Fujayra
Qiyofa
Fujayra — Birlashgan Arab Amirliklaridagi shahar, Fujayra amirligining maʼmuriy markazi.
Aholisi soni 54 ming (2003-yil maʼlumoti). Aholisi soni boʻyicha BAAning 7-shahri hisoblanadi.
Oman koʻrfazi boʻyida joylashgan Fujayra — koʻchalari keng va katta, oʻzi uncha katta boʻlmagan zamonaviy shaharchadir. Tarixiy obidalari orasida 1670-yilda qurilgan yarim xaroba Fujayra qoʻrgʻoni (fort) alohida ajralib turadi.
Shaharda dengiz porti va xalqaro aeroport bor.
![]() | Geografiyaga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |