Geneviève Elizabeth Disdéri
Geneviève Élisabeth Disdéri (1817-yil – 18-dekabr 1878-yil) – Ilk fransuz ayol fotografi. 1843-yilda u mashhur fotograf André-Adolphe-Eugène Disdériga turmushga chiqdi. 1840-yillarning oxiridan boshlab Brestdagi dagerotipiya studiyasida turmush o'rtog'i bilan birgalikda ishlay boshlagan[1]. 1852-yilda eri Parijga joʻnab ketganidan soʻng, Geneviève ateleni yolg'iz o'zi boshqarishda davom etdi. Geneviève asosan meʼmoriy jihatdan tasvirga olingan Brestning yigirma sakkizta koʻrinishini yaratgani bilan tarixda qoldi. Bu asarlar 1856-yilda „Brest et ses Environs“ nomi ostida ommaga taqdim etilgan[2]. 1872-yilda Geneviève Parijga koʻchib oʻtdi va Rue du Bacda studiya ochdi, u yerda studiya ishlariga oʻgʻli Jules yordam bergan. Savdo roʻyxatlaridan shuni bilish mumkinki, 1878-yilda Parijdagi kasalxonada vafot etgunga qadar oʻz studiyasini boshqarishda davom etgan[3]. U dunyodagi birinchi ayol professional fotograflardan biri boʻlib, Bertha Beckmann va Brita Sofia Hesseliusdan keyin koʻp oʻtmay mashhur boʻlgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Geneviève-Élisabeth Disdéri 1817-yilda Fransiyada tugʻilgan. U ishlab chiqaruvchi Nicolas Francart va Geneviève Joséphine Ternoislarning qizi edi, uning otasi Fransiyaning Brest shahrida ishlagan. Genevièvening otasi 1832-yil aprel oyida vafot etdi. Keyinchalik u oʻz faoliyatini dagerotipiyadan boshlagan fransuz fotografi Adolphe Disderi bilan uchrashdi. Keyinchalik Geneviève oʻz faoliyatining yangi yoʻnalishini kashf qildi, tashrif qog'ozga tushirilgan kichik rasmlardan iborat edi. Geneviève san'atning ushbu turiga patent oldi va 1850-yillarning oxirida ularni yigʻish va sotish odamlar orasida mashhur boʻldi[4].
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Professional fotograf sifatida biroz tajribaga ega boʻlgan Jeneveva-Elizabet Disderi 1843-yilda André-Adolphe-Eugene Disderiga turmushga chiqdi va undan olti farzandni dunyoga keltirdi, ulardan faqat bir oʻgʻli omon qoldi. 1848-yilda ular Brestga koʻchib oʻtishdi va mashhur dagerotipiya studiyasini ochishdi. Elizabetning akasi Brestda komissar oʻrinbosari boʻlib ishlab yurganida, ularga moliyaviy yordam berib turgan. 1852-yilda uning eri siyosiy va moliyaviy qiyinchiliklar tufayli Parij studiya ochishga qaror qilgan va Brestni tark etgan. Biroq, Elizabeth Brestda qolgan va 1860-yillarning oxirigacha o'zlarining studiyasida ishlashni davom ettirgan.
Yolgʻizligida koʻplab yangi uslublarni yaratdi va oʻzlashtirdi. Geneviève oʻz studiyasini tashrif qog'oz fotosuratlarini ishlab chiqarish orqali rivojlantirdi va mashhurlikka erishdi. Bu vaqt mobaynida fotograflar asosan portret uslubida fotosuratlar yaratdilar. Tabiat va me'moriy uslubdagi rasmlar juda kam edi, ekspozitsiya vaqti juda uzoq va uni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan materiallar juda kam edi. Shunga qaramay, Elizabet ikkita eng mashhur tasvirni suratga olish orqali oʻzini tanitdi[5]. Keyinchalik amerikalik kolleksioner George Cromer uning suratlarini sotib oldi. Uning ikkita „Ruins of the abbey of Pointe St Mathieu next to Brest“ va „Cimetière de Plougastel“ deb nomlangan suratlari mashhur. Ikkala fotosurat ham 1856-yilda suratga olingan, ammo faqat birinchisi imzolangan. Ikkala fotosurat ham Parijda boʻlganida eri orqali oʻrgangan yangi texnikasida tasvirga olingangan.
Geneviève 1872-yilda Parijga koʻchib oʻtdi va oʻz studiyasini ochdi. U 1878-yil 18-dekabrda 61 yoshida kasalxonada vafot etdi.
Galleriyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Saint-Mathieu xarobalari
-
Plougastel qabristoni
Vikiomborda Geneviève Elizabeth Disdéri haqida turkum mavjud |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Kelly E. Wilder, „Geneviève Élisabeth Disdéri“, Oxford Companion to the Photograph. Retrieved 21 March 2013.
- ↑ Nilsen, Micheline. Architecture in Nineteenth Century Photographs: Essays on Reading a Collection. Ashgate Publishing, Ltd., 2011 — 181–-bet. ISBN 978-1-4094-0904-5. Qaraldi: 2013-yil 21-mart.
- ↑ „An unidentified dancer“, Paul Frecker London. Retrieved 21 March 2013.
- ↑ „Prince Lobkowitz“. Met Museum. Qaraldi: 2017-yil 10-may.
- ↑ Hannavy, John „Encyclopedia of Nineteenth-Century Photography“. 2016-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-may.