Kontent qismiga oʻtish

Geografiya mahbuslari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Prisoners of geography
Muallif(lar) Tim Marshal
Til inglizcha
Janr(lar)i Ilmiy
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2015
ISBN 978-1-78396-243-3

Geografiya mahbuslari: Dunyo siyosati haqida bilishingiz kerak boʻlgan hamma narsani aytib beradigan 10 ta xarita — britaniyalik yozuvchi va jurnalist Tim Marshallning 2015-yilda chop etilgan geosiyosat haqidagi kitobi.

Muallif, 2019-yilda ushbu kitobning bolalar uchun tasvirlangan Geografiya mahbuslari - 12 ta oddiy xaritada tushuntirilgan bizning dunyomiz nomli versiyasini chiqardi[1] va bu kitob yilning kitobi Waterstones nominatsiyasiga qoʻyildi[2]. Uning davomi “Geografiyaning kuchi” kitobi esa 2021-yilda chiqdi.

Geografiya mahbuslari kitobi dunyoning bir qancha muhim mintaqalaridagi geosiyosiy vaziyatlarni qamrab olgan boʻlib, bularga quyidagilar kiradi: Rossiya, Xitoy, AQSh, Yevropa, Arab dunyosi, Janubiy Osiyo (asosan, Hindiston va Pokistonga eʼtibor qaratilgan holda), Afrika, Yaponiya va Koreya, Lotin Amerikasi va Shimoliy Muz okeani (asosan, Arktika geopolitikasi).

Bu kitob geografiyaning xalqaro munosabatlarga taʼsirini tasvirlab, Rossiyaning Qrimni birlashtirish kabi geosiyosiy voqealarini, Rossiyaning issiq suv portlaridan foydalanish imkoniyatini saqlab zarurati va Xitoyning Tibetdagi Hindiston bilan chegarasini mustahkamlash harakatlariga asoslanib tushuntiradi[3].

Qabul qilinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitob New Yorkning eng kop sotilgan[4] va Sunday Timesning №1 bestselleri edi[5].

Amerika Geograflar Assotsiatsiyasida kitoblar sharhida yozgan Duglas Vebster shunday xulosaga keldi: "Kitob chindan ham jozibador boʻlsa-da, faqat bugungi kundagi muvaffaqiyati bilangina tasdiqlanadi. Geosiyosiy nuqtai nazardan esa maʼlumot beruvchi asar sifatida zamonaviy geografik dinamika boʻyicha oʻqish oson. Bu geografik omillardan koʻra koʻproq sotsiologik taʼsir ko'rsatadigan global tadqiqotlar vakillari tomonidan tanqid qilinishini taʼkidladi[6].

  1. Donovan. „Prisoners of Geography: An Interview with Tim Marshall“. Geographical. Qaraldi: 2020-yil 24-may.
  2. „Waterstones Book of the Year 2020“.
  3. Dombey, Daniel. „'Prisoners of Geography', by Tim Marshall“. Financial Times (2015-yil 9-avgust). Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.
  4. „Travel Books - Best Sellers - December 13, 2015 - The New York Times“. The New York Times. Qaraldi: 2018-yil 15-fevral.
  5. „Prisoners of Geography: Waterstones Nonfiction Book of the Month and a Sunday Times Bestseller! | Elliott & Thompson“. Elliott & Thompson. 2017-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-fevral.
  6. Webster, Douglas (3 July 2017). "Prisoners of Geography: Ten Maps That Explain Everything About the World". The AAG Review of Books 5 (3): 192–194. doi:10.1080/2325548X.2017.1315255. https://www.tandfonline.com/doi/full/10.1080/2325548X.2017.1315255. Qaraldi: 9 April 2022. Geografiya mahbuslari]]