Kontent qismiga oʻtish

Gʻarbiy Gat togʻlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gʻarbiy Gat togʻlari (Hindiston), Gʻarbiy Ghota togʻlari, Sahyadri — Hindiston yarim orolidagi togʻlar. Dekan yassitogʻligining chekka gʻarbiy, baland qismi. Uzunligi 1800 km chamasida. Eng baland joyi Anaymudi choʻqqisi (2698 m). Asosan, gneys va bazalt jinslardan tuzilgan. Gʻarbiy yon bagʻri Arabiston dengiziga zinapoyalar hosil qilib tushgan, sharqiy yon bagʻri Dekan yassitogʻligi tomon pasayib boruvchi qiya tekislik. Jan, Da Nilgiri, Anaymalay, Kardamon togʻlari bor. Shimoliy qismi qirlardan iborat. Iqlimi subekvatorial, mussonli. Shamolga roʻpara yon bagʻirlarida yillik yogʻin 2000—5000 mm, sharqida 600—700 mm. Gʻarbida doim yashil sernam va barg toʻkuvchi tropik oʻrmonlar, sharqida savanna va siyrak oʻrmonlar bor. Milliy bogʻlar tashkil etilgan.