Kontent qismiga oʻtish

Utrext

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Utrechtdan yoʻnaltirildi)

Utrext – Niderlandiyadagi shahar. Utrext provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 256,2 ming kishi (2001). Transport yoʻllarining yirik chorrahasi. Reyn daryosi deltasidagi port. Mamlakatning qadimiy savdo, moliya, sanoat va madaniy markazi. Mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat, tamaki, toʻqimachilik (XI asrdan) sanoati korxonalari mavjud. Universitet (1636-yil), muzeylar bor. Utrext qadimgi rimliklar qishlogʻi oʻrnida bunyod etilgan. Meʼmoriy yodgorliklardan romangotika sobori (XI—XVI asrlar), gotika cherkovlari saqpangan. Shaharda har yili xalqaro yarmarka oʻtkaziladi.