Genetik axborot
Genetik axborot — oqsil molekulasining tuzilishi haqidagi axborotning DNK (dezoksiribonuklein kislota)da nukleotidlarning birin-ketin kelish tartibi shaklida kimyoviy tilda yozilishi. Genetik axborotning realizatsiya qilinishi replikatsiya va transkripsiya holida amalga oshadi. Replikatsiya jarayonida DNK oqsil sintezida bevosita ishtirok etmaydi. Ona hujayra boʻlinayotganida DNK ham ikkiga ajraladi. Har bir zanjir qarshisida komplementarlik asosida ik-kinchi DNK zanjiri hosil boʻladi. DNK replikatsiyasi deb ataladigan bu jarayon irsiy belgilarning nasldannaslga oʻzgarmay oʻtishini taʼminlaydi.
Genetik axborot amalga oshishining ikkinchi bosqichi oqsil sintezini boshqaruvchi uch xil RNK (ribonuklein kislota) molekulasining sintez qilinishidan iborat. Bu jarayon transkripsiya (koʻchirib yozish) deyiladi. RNKning barcha turlari yadroda sintezlanadi.
Informatsion RNK (iRNK) translyatsiya jarayonida DNK zanjirlarining birida hosil boʻlib, uning ayrim boʻlagidan aniq nusxa koʻchirib oladi. RNK molekulasida DNK dan uglevod dezokriboza oʻrniga riboza, azotli asos timinning oʻrniga uratsil boʻlishi hamda bitta zanjirli ekanligi bilan farq qiladi. iRNK DNKdagi oqsil tuzilishi haqidagi axborotni oqsil sintez boʻladigan ribosomaga tashib keltiradi. Oqsil sintezida transport RNK (tRNK) ham ishtirok etadi. Bu RNK sitoplazmadagi aminokislotalarni ribosomaga yetkazib beradi. Oqsil sintezida ishtirok etadigan uchinchi molekula — bu ribosomal RNK (rRNK) hisoblanadi. Oqsil sintezida iRNK molekulasidagi nukleotidlar tartibi shaklida yozilgan Genetik axborot aminokislotalarning oqsil molekulasida joylanishi tartibiga oʻtkazilishi translyatsiya (tarjima qilish) jarayoni deb ataladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |