Galvanining ikkinchi tajribasi
Galvanining ikkinchi tajribasi yoki E. Dyubua-Reymon[1] aytganidek „nerv-muskul fiziologiyasining chin asosiy tajribasi“. Glavanining birinchi tajribasini A.Volta 1792-yilda takrorladi va Galvani[2] tasvirlagan hodisa „hayvon elektri“ emasligini, Galvani tajribasi baqaning orqa miyasida emas, balki turli metallar-mis va ruxdan hosil boʻlgan zanjir tok manbai ekanligini koʻrsatib berdi(Galvanining birinchi tajribasini oʻqing).
Voltaning eʼtirozlariga javoban, Galvani endi metallardan foydalanmay tajriba qildi. Baqaning orqa oyoq terisi shilib olinsa, soʻngra quymich nervining ildizlari orqa miyadan chiqqan joyga yaqin shu nerv qirqilsa va son boʻylab boldirgacha ajratilsa, boldirning ochilgan muskullariga oʻsha nerv tashlansa, bu muskullar qisqarishini koʻrsatib berdi(Galvanining ikkinchi tajribasi).
- ↑ „Dyuba-Reymon“ (1-avgust 2024-yil). 2023-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-avgust.
- ↑ „Galvani“ (13-may 2024-yil). 2024-yil 26-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-avgust.