Kontent qismiga oʻtish

Gʻayrat Fozilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
G‘ayrat Gʻaniyevich Fozilov
 Oʻzbеkistоnning Benilyuksdagi elchisi
 
Mansab davri
2023-yil 5-dekabrdan – hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Dilyor Hakimov
 Oʻzbеkistоnning Yaponiyadagi elchisi
 
Mansab davri
2017-yil 23-dekabrdan – 2021-yil 8-aprelgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi ?
Vorisi Muhsinxoʻja Abdurahmonov[1]
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 14-avgust 1974-yil (1974-08-14) (50 yosh)
Toshkent

Gʻayrat Gʻaniyevich Fozilov – oʻzbek diplomati. 2018—2021-yillarda Oʻzbekistonning Yaponiyadagi elchisi[2].

1974-yil 14-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan.

1996-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini (bakalavriatura), 2005-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan. Fransuz va ingliz tillarini biladi.

1996—1999 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari boshqarmasi attashesi.

1999—2002 – Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchixonasi attashesi.

2002—2004 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari boshqarmasi uchinchi kotibi.

2003—2005 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi apparati kichik mutaxassisi.

2005—2006 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi siyosiy faoliyat strategiyasi va tahlili bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi.

2006—2010 – Oʻzbekistonning Belgiyadagi elchixonasi birinchi kotibi, maslahatchisi, muvaqqat ishlari vakili.

2010—2012 – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi kadrlar va oʻquv yurtlari boshqarmasi boʻlim boshligʻi.

2012—2015 – Oʻzbekiston Respublikasining NATO huzuridagi missiyasi maslahatchisi.

2015—2017 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.

20172021 – Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi favqulodda va muxtor elchisi[3].

2021-yil 8-apreldan 2023-yil 5-dekabrgacha – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.

2023-yildan – Oʻzbekiston Respublikasining Benilyuksdagi favqulodda va muxtor elchisi[4][5][6].