Fiziokratizm
Fiziokratizm — (fransuzcha: Physiocratie; yunonchadan tarjima qilganda „hokimiyat tabiati“ maʼnosini beradi), 18-srdagi fransuz iqtisodchilari hamda klassik siyosiy iqtisod vakillaridir. Fiziokratlar maktabi Fransiyada feodalizmdan kapitalizmga oʻtish davrida vujudga keldi.[1] Bu tasodifiy hol emas edi. Oʻsha davrda Fransiyada manufaktura ancha rivojlangan boʻlsada, ammo mamlakat hali ham agrar holatda edi. Aholining asosiy qismi qishloqlarda yashar, milliy boylikning 2/3 qismi shu sohada yuzaga keltirilar edi. Qishloq xoʻjaligi ahvolini yaxshilash tadbirlari fiziokratlar tadqiqotlarining asosini tashkil etadi. Ular qishloq xoʻjaligini iqtisodiyotning yagona unumli sohasi deb hisobladilar. Ularning fikricha, boylik faqat qishloq xoʻjaligida yaratiladi, sanoat va savdoda esa u qayta ishlanadi va qayta taqsimlanadi, xolos.
Ilk fizioktratlar maktabining asoschisi fransuz demokratisti François Quesnay (1694–1774) hisoblanadi.[2] Uning 17-asrda Parijning kichik bir nashriyotida chop etilgan „Tableau économique“ (Iqtisodiy jadvallar) kitobi orqali ushbu fiziokrat maqomida atalgan birinchi insonlardan biri sanaladi.[3] Uning kitobida keltirilishcha xalq boyligining manbasi va mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi bu aholining qishloqxoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqarishiga bogʻliq deb hisoblanilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „physiocrat“. Oxford Dictionaries. Oxford University Press. 2014-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 27-oktyabr.
- ↑ Steiner (2003), pp. 61–62
- ↑ Henry William Spiegel (1983) The Growth of Economic Thought, Revised and Expanded Edition, Duke University Press. pp. 189, 195–96
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- The Physiocrats - In Our Time - BBC Radio 4, 2013