Kontent qismiga oʻtish

Geograficus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Geograficus
Chiqarilgan sana 2003-yil oktyabr
Janr sarguzasht, taʼlim

Geograficus – 2003-yilda Ruske & Pühretmaier tomonidan ishlab chiqilgan hamda Heureka-Klett (2005-yilgacha) va BrainGame Publishing (2005-yildan boshlab HKning taʼlim katalogini sotib olgandan keyin) tomonidan ommaga taqdim etilgan maʼrifiy sarguzasht video oʻyin hisoblanadi. Oʻyin dastlab faqat Germaniyaning ichida ishlab chiqarilgan.

Bu oʻyin Willy Werkel seriyasidagi Willy Werkel baut Raumschiffe nomli video oʻyin bilan birga Pestalozzi-Fröbel-Hausda 2005-yilda „Ekspedisiya Yeri“ deb nomlangan dasturda ishlab chiqilgan, bu bolalarnining ongida interfaol media orqali geografiyani oʻrganishni rivojlantiradi[1].

Oʻyin jarayoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyin jarayoni Myst video oʻyiniga oʻxshash, lekin undan farqli jihatlari shundaki, oʻyinchilar retro ilmiy-fantastik muhitda bir qator statik ekranlar orqali geografiyani oʻrganadilar[2]. Oʻyin oʻyinchilarga yerning relyefi geografiyasi va yer tarixi haqida maʼlumot berishga asoslangan[3].

Oʻyinda ilmiy maʼlumotlar va jumboqlarni qanday qilib bajarish boʻyicha maslahatlar toʻplami mavjud boʻlgan ichki interaktiv ensiklopediya ham qoʻshilgan[4].

Oʻyinda donishmand olim Geografikus yosh qahramonimiz Geoga yoʻqolgan otash ajdarhosi Balvinning qayerdaligini aniqlash vazifasini topshiradi.

Tanqidiy qabul qilinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adventure Archiv ajdarholari va sehrli fantaziya olamida taʼlim oʻyinlarini oʻrnatish tanlovi shubha ostiga qoʻydildi. Bunday olamlarning mantigʻi va fizikasi haqiqiy dunyonikiga zid ekanligini taʼkidlashib, oʻyinchilarga chalkash xabarni taqdim etilishi amalga oshirildi[5]. Anxel Adventure oʻyinni ham jozibali, ham chiroyli deb hisoblagan boʻlsa[6], Kinderuni Darmshtadt unga qiziqarli va mantiqiy deb taʼrif bergan[7]. Wissen.de bu oʻyinga 5 ta yulduzdan 3 tasini beradi[8]. Makveltning shaxsiy fikriga koʻra, oʻyin grafikasi yoki boshqaruvi Uru: Ages Beyond Myst (2003) yoki Broken Sword: The Sleeping Dragon (2003) kabi zamonaviy sarguzasht oʻyinlariga mos kelmaydi deb hisobladi[9][10]. Lizzy Net oʻyinni oʻzining taʼlim mazmunidan unumli foydalanganligini va uni yanada yaxshilash lozimligini taʼkidlab oʻtadi[11]. Geografiya darslarini kompyuter oʻyinlari orqali oʻrganish har doim ham oʻz samarasini bermaydi maqolasi ostida Kristina Bulou dastur talab qilinadigan koʻp vaqtli investitsiyalarini va taʼlim mazmunini yetkazib berilishini samarasiz deb xulosa berdi[12].

Mazkur oʻyin 2004-yilda Komenskiy Sifat muhri[13] va 2004-yilda eng yaxshi oʻquv oʻyini uchun GIGA sichqoncha mukofoti bilan mukofotlangan[14].

  1. „Pestalozzi-Fröbel-Haus | Projekt Expedition Erde“. www.pfh-bundesallee.de. 2017-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-dekabr.
  2. Pivec, M.. Affective and Emotional Aspects of Human-Computer Interaction: Game-Based and Innovative Learning Approaches (en). IOS Press, 2006-03-02. ISBN 9781607501497. 
  3. slydos. „Geograficus - Review english“. www.adventure-archiv.com. 2018-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-dekabr.
  4. „Geograficus [RUS скачать бесплатно“]. rus-game.net. Qaraldi: 2017-yil 24-dekabr.
  5. slydos. „Geograficus - Review english“. www.adventure-archiv.com. 2018-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-dekabr.
  6. „Geograficus Review“ (2004-yil 9-aprel). 2004-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-dekabr.
  7. „Lernadventure im Test: Geograficus - Das Abenteuerspiel aus der Welt der Geografie“ (de). kinderuni-darmstadt.de. 2017-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-dekabr.
  8. Leinfelden-Echterdingen. „Geograficus | wissen.de“. www.wissen.de. Qaraldi: 2017-yil 24-dekabr.
  9. Hartmann, Thomas. „Rezension: Lernadventure 'Geograficus'“. Macwelt. 2021-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-dekabr.
  10. Hartmann, Thomas. „Schöne Bilder“. Macwelt. Qaraldi: 2017-yil 24-dekabr.[sayt ishlamaydi]
  11. „LizzyNet.de - Geograficus“ (de). www.lizzynet.de. Qaraldi: 2017-yil 24-dekabr.
  12. „Computerspiele im Geographieunterricht | w.e.b. Square“ (2013-yil 5-may). 2013-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-dekabr.
  13. „Zehn Comenius-Auszeichnungen für Klett-Softwaretitel“ (2004-yil 25-iyun).
  14. „Beste Lernspiele für Kinder ab 12 Jahre (und andere Altersgruppen)“. www.mediengewalt.de. 2017-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-dekabr.