Gʻarbiy Afrikadagi Ebola virusi epidemiyasi
Gʻarbiy Afrikadagi Ebola virusi epidemiyasi (2013–2016) — Ebola gemorragik isitmasining tarixdagi eng yirik epidemiyasi. Epidemiya mintaqada, xususan, Gvineya, Liberiya hamda Syerra-Leoneda koʻplab odam halok boʻlishiga hamda ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarga sabab boʻldi. Ilk holatlar 2013-yil dekabrda Gvineyada qayd etildi, keyinroq qoʻshni Liberiya hamda Syerra-Leonega tarqaldi.[1] Epidemiya kichikroq koʻlamda boshqa hududlarga ham yoyildi. Virusni umumiy hisobda 28,616 nafar kishi yuqtirdi, ularning 11,310 nafari vafot edi. Yaʼni, virusni yuqtirganlarning 40% halok boʻldi.[2]
Virus ozroq koʻlamda Nigeriya hamda Maliga ham tarqaldi.[3][4] Senegal,[5] Buyuk Britaniya hamda Italiyada ham oz sonli holat qayd etildi.[6][7] AQSh va Ispaniyada kasallikning bemorlardan tibbiy xodimlarga yuqish holatlari kuzatildi, ammo bu mamlakatlarda virus tarqalishi oldi olindi.[8][9] Virusni yuqtirishlar soni 2014-yilning oktyabrida eng yuqori koʻrsatkichga yetdi va keng koʻlamli xalqaro kurash natijasida asta-sekin ozaya boshladi. 2016-yilning 8-mayida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hamda virus tarqalgan davlatlar hukumatlari umumiy hisobda 28,646 nafar odam virusni yuqtirgani, ularning 11,323 nafari halok boʻlgani taxmin qilinayotganini maʼlum qildi.[10] (39.5%). Ammo Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti aslida kasallikni yuqtirganlar soni bunda ancha yuqori boʻlganiga ishonadi.[11]
2014-yilning 8-avgustida epidemiya xalqaro darajadagi favqulodda holat deb eʼlon qilindi.[12] 2016-yilning 29-martida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti favqulodda vaziyatni bekor qildi.[13][14][15] Buning ortidan virusni yuqtirish holatlari kuzatildi; soʻnggi marta 2016-yilning 9-iyunida virusni yuqtirish holatlari kuzatildi. Bundan 42 kun oldin — 2016-yilning 28-aprelida Monroviyada soʻnggi bemor sinovi u tuzalganini koʻrsatgan edi.[16]
Virusni yuqtirgan taqriban 17,000 odam tirik qoldi. Ularning aksarida post-Ebola sindromi deb ataluvchi simptomlar kuzatildi. Ularning ayrimlari bir necha oy yoki yil davomida davolanishga majbur boʻldi. Virusning tuzalgan shaxs tanasida bir necha oy yoki yil „yashirinib“ olib, soʻngra uning oʻzida yoki jinsiy sherigida qayta faollashishi xavotirga sabab boʻldi.[17] 2016-yilning dekabrida Jahon sogʻliqni tashkiloti rVSV-ZEBOV vaksinasining ikki yil davom etgan sinovi virusning Gʻarbiy Afrikada tarqalgan variantidan samarali himoya qila olishini koʻrsatganini eʼlon qildi. Vaksina samarali deb topildi va ayni damda virusdan himoyalanish uchun koʻrish mumkin boʻlgan yagona choradir; shuning uchun ham vaksinaning 300 000 dozalik zaxirasi tayyorlandi.[18][19] 2019-yilda rVSV-ZEBOV vaksinasidan foydalanish uchun rasmiy ruxsat berildi.[20][21]
2021-yil mart oyi holatiga koʻra, Afrikaning ikki mamlakati — Gvineya va Kongo Demokratik Respublikalarida ebolaga chalinganlar soni 29 nafarni tashkil etib, bundan 13 nafari vafot etgan. Afrika Ittifoqi ixtisoslashtirilgan sogʻliqni saqlash agentligining ma’lum qilishicha, ushbu mamlakatlarda oʻlim darajasi 45 foizni tashkil etgan[22].
Yuqtirganlar va halok boʻlganlar soni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamlakat | Virus yuqtirganlar soni | Vafot etganlar soni | Soʻnggi marta Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan 2016-yilning 9-iyunida yangilangan |
---|---|---|---|
Liberiya | 10,675 | 4,809 | Epidemiya 2016-yil 9-iyunda tugagan [23] |
Syerra-Leone | 14,124 | 3,956 | Epidemiya 2016-yil 17-martda tugagan[24] |
Gvineya | 3,811 | 2,543 | Epidemiya 2016-yil 1-iyunda tugagan[25] |
Nigeriya | 20 | 8 | Epidemiya 2014-yil 19-oktyabrda tugagan[26][27] |
Mali | 8 | 6 | Epidemiya 2015-yil 18-yanvarda tugagan[28] |
AQSh | 4 | 1 | Epidemiya 2014-yil 21-dekabrda tugagan[29] |
Italiya | 1 | 0 | Epidemiya 2015-yil 20-iyulda tugagan[30] |
Buyuk Britaniya | 1 | 0 | Epidemiya 2015-yil 10-martda tugagan[31] |
Senegal | 1 | 0 | Epidemiya 2014-yil 17-oktyabrda tugagan 17[26] |
Ispaniya | 1 | 0 | Epidemiya 2014-yil 2-dekabrda tugagan[32] |
Umumiy hisob | 28,646 | 11,323 | 2016-yilning 8-mayidagi holat boʻyicha |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ WHO Ebola Response Team. „Ebola Virus Disease in West Africa — The First 9 Months of the Epidemic and Forward Projections“ (23-sentabr 2014-yil). Qaraldi: 23-sentabr 2014-yil.
- ↑ Wappes, Jim. „US health worker monitored as DRC Ebola nears 600 cases“ (en). CIDRAP. Qaraldi: 23-yanvar 2019-yil.
- ↑ (en) End of Ebola transmission in Guinea (Report). WHO Regional Office for Africa. https://afro.who.int/news/end-ebola-transmission-guinea. Qaraldi: 30-oktyabr 2018-yil.
- ↑ „Update: Mali confirms new case of Ebola, locks down Bamako clinic“. Reuters (12-noyabr 2014-yil). 2014-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-noyabr 2014-yil.
- ↑ (PDF) Ebola response roadmap situation report update (Report). WHO. 7-noyabr 2014-yil. http://apps.who.int/iris/bitstream/10665/137592/1/roadmapsitrep_7Nov2014_eng.pdf?ua=1. Qaraldi: 7-noyabr 2014-yil.
- ↑ (PDF) Ebola response roadmap situation report (Report). WHO. 31-dekabr 2014-yil. http://apps.who.int/ebolaweb/sitreps/20141231/20141231.pdf. Qaraldi: 1-yanvar 2015-yil. "The reported case fatality rate in the three intense-transmission countries among all cases for whom a definitive outcome is known is 71%."
- ↑ „Ebola virus disease – Italy“. WHO. Qaraldi: 28-oktyabr 2016-yil.
- ↑ „Una enfermera que atendió al misionero fallecido García Viejo, contagiada de ébola“ (Spanish) (6-oktyabr 2014-yil). Qaraldi: 6-oktyabr 2014-yil.
- ↑ (PDF) Ebola outbreak situation report (Report). WHO. 8-oktyabr 2014-yil. http://apps.who.int/iris/bitstream/10665/136020/1/roadmapsitrep_8Oct2014_eng.pdf?ua=1. Qaraldi: 15-oktyabr 2014-yil.
- ↑ Ebola virus disease (Report). World Health Organization. https://www.who.int/en/news-room/fact-sheets/detail/ebola-virus-disease. Qaraldi: 6-iyun 2019-yil.
- ↑ Meltzer, Martin I.; Atkins, Charisma Y.; Santibanez, Scott; et al. (26-sentabr 2014-yil). „Estimating the future number of cases in the Ebola epidemic – Liberia and Sierra Leone, 2014–2015“. Morbidity and Mortality Weekly Report.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Statement on the 1st meeting of the IHR Emergency Committee on the 2014 Ebola outbreak in West Africa (Report). WHO. https://www.who.int/mediacentre/news/statements/2014/ebola-20140808/en/. Qaraldi: 13-yanvar 2019-yil.
- ↑ (en-GB) WHO Director-General briefs media on outcome of Ebola Emergency Committee (Report). WHO. http://www.who.int/mediacentre/news/statements/2016/ihr-emergency-committee-ebola/en/. Qaraldi: 2-aprel 2016-yil.
- ↑ Interim advice on the sexual transmission of the Ebola virus disease (Report). WHO. http://www.who.int/reproductivehealth/topics/rtis/ebola-virus-semen/en/. Qaraldi: 28-oktyabr 2016-yil.
- ↑ WHO Director-General addresses the Executive Board (Report). WHO. http://www.who.int/dg/speeches/2016/executive-board-138/en/. Qaraldi: 27-yanvar 2016-yil.
- ↑ WHO (10-iyun 2016-yil). Situation Report Ebola (Report). WHO. http://apps.who.int/iris/bitstream/10665/208883/1/ebolasitrep_10Jun2016_eng.pdf. Qaraldi: 11-noyabr 2016-yil.
- ↑ Yasmin, Seema (29-fevral 2016-yil). „Why Ebola Survivors Struggle with New Symptoms“. Scientific American. Qaraldi: 9-sentabr 2016-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Geisbert, Thomas W. (December 2016). „First Ebola virus vaccine to protect human beings?“. The Lancet. 389-jild, № 10068. 479–480-bet. doi:10.1016/S0140-6736(16)32618-6. PMID 28017402.
- ↑ „Ebola vaccine results are encouraging – but preliminary“. PBS (23-dekabr 2016-yil).
- ↑ „Ervebo“. EMA (12-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 2-fevral 2020-yil.
- ↑ „First FDA-approved vaccine for the prevention of Ebola virus disease, marking a critical milestone in public health preparedness and response“. FDA (19-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 2-fevral 2020-yil.
- ↑ „Африкада 13 киши эболадан вафот этди“. Bugun.uz. 2021-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 7 март7.
- ↑ Brice, Makini „WHO declares Liberia free of active Ebola virus transmission“. Thomson Reuters Foundation (9-iyun 2016-yil). Qaraldi: 16-oktyabr 2016-yil.
- ↑ „Ebola Situation Report – 16-mart 2016-yil | Ebola“. World Health Organization. Qaraldi: 28-oktyabr 2016-yil.
- ↑ „End of Ebola transmission in Guinea“. WHO Regional Office for Africa (2015). Qaraldi: 9-iyun 2016-yil.
- ↑ 26,0 26,1 (PDF) Ebola Response Roadmap Situation Report (Report). WHO. 22-oktyabr 2014-yil. http://apps.who.int/iris/bitstream/10665/137091/1/roadmapsitrep22Oct2014_eng.pdf. Qaraldi: 22-oktyabr 2014-yil.
- ↑ Liberia Ebola SitRep no. 157 (Report). Liberia Ministry of Health and Social Welfare. 24-oktyabr 2014-yil. Archived from the original on 4-dekabr 2014-yil. http://webarchive.loc.gov/all/20141204105311/http://www.mohsw.gov.lr/documents/SITREP%20162%20Oct%2024th%202014_1.pdf. Qaraldi: 24-oktyabr 2014-yil.
- ↑ „Ebola situation report“ (PDF). World Health Organization (21-yanvar 2015-yil). Qaraldi: 22-yanvar 2015-yil.
- ↑ „Ebola response roadmap – Situation report 24-dekabr 2014-yil“. World Health Organization (26-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 29-dekabr 2014-yil.
- ↑ „Ebola situation report“. World Health Organization (22-iyul 2015-yil).
- ↑ United Kingdom is declared free of Ebola virus disease (Report). WHO Europe. http://www.euro.who.int/en/health-topics/emergencies/pages/news/news/2015/03/united-kingdom-is-declared-free-of-ebola-virus-disease. Qaraldi: 11-mart 2015-yil.
- ↑ „Situation summary“. World Health Organization (5-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 6-dekabr 2014-yil.