Gatchina
Gatchina (1923-29 yillarda Trotsk, 1929—44 yillarda Krasnogvardeysk) — RF Leningrad viloyatidagi shahar (1796-yildan). Sankt-Peterburgdan 45 km jan.gʻarbdagi temir yoʻl tuguni. Sankt-Peterburg — Pskov avtomobil yoʻli yonida. Aholisi 81,3 ming kishidan ziyod (1999). Mashinasozlik va metallsozlik korxonalari, mebel f-kasi, oʻlkashunoslik muzey i bor. G. 1499-yildan Xotchino qishlogʻi sifatida maʼlum. 18-asr boshida G. — malika Natalya Alekseevnaning , 1765-yildan graf G. G. Orlovning mulki (uning davrida saroy-park ansambli qurilishi boshlangan). 1783— 96 yillarda knyaz Pavel Petrovich (imperator Pavel 1), 1881—83 yillarda imperator Aleksandr III qarorgohi. 18-asr Saroy-park majmuasi, Priorat saroyi (1798—99), Saroy parki va b. parklar saqlangan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |