František Rajtoral
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 12-mart 1986-yil | ||
Tavallud joyi | Příbram, Chexoslovakiya | ||
Vafot sanasi | 23-aprel, 2017-yil | ||
Vafot joyi | Gaziantep, Turkiya | ||
Boʻyi | 1.80 m | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi, himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1992—1994 | Kovohutě Příbram | ||
1994—2004 | Marila Příbram | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2004—2005 | Marila Příbram | 15 | (1) |
2005—2009 | Baník Ostrava | 100 | (12) |
2009—2016 | Viktoria Plzeň | 168 | (19) |
2014 | → Hannover 96 (ijara) | 7 | (0) |
2016—2017 | Gaziantepspor | 12 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2004 | Chexiya U18 | 5 | (0) |
2004—2005 | Chexiya U19 | 10 | (1) |
2006—2008 | Chexiya U21 | 15 | (1) |
2012—2014 | Chexiya | 14 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
František Rajtoral (talaffuzi: Frantishek Raytoral; 1986-yil 12-mart — taxminan 2017-yil 23-aprel[1]) — yarim himoaychi yoki oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynagan chexiyalik professional futbolchi. Viktoria Plzeňdagi faoliyati bilan mashhur edi. Chexiya terma jamoasi aʼzosi boʻlgan
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilk faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rajtoral bir mavsum „Pribram“da oʻynagan va 2005-yilda FC Baník Ostravaga uch yillik shartnoma asosida qoʻshilgan[2][3]. 2005—2006-yillardagi UEFA kubogida Ostravada oʻynab, Yevropa musobaqalarida debyut qilgan[2].
Viktoria Plzeň
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yilda Viktoria Plzeňga qoʻshildi[4].
Rajtoral 2010-yilda Chexiya Superkubogining ilk uchrashuvida Praganing Sparta klubiga qarshi oʻynagan, chetlatilgan ikki futbolchidan biri boʻldi va jamoasi oʻyinda magʻlubiyatga uchradi[5]. 2010—2011-yilgi mavsumdagi ilk golini 2010-yil oktabr oyida Mladá Boleslavga qarshi o‘yinda urgan, biroq jamoasi o‘yinda 4:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan[6].
Rajtoral 2011-yilgi Chexiya Superkubogi bahslarida Plzeň safida oʻynadi, klub Mladá Boleslavga qarshi penaltilar seriyasida gʻalaba qozondi[7].
Hannover 96
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yilning yanvarida Rajtoral Germaniya Bundesligasining Hannover 96 klubiga yarim mavsumlik ijara asosida qoʻshildi[8]. Yangi mavsum boshlanishida Plzeňga qaytdi.
Rajtoral Gaziantepsporga 2016-yil avgust oyida kelib qo‘shidi. 2017-yil 23-aprel kuni ertalab jamoasi bilan mashg‘ulotga kelmaganidan so‘ng Turkiyaning Gaziantep shahridagi uyida o‘lik holda topilgan. Qoʻshnilari kvartirasining eshigi ichkaridan qulflanganligini koʻrib, hech qanday javob olmaganidan xavotirlanib mahalliy hokimiyatga murojaat qilishdi. Tekshiruvdan soʻng mahalliy hokimiyat Rajtoral osish orqali oʻz joniga qasd qilganini maʼlum qildi[9].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rajtoral 2007-yilda 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Oʻz milliy terma jamoasining turnirdagi uchta oʻyinidan barchasida maydonga tushgan[2].
2012-yil 29-fevralda Irlandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida milliy terma jamoa safida debyut qilgan, o‘yin 1:1 hisobida yakunlangan[2]. 2012-yilning may oyida oʻz mamlakatining Yevro-2012 turniri uchun 23 nafar futbolchidan iborat tarkibiga kiritildi[10].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Qitʼa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Marila Příbram | 2004—2005 | Chexiya birinchi ligasi | 15 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 15 | 1 |
Baník Ostrava | 2005—2006 | Chexiya birinchi ligasi | 26 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 26 | 0 |
2006—2007 | 26 | 8 | 0 | 0 | 0 | 0 | 26 | 8 | ||
2007—2008 | 25 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 25 | 3 | ||
2008—2009 | 23 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 23 | 1 | ||
Jami | 100 | 12 | 0 | 0 | 0 | 0 | 100 | 12 | ||
Viktoria Plzeň | 2009—2010 | Chexiya birinchi ligasi | 27 | 3 | 5 | 0 | 0 | 0 | 32 | 3 |
2010—2011 | 27 | 3 | 5 | 0 | 2 | 0 | 34 | 3 | ||
2011—2012 | 29 | 2 | 2 | 0 | 14 | 1 | 45 | 3 | ||
2012—2013 | 28 | 3 | 2 | 0 | 16 | 3 | 46 | 6 | ||
2013—2014 | 16 | 3 | 1 | 0 | 12 | 2 | 29 | 5 | ||
Jami | 127 | 14 | 15 | 0 | 44 | 6 | 186 | 20 | ||
Hannover 96 | 2013—2014 | Bundesliga | 7 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 7 | 0 |
Viktoria Plzeň | 2014—2015 | Chexiya birinchi ligasi | 16 | 4 | 4 | 1 | 0 | 0 | 20 | 4 |
2015—2016 | 22 | 1 | 7 | 0 | 9 | 0 | 38 | 1 | ||
2016—2017 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | ||
Jami | 41 | 5 | 11 | 1 | 9 | 0 | 61 | 6 | ||
Gaziantepspor | 2016—2017 | Süper Lig | 12 | 0 | 7 | 0 | 0 | 0 | 19 | 0 |
Jami faoliyati | 302 | 32 | 33 | 1 | 53 | 6 | 388 | 39 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Chexiya kubogi: 2010[11]
- Gambrinus liga: 2010—2011, 2012—2013, 2014—2015, 2015—2016[11]
- Chexiya Superkubogi: 2011, 2015[11]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Former Czech Republic international Frantisek Rajtoral found dead after 'committing suicide'“. The Telegraph.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „František Rajtoral“. UEFA (2012-yil 22-may). Qaraldi: 2014-yil 6-may.
- ↑ „Nováčci zatím v Ostravě bloudí“ (cs). Mladá fronta DNES (2005-yil 14-iyul). Qaraldi: 2014-yil 6-may.
- ↑ Vacek, Václav. „Do Viktorie míří Rajtoral, do Baníku se vrací Varadi“ (cs). Deník (2009-yil 29-iyun). Qaraldi: 2014-yil 6-may.
- ↑ „Superpohár měl dva vyloučené. Řepka s Rajtoralem za to budou pykat v lize“ (cs). Mladá fronta DNES (2010-yil 8-iyul). Qaraldi: 2014-yil 6-may.
- ↑ „Dostat čtyři góly? To je moc, věděl po prohře plzeňský obránce Rajtoral“ (cs). Mladá fronta DNES (2010-yil 24-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 6-may.
- ↑ „Mistrovská Plzeň získala Superpohár, Boleslav zdolala po penaltách“ (cs). Mladá fronta DNES (2011-yil 22-iyul). Qaraldi: 2014-yil 6-may.
- ↑ „Football: Plzeň's Rajtoral sent to Hannover on loan“. Radio Prague (2014-yil 30-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 6-may.
- ↑ „Gaziantepspor's Czech striker Rajtoral commits suicide by hanging“. DailySabah. Qaraldi: 2017-yil 23-aprel.
- ↑ „Euro 2012: Injured midfielder Tomas Rosicky in Czech squad“. BBC Sport (2012-yil 29-may). Qaraldi: 2014-yil 6-may.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 „F. Rajtoral“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 24-aprel.