Frederick Turner
Frederick Turner | |
---|---|
Tavalludi |
19-noyabr 1943-yil |
Kasbi | shoir |
Ijod qilgan tillari | ingliz tili |
Fuqaroligi | AQSh |
Alma mater | Oxford universiteti |
Ota-onasi | Victor Turner va Edith Turner |
Veb-sayti | |
frederickturnerpoet.com |
Frederick Turner (1943-yil 19-noyabr; Northamptonshire, Angliya) — ingliz-amerikalik shoir, New Formalism deb ataluvchi adabiy oqimning namoyondalaridan biri. „The New World“ va „Genesis“ nomli ilmiy fantastik va epik sheʼrlar, koʻplab asarlar, badiiy tarjima va poeziyaga oid bir qancha kitoblar muallifi. Uni koʻpchilik adabiyot muxlislari zamonasining buyuk shoiri deb atashgan[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Frederick Turner Angliyaning Northamptonshire grafligida tugʻilgan. Uning otasi madaniy antropolog Victor Witter Turner va onasi Angliyalik antropologist Edith Turner. Turnerlar oilada beshta farzand boʻlgan[2]. Akalaridan biri Robert Turner olim, ikkinchisi Rory Turner esa antropologist edi. Rory Turner AQSHning Maryland shtatiga qarashli Towson shaharchasidagi Goucher kollejida dars beradi.
Turner William Baerga bergan intervyusida shunday deydi: „Aslida otamda bolaligidan shoir boʻlish orzusi boʻlgan. Ammo oilani tebratish va uning moddiyatini oʻylab antropologiya sohasini tanlagan. Otam menga kelajakda shoir boʻlishim kerakligini aytardi. Chunki uning oʻzi butun umr shoir boʻlishni xohlagan“[3] .
Afrikadagi bolalik yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1952-yilda Turnerning otasi Rhodes-Livingstone institutidan Shimoliy Rodeziyaning Sharqiy Ndembu aholisini oʻrganish boʻyicha shartnoma asosidagi topshiriqni qabul qilgan. William Baer bilan suhbatlashar ekan, Turner sayohatni shunday eslaydi: „...Okeanda kechgan bir haftamiz ajoyib boʻlgan edi. Kemamiz Atlantika okeani boʻylab suzib oʻtar ekan, sayohat davomida Vozneseniye oroli va boshqa diqqatingni jalb etuvchi narsalarni koʻrib hayratlanasan kishi“[4].
Turner ushbu sayohat haqida shunday deydi: „Afrikada biz asosan turli xil oʻt-oʻlanlardan qilingan kulbalarda yashar edik. Bu kulbalar ajoyib edi. Ulardan tutun aralash pichan hidi kelardi. Biz vaqti-vaqti bilan har xil ashyolarimizni yuk mashinasiga ortib, Mwinilunga nomli bir nechta doʻkonlardan iborat kichik savdo markaziga sotardik. Shuningdek, oʻzimiz ham mahalliy aholidan turli xildagi hayvonlarning goʻshtlarini, ayniqsa echki va antilopa goʻshtlarini sotib olardik“[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Golden, Gayle. „Universal Poet: Frederick Turner is shaking the literary world with his ideas about mankind's rightful place in the cosmos“. The Dallas Morning News (1990-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 6-iyul.
- ↑ O'Sullivan, Gerry; Pletsch, Carl. „Save Export Email Print Cite Inventing arcadia: an interview with Frederick Turner“. The Humanist (1993-yil 1-noyabr). 2019-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-iyul.
- ↑ William Baer (2016), Thirteen on Form: Conversations with Poets, page 185.
- ↑ 4,0 4,1 William Baer (2016), Thirteen on Form: Conversations with Poets, page 184.