Foydalanuvchi munozarasi:Xojamiyarova Nadira
Tez boshlash uchun qoʻllanma | Vikipediyaga xush kelibsiz, Xojamiyarova Nadira! |
Birinchi qadam | Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.
Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang. Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda ( Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz. Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling. Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin. Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin. Va yana bir marotaba, xush kelibsiz! Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
|
Maqolalarni nomlash | |
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar | |
Qoida va koʻrsatmalar | |
Tasvirlar bilan bezash | |
Mualliflik huquqlari | |
Glossariy |
--Ximik1991Bot (munozara) 15:14, 14-Dekabr 2015 (UTC)
Xurmatli xamkasabalar ochik darsimni e'tiborlaringizga xavola etaman.
Dars 2-chi sinf o'quvchilariga mo’ljallangan.
Fan - Ona tili.
Kalendar tematik rejaga ko’ra dars mavzusi - "Ким? нима? сурокларига жавоб булган сузлар".
Davlat ta'lim andozasi maktab dirеktorii tmonidan tasdiklangan tеmatik rеjaning 2 sinf «Ona tili» darsligining «Narsa va shaxs nomini bildirgan suzlar» bulimii, 3 chorak, 12 dars.
Darsning maqsad va vazifalari/ kutilayotgan narijalari:
• Ta'limiy. Uquvchilar kim? nima? so'roqlariga javob bo'ladigan so'zlarni bir-biridan farqini anglaydi. Og'zaki va yozma nutqda shaxs va narsalarning nomlarini to'g'ri qo'llay oladi. • Tarbiyaviy. Shaxs va narsalarga munosabat bildiradi. • Rivojlantiruvchi.
Uquvchilar kim? nima? so'roqlariga javob bo'ladigan so'zlarni og'zaki va yozma nutqda farqlab to'gri ishlatish kunikmasi rivojlanadi.
Dars uchun zarur bo’lgan manbalar tavsifi: plakatlar; diafilmlar; prezentatsiyalar; elektron resurslar; flipchartlar; qog’oz Plakat, elektron resurs, qog'oz, bo'r.
Internetdagi manzilni va faqat ushbu dars uchun zarur materiallarni ko’rsatgan holda ularni o’z ichiga olgan veb manbalar tavsifi
http://www.samdu.uz/files/web/napr/filologiya/uzbektili/html/
Ushbu saytda «O'zbеk tili» bo'yicha nazariy matеriallarni o'rganib darsimga tayyorgarlik ko'rdim.
LEKSIKOLOGIYA. O‘ZBEK TILINING LUG‘AT BOYLIGI. SO‘Z. ATAMA. IBORA.SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI. SINONIMLAR. OMONIMLAR. ANTONIMLAR. PARONIMLAR.
Leksikologiya. Tilshunoslikning leksikologiya bo‘limi tilning lug‘at tarkibini o‘rganuvchi soha hisoblanadi. Tilda mavjud bo‘lgan barcha so‘zlarning yig‘indisi lug‘at tarkibini tashkil etadi. Lug‘at tarkibi shu tilda so‘zlashuvchi xalqning ijtimoiy tarixi, moddiy va ma’naviy madaniyati tarixi bilan, qisqa qilib aytganda, lug‘at tarkibi shu xalqning butun hayoti bilan to‘la bog‘langan bo‘ladi.
So‘z. So‘z tushunchalarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Tushunchalar esa so‘zlar orqaligina moddiy xususiyat kasb etadi. So‘z oddiy tushuncha nomini ifodalashdan tashqari, kishining anglatayotgan narsa yoki hodisaga nisbatan bo‘lgan ijobiy yoxud salbiy munosabatini ham ifodalaydi. Bir tushunchani ifodalovchi bet, yuz, chehra, jamol, ruxsor, uzor, diydor, oraz, bashara, turq, aft, angor so‘zlari o‘zining ijobiy yoki salbiy ma’no qirralari bilan bir-biridan farqlanadi. Demak, so‘z tovush yoki tovushlardan tashkil topib, biror ma’no bildiruvchi nutq birligidir.
So‘zlar bir yoki birdan ortiq ma’nolarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, yer so‘zi planeta, uning quruqlik qismi, planeta qobig‘ining sirtqi qatlami, ekin ekiladigan maydon, joy, biror mamlakatga tegishli hudud, masofa, biror narsaning bo‘lagi, ish joyi kabi o‘ndan ortiq ma’nolarga ega bo‘lsa, chuvalchang yoki chumchuq so‘zlari bir ma’nolidir.
Atama. Ilm-fan, adabiyot, san’at, texnika, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarga oid ma’lum tushunchani ifodalovchi so‘z yoki so‘z birikmasi atama deb yuritiladi. Atamalar, asosan, bir tushuncha – bir ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladi. Chunki fanda bir atama bilan bir necha ma’nolarni ifodalash ijobiy hol sanalmaydi. Ammo ma’lum bir soha uchun atama bo‘lgan so‘z o‘sha doiradan tashqarida boshqa ma’nolarda ham qo‘llanaverishi mumkin. Masalan: ega, kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol, ot, sifat, son, fe’l, ravish va hokazo.
Ibora. Ikki va undan ortiq so‘zlardan tarkib topgan va umumiy bir ma’noni anglatadigan til birligiga ibora yoki frazeologizm deyiladi. Har bir tilning lug‘at boyligini leksik birliklar – so‘zlar bilan bir qatorda, iboralar ham tashkil etadi. Iboralar ham so‘zlar kabi yaxlit bir ma’no bildiradi. Biroq so‘z va ibora anglatgan ma’nolar bir-biriga teng kelmaydi. Chunki iboralar ko‘chma ma’noga asoslanganligi uchun ular anglatgan ma’noda bo‘yoqdorlik, obrazlilik, his-hayajon ifodalash kuchliroqdir. Masalan: xursand – og‘zi qulog‘ida; yo‘qotmoq – yer bilan yakson qilmoq; qo‘rqoq – chumchuq pir etsa, yuragi shir etadigan... . Iboralar ham gapda so‘zlar kabi bitta gap bo‘lagi vazifasida keladi hamda har doim so‘zlar kabi nutqqa tayyor holda kiritiladi. Masalan: U qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan yigit.
Ushbu darsda o’rganiladigan yangi tushunchalar va atamalar: Bigob – daraxt kovagi. Tunaydilar – uxlaydilar.
Bosqichlar va vaqt ko’rsatilgan holda dars sxemasi. Dars sxemasi quyidagi bandlarni o’z ichiga olishi mumkin: kirish, mavzuni o’rganish (o’qituvchining bergan ma’lumoti va o’quvchilarning mustaqil ishlashi), baholash, xulosa, uy vazifasi
1. Кириш. «Аклий хужум». – 3 дакика. 2. Мавзуни урганиш. – 10 дакика. 3. Мустакил иш. – 23 дакика. 4. Кувнок дакика. – 3 дакика. 5. Бахолаш. – 2 дакика. 6. Хулоса. – 2 дакика. 7. Уй вазифаси. - 2 дакика.
Dars yangi materialini va uning interfaol qismini bayon qilgan dars konspekti:
Синфхонадаги парталар гурухларда ишлаш учун мулжаллаб жойлаштирилган.
Кириш. «Аклий хужум». Укитувчи укувчиларга Янги мавзуда кириш максадида саволлар билан мурожаат килади: Укитувчи: Шахс – бу кандай маънони билдиради. Жавоб: Шахс – кишиларни билдиради. Укитувчи: Шахс номини билдирган сузларни айтинг. Жавоб: Турли мисоллар (укувчи, бола, урток ва х.к.). Укитувчи: Бу каби сузлар кайси сурокларга жавоб булади? Жавоб: Ким? Укитувчи: Нарсалар номини айтинг. Жавоб: Турлича. Масалан, олма, парта, дераза. Укитувчи: Бу сиз айтган сузларга кандай суроклар бериш мумкин? Жавоб: Нима? Укитувчи: «Балли сизлага!»
Демак шахс – бу инсон. Она тилида факат кишиларнинг номларига Ким? суроги берилади. Масалан: олим, укитувчи, ишчи. Нарсалар, жониворлар эса Нима? сурокларига жавоб булади. Масалан: тулки, тош, ойна. Гапларда баъзи сузлар хам ким? ёки нима? сурокларига жавоб булади? Гапдаги сузлар суроклар ёрдамида аникланади. Масалан: Укувчи китоб укиди. (Ким?) китоб укиди? (Укувчи). Укувчи (нима?) китоб укиди?
1- интерфаол уйини: «Тугрисини топ». Бу уйин укувчи диккатини оширади. Сузлар ва гаплар ёзилган когозлардан гурухларга тугри ажрата билиш лозим ва хаттахтадаги когозда жойлаштирадилар. Масалан: «Китоб», «Укувчи китоб укиди», «Харф», «Бахор келди», «Шамол», «Далада хосил мол» ва х. к. Икки укувчидан навбатма-навбат гурухларга ажратадилар ва чакконгина жойлаштирадилар. Олинган жавоблар умумлаштирилади ва укувчилар рагбатлантирилади.
Мустакил иш.
Дарслик билан ишлаш. Дарсликдаги 62 бетдаги 178 машкнинг шартини бир укувчи укиб беради. Укинг! Гапларнинг чегарасини аникланг. кечки пайт оиламиз аъзолари йигилишади отам молларга ем берадилар онам кечки овкат тайёрлайдилар опам кичик укамга карайдилар Матнда сарлавха танланг ва уни кучиринг. Ким? сурогига жавоб булган сузларнинг тагига чизинг. Бу машк мустакил иш сифатида 4 гурухга булинган аъзоларига топширилади. 1 гурух - Билимдон. 2 гурух – Зукколар. 3 гурух – Чакконлар. 4 гурух – Эпчиллар деб номланади.
Хаттахтада плакат осилган. 4 гурух аъзоларига маълум рангли когозлардан киркилган шакллар берилади. Топширик: Хар бир гурух машкдаги биттадан гапни чегарасини аниклаб, шакл оркасига ёзиш. 1-гурух: Кечки пайт оиламиз аъзолари йигилишади. 2-гурух: Отам молларга ем берадилар. 3-гурух: Онам кечки овкат тайёрлайдилар. 4-гурух: Опам кичик укамга карайдилар.
Шартлар тугри бажарилганлигига караб тахлил килинади ва хаттахтада тартиб билан гаплар кучирилади. Бу матнда «Оиламиз» сарлавхаси куйилади. Ким? сурогига жавоб булган сузлар аникланади ва тахлил килинади. Нега бу сузлар Ким? сурогига жавоб булади? Чунки бу шахс номини билдиради. Гурухларнинг тез ват угри бажарганликларига караб рагбатлантирувчи «доирачалар» такдим этилади. Кизил доирача – 5 балл. Яшил доирача – 4 балл. Ок доирача – 3 балл. Кувнок дакика. «Карсакни эшит уйини». Бир марта карсак чалганда болалар «мажнунтол» холатига кирадилар (куллар ён томонга букилган). Икки марта карсак чалганда «курбака» холатига (оёклар ораси очик, утирган, куллар оёклар орасида ерга таянган холда). Уч карсак чалганда «Турна» холатига (тик турган, бир оёк кутарилган) кирадилар. Бу машк 2-3 марта такрорланади. Адашган укувчи уйиндан чикади.
179 машк эшшитирилади.
Нималар? сурогига жавоб булган сузларни аникланг. Кушлар каерда тунайдилар. Каргалар богларда ва дарахтзорларда тунайдилар. Читтаклар бигобнинг тоза жойида бекиниб оладилар. Каргурлар кор тагига шунгийдилар. Бу кушлар кор инларида ухлайдилар. Иккита гапни кучиринг. Гап нималар хакида айтилганини билдирган сузнинг тагига чизинг. Машкда учраган «тунайдилар» сузининг маъноси ухлайдилар,»бигоб» дарахт коваги. Бу машкдаги 4та гап 4 гурухга булинади. 1 гурух. Каргалар богларда ва дарахтзорларда тунайдилар. (нималар?) каргалар. 2 гурух.Читтаклар бигобнинг тоза жойида бекиниб оладилар. (нималар?) читтаклар 3 гурух. Каргурлар кор тагига шунгийдилар. (нималар?) каргурлар. 4 гурух.Бу кушлар кор инларида ухлайдилар. (нималар?) кушлар.
Шартни огзаки бажаргандан сунг, ихтиёрий 2та гап кучирилади. Гапларни тугри тахлил килган гурухлар рагбатлантирилади. Хулоса сифатида кушлар тугрисида сухбат утказилади. - Кушларни нега бизнинг дустимиз деймиз? - Бу дустлар кишда кандай ахволда буладилар? - Канотли дутсларга кандай ёрдам курсатишимиз лозим? - Кушларнинг душмани нима? - Сиз кандай гамхурлик килгансиз? Жавоблар умумлаштирилади.
«Дебат» тест суровлари хар бир гурухга берилади. 1-гурух – Гап нималардан тузилади? a) Суз; b) харф; c) товуш. 2-гурух – Ким беморни даволайди? a) Бола ; b) Шифокор; c) укитувчи. 3-гурух – Мевани топ? a) Макка; b) Тарвуз; c) Анор. 4-гурух – Кошик кандай суровга жавоб булади? a) Ким? b) Нима? c) Кани?
Тестлар бажарилгандан сунг гурухларга текшириш учун алмаштирилади. Гурухлар тест жавобларини текшириб фикрларини билдирадилар. Гурухлар рагбатлантирилади.
Хулоса. Дарс давомида уйинлар оркали шахс ва нарсаларнинг номлари, уларнинг сурокларини янада купрок билиб олдингиз хаттахтада сиз узингиз кунгабокар шаклини ясадингиз, бу яхши. Уй вазифаси. 180 машк.
Жониворларни химия килиш
[manbasini tahrirlash]Яхши 159.69.181.177 16:18, 16-Fevral 2022 (UTC)