Georgiy Ioannidis
Georgiy Petrovich Ioannidis | |
---|---|
Ιωαννίδης Γεώργιος του Πέτρου | |
Tavalludi |
6-sentyabr 1923-yil Stavropol, SSSR |
Vafoti |
20-mart 1986-yil (62 yoshda) Afina, Gretsiya |
Fuqaroligi | SSSR → Gretsiya |
Sohasi | Stomotologiya |
Ish joylari | Toshkent tibbiyot instituti |
Ilmiy darajasi | Tibbiyot fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | Professor |
Georgiy Petrovich Ioannidis (1923-yil, Stavropol, SSSR – 1986-yil, Afina, Gretsiya) – yuz-jagʻ va plastik jarrohlik yoʻnalishi boʻyicha sovet va grek stomatologi, Toshkent tibbiyot instituti professori.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1923-yil 6-sentyabrda RSFSRning Stavropol shahrida tugʻilgan. Otasi Ioannidis Petros Pontiyalik grek savdogari, Rossiya imperiyasining Kars viloyati Ardaxon shahrida tugʻilgan. 1918-yilda Brest-Litovsk shartnomasiga koʻra Kars viloyati Turkiya hududiga aylangan va Ionnadis Petros Stavropolga koʻchib oʻtgan. Onasi Tamara Tambieva - Kabardiyada tugʻilgan. 1928-yilda Ioannidis oilasi Gretsiyaga koʻchirib oʻtkazilgan.
Georgiy Petrovich Ioannidis 1942-yilda Salonikidagi Aristotel universitetining tibbiyot fakultetiga oʻqishga kirgan. U 1942-yilda Gretsiya Kommunistik partiyasi aʼzosi sifatida Gretsiya milliy ozodlik fronti bilan birgalikda natsistlarga qarshi kurashda qatnashgan. 1946—1949-yillardagi fuqarolar urushi davrida Gretsiya demokratik armiyasining partizan kuchlari bilan birga (yunoncha: Δημοκρατικός Στρατός Ελλάδας) tibbiy xizmat leytenanti unvoni ostida, oʻng qanot harbiylashtirilgan tashkilotlarga qarshi kurashda qaatnashgan[1]. 1949-yil sentabrida Gretsiya demokratik armiyasining magʻlubiyatidan soʻng Georgiy Ioannidis va minglab omon qolgan partizanlar SSSRga,Toshkent shahriga koʻchib oʻtishadi.
1954-yilda Georgiy Ioannidis Toshkent tibbiyot institutini tamomlagan. U 1961-yilda tibbiyot fanlari nomzodi, 1970-yilda tibbiyot fanlari doktori, 1971-yilda professor unvonini oladi.
Georgiy Ioannidis 1974—1977-yillarda Toshkent tibbiyot institutining gospital jarrohlik stomatologiyasi kafedrasi mudiri, 1978—1984-yillarda esa bolalar jagʻ-yuz xirurgiyasi kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan. U Grek siyosiy migrantlari ilmiy jamiyatiga raislik qilgan.
Georgiy Ioannidis 1984-yil dekabrda Gretsiyaga qaytadi. U 1986-yil boshida „Xalq salomatligi“ ilmiy-ommabop jurnalida nashriyot boʻyicha maslahatchi lavozimida ishlaydi.
Georgiy Petrovich Ioannidis 1986-yil 20-martda Afinada vafot etadi.
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yuqori jagʻning xavfli oʻsmalarini davolash[2][3]
- Oʻsayotgan tanada temporomandibular boʻgʻimning (TMB) suyak patologiyasini davolash usullari.
- Kattalardagi orttirilgan mikrogeniya va chakka-mandibular boʻgʻimning ankilozini birgalikda davolash usullari[4][5]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Выдержка из «ГАЗЕТЫ ВРЕМЕННОГО ПРАВИТЕЛЬСТВА» («ΕΦΗΜΕΡΙΔΑ ΤΗΣ ΠΡΟΣΟΡΙΝΗΣ ΚΥΒΕΡΝΗΣΗΣ»). — "Έχοντας υπόψη την ιδρυτική μας Πράξη της 23 του Δεκέμβρη 1947, την Πράξη αριθ. 11 του Γενικού αρχηγείου, το Νόμο αριθ. 1 της Προσωρινής Δημοκρατικής Κυβέρνησης και προτάσεις της ΧΙης Μεραρχίας. Αποφασίζουμε Α. Ονομάζουμε αξιωματικούς του Δημοκρατικού Στρατού Ελλάδας με τους βαθμούς που αναφέρουμε τούς πιο κάτω: ΥΠΟΛΟΓΑΓΟΙ α) Πολιτικοί επίτροποι 1. Τσολάκης Σταύρος του Σταύρου β) Υγειονομικού 1. Ιωαννίδης Γεώργιος του Πέτρου "
- ↑ Байдик О. Д. Ультраструктурные изменения слизистой оболочки верхнечелюстной пазухи у больных одонтогенным синуситом
- ↑ Иванов Ю. В. Состояние слизистой оболочки верхнечелюстного синуса у больных с ороантральным сообщением в разные сроки после его возникновения
- ↑ „Применение эндопротезов из углеродной керамики и углепластика при хирургическом лечении вторичного деформирующего остеоартроза и анкилоза височно-нижнечелюстного сустава у дет…“. 2018-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-yanvar.
- ↑ „Анкилоз ВНЧС. Лечение анкилоза ВНЧС. Операция по методу Г. П. Иоаннидиса“. 2021-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-yanvar.