François Quesnay
François Quesnay | |
---|---|
Tavalludi |
4-iyun 1694-yil Méré (Versailles yaqinida) |
Vafoti |
16-dekabr 1774-yil (80 yoshda) Versailles |
Fuqaroligi | Fransiya |
Millati | Fransuz |
Koʻrsatgan taʼsirlari | Buddha, Confucius, Lao Tzu, Sun Tzu, Jean-Baptiste Colbert, Cantillon |
Olgan taʼsirlari | Turgot, Manuel Belgrano, Henry George, Benjamin Franklin, Pierre Samuel du Pont de Nemours, Adam Smith |
François Quesnay (Fransuzcha: [fʁɑ̃swa kɛnɛ]; 4-iyun 1694 – 16-dekabr 1774) — fransuz iqtisodchisi hamda fiziokratlar maktabi asoschisi.[1] Tibbiyot davriri (1744), qirol Louis XV saroyida saroy vrachi boʻlgan. Tibbiyot va biologiyaga oid asarlar yaratgan. 60 yoshida bevosita iqtisodiyot muammolari bilan shugʻullandi. Shuningdek, Quesnay 1758-yilda asosiy va eng muhim asari Tableau économique (Iqtisodiy jadval) ni chop etadi.
Ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quesnayning don narxlari va soliqlarga bagʻishlangan dastlabki iqtisodiy maqolalari ("Fermerlar", "Don", "Soliqlar") D. Didro ensiklopediyasida bosilib chiqqan. Bu maqolalarda u Fransiya qishloq xoʻjaligi va Louis XV iqtisodiy siyosatining ziddiyatlarini koʻrsatib beradi hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etish va yuritish usullarini oʻzgartirish gʻoyasini olgʻa suradi. U oʻzining iqtisodiy dasturini keng umumlashtirilgan tarzda "Dehqonchilik davlati iqtisodiy siyosatining umumiy prinsiplari va ular toʻgʻrisidagi mulohazalar" (1758) asarida bayon qiladi. Bu asarida yer boylikning yagona manbai degan oʻzining asosiy gʻoyasini asoslaydi. "Xitoy despotizmi" asarida harajatlardan tashqari (chegirib) yaratilgan yangi boylik ("sof mahsulot") toʻgʻrisida fiziokratik taʼlimotni yaratadi. "Savdo toʻgʻrisida" asarida (1765) merkantilizm maktabi qarashlarini tanqid qilib, boylikning savdoda, ayirboshlash jarayonida vujudga kelmasligini asoslaydi.
Quesnay 1758-yilda asosiy va eng muhim asari — Tableau économique (Iqtisodiy jadval) ni chop etib, takror i.ch. nazariyasiga asos soldi. Ushbu jadvalda jamiyat 3 sinfga: yer egalari (hech narsa yaratmaydigan sinf); mulkdor sanoatchilar; ishlab chiqaruvchi dehqon (fermer)lar sinfiga boʻlinadi. Shuningdek, xalq xoʻjaligi qishloq xoʻjaligidan va bu soha mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoatdan iborat deb qaraladi, qishloq xoʻjaligida yaratilgan maqsulot sanoatda qayta ishlanadi va ular jamiyatdagi sinflar oʻrtasida qayta taqsimlanadi, isteʼmol qilinadi. "Sof mahsulot" faqat qishloq xoʻjaligida yaratiladi va jamiyatdagi sinflar oʻrtasida taqsimlanadi. Ushbu jadvalda birinchi marta makroiqtisodiyot darajasida natural, tovar shaklidagi moddiy neʼmatlar va pul daromadlari oqimi tahlil qilingan. Quesnayning yana bir xizmati iqtisodiy tahlilning jadval usulini yaratganligi hisoblanadi. Quesnay oʻz tadqiqotlarida "tabiiy tartib" konsepsiyasi (erkin savdo, narx, rakrbat, xususiy mulk, kapitalistik tizim)ga asoslanadi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Razzoqov A. va b., Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi, T., 1997; Anikin A.V., Yunost nauki. Jizn i idei misliteley-ekonomistov do Marksa, M., 1979.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Cutler J. Cleveland, "Biophysical economics", Encyclopedia of Earth, Last updated: 14-sentabr 2006-yil.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Le Despotisme de la Chine (1767) by François Quesnay, hosted on the University of Massachusetts website
- François Quesnay (1694–1774), 2nd, Library of Economics and Liberty, Liberty Fund, 2008.
- François Quesnay (Jun 1766). „Analyse de la formule arithmétique du tableau économiqueu de la distribution des dépenses annuelles d'une Nation agricole“. Journal de l'Agriculture, du Commerce et des Finances. 2-jild, № 3. 11–41-bet.