyuk "Paxtakor" muxlislari bilan xayrlashdi“ (2019-yil 2-avgust).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gidi Kanyuk Transfermarkt saytida
- 11-fevralda tugʻilganlar
- 1993-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Isroillik erkak futbolchilar
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Maccabi Petah Tikva F.C. futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Maccabi Tel Aviv F.C. futbolchilari
- Hapoel Haifa F.C. futbolchilari
- Hapoel Ramat Gan Givatayim F.C. futbolchilari
- Buriram United F.C. futbolchilari
- Nakhon Ratchasima F.C. futbolchilari
- Chonburi F.C. futbolchilari
- Tailand 1 ligasi futbolchilari
- Isroil Premyer-ligasi futbolchilari
- Oʻzbekistondagi chet ellik erkak futbolchilar
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari