Kontent qismiga oʻtish

Gʻatafan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(G'atafandan yoʻnaltirildi)
Banu G'aṭafān
بنو غطفان
Nisba Al-Ghatafani
Joylashuv Qadimgi Arabiston
Kelib chiqishi G'atafan ibn Sa'd ibn Qays
Hukmron qabilasi Qays
Tarmoqlari
Dini Poliateizm (630-yilgacha)
Islom (630-hozirgacha)

G'aṭafan (arabcha: غطفان: غطفان) - asl kelib chiqishlari shimoli-sharqiy Madinaga borib taqaladigan Arab qabilasi. G'atafan qabilasi o'z ichida Banu Abs, Banu Dhubyan va Ashja deb nomlanga kichik qabilalarga bo'lingan. Qabila o'z davrida Muhammad (s.a.v) bilan muzokaralar olib borgan Arab qabilalaridan biri hisoblanadi. U qabila Xandaq jangida Quraysh bilan ittifoqdosh boʻlgan. [1]

Kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

G'atafan Hijoz tog'lari va [[Jabal-Shammar Amirligi|Jabal-Shammar]] amirligi orasidagi joylashgan Najd viloyatining Vadi al-Rumma hududida yashagan badaviy qabila hisoblanadi.[2] Arab geneologik tasnifiga ko'ra, qabila asoschisi G'aṭafān ibn Saʾd ibn Qays ʿAylān boʻlgan hamda kattaroq Qays qabilasining tarkibiga kirgan. G'atafan so'zining etimologiyasi yoki ma'nosi ma'lum emas. [3]

G'atafanning asosiy tarmoqlariga quyidagilar kirgan:

  • Asosan G'atafan qabilasi hududining g'arbiy qismida yashovchi Banu Ashja.[2]
  • Banu Zubyan Zubyan ibn Bag'did ibn Rays ibn G'atafanning avlodlari boʻlgan.[1] Banu Ashxa sharqidagi hududlarda yashashgan va Banu Murra, Banu Fazara va Tha'laba kabi kichik qabilalarni o'z ichiga olgan.[1][2]
  • Banu Abs, ʿAbs ibn Baghīd ibn Rays ibn G'aṭafān avlodlari bo'lib, Banu Zubyanning sharqidagi hududlarda istiqomat qilishgan.[1][2]
  • Qasim viloyatida yashovchi Anmarlar.[1][2]

Muhammad (SAV) bilan kelishmovchiliklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ular Muhammad (SAV) bilan bir necha harbiy to'qnashuvlarda ishtirok etishgan. Dastlabki to'qnashuv Di Amr [4] istilosida hijriy 3-yil, milodiy 624-yilning Sentyabr oyida Saviq egallanishidan so'ng ro'y bergan.[5][6] To'qnashuv Muhammad (SAV) buyrug'iga binoan amalga oshirilgan. Buning asosiy sababi Banu Muharrib va Banu Talaba qabilalarining Madina shahri tashqariga kutilmagan hujum uyushtirish rejasini oldini olish boʻlgan. Shuning uchun Muhammad (SAV) 450 nafar askar yordamida qaqshatqich qarshi hujum tashkillagan.[7]

Ular ishtirok etgan yana bir nizo Dat al-Riqo ekspeditsiyasi boʻlgan. Bu to'qnashuvga sabab Dat al-Riqo qabilasining shubhali yig'ini haqidagi xabarning Muhammad (SAV)ga yetib kelishi boʻlgan.[8]

So'ngra Dumatul Jandal Istilosi ro'y berdi. Muhammad (SAV) o'z odamlariga Dumani bosib olishni buyurdi, chunki Muhammad (SAV) u yerda ba'zi qabilalar o'g'irlik va talonchilik bilan shug'ullanayotgani, hattoki Madinaning o'ziga ham hujum qilishga tayyorgarlik ko'rayotganliklari haqida ma'lumot olgan edi.[9] Bu hodisa 626-yil iyul oyida sodir boʻlgan.[10]

  • Nuaym ibn Masud[11]
  • Banu Abs
  • Bani Rasheed
  • Rashaida xalqi
  • Mutayr

Shuningdek qarang

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. The Meaning of the Qur'an (tafsir) by Maududi on MSA West Compendium of Muslim Texts
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Fück, p. 1023.
  3. Fück, p. 1024.
  4. Strauch, Sameh (2006), Biography of the Prophet, Darussalam Publications, 472-bet, ISBN 978-9960-9803-2-4
  5. Tabari, Al (2008), The foundation of the community, State University of New York Press, 100-bet, ISBN 978-0-88706-344-2
  6. Watt, W. Montgomery. Muhammad at Medina. Oxford University Press, 1956 — 17-bet. ISBN 978-0-19-577307-1.  (free online)
  7. Mubarakpuri, Saifur Rahman Al (2005), The sealed nectar: biography of the Noble Prophet, Darussalam Publications, 286–287-bet, ISBN 978-9960-899-55-8
  8. {{Citation |last=Rahman al-Mubarakpuri |first=Saifur |title=The Sealed Nectar |url=https://books.google.com/books?id=-ppPqzawIrIC&pg=PA192 |page=192 |year=2005 |publisher=Darussalam Publications |isbn=9798694145923}}
  9. Mubarakpuri, The Sealed Nectar, pp. 193-194. (online)
  10. Muir, William (August 1878), The life of Mahomet, Smith, Elder & Co, 225–226-bet
  11. Muhammad and the Course of Islam By H. M. Balyuzi. p.97.

Bibliografiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Foydalanilgan manbaalar