Foydalanuvchi munozarasi:Sociologist/Test/01
Stalingrad jangi — ikkinchi jahon urushi davridagi eng yirik janglardan biri. Stalingrad atrofi va shahar ichidagi mudofaa janglarida Stalingrad, Janubiy Sharqiy va Don frontlarining sovet qoʻshinlari qattiq qarshilik koʻrsatib, nemis fashistlarining 6 dala va 4 tank armiyalari hujumini toʻxtatdi. Moslashtirilgan iqtibos, OʻzMEdan
|
Stalingrad jangi (17 iyul 1942 — 2 fevral 1943) — bu Ikkinchi jahon urushi davomida sovet qoʻshinlarining Stalingrad (hozirgi Volgograd) shahrini himoya qilishga qaratilgan jang harakatlari boʻlib, Don va Volga daryolari orasida olib borilgan toʻqnashuvlar natijasida nemis qoʻshinlarining katta guruhi tor-mor keltirilgan.
Stalingrad jangi Ikkinchi jahon urushi davomida quruqlikda olib borilgan eng katta jang boʻldi. U urush kechishida keskin oʻzgarishlarga olib kelgan janglardan biri (Kursk jangi bilan bir qatorda) boʻldi va uning natijasida nemis qoʻshinlari urushdagi strategik tashabbusni batamom qoʻldan chiqarishdi. Jang vermaxt tomonidan Volga daryosining Stalingrad atrofidagi oʻng sohilini va shaharni oʻzini zabt etishga urinishlaridan, Qizil armiya va vermaxtning shahardagi toʻqnashuvidan va Qizil armiyaning qarshi hujumi (Uran operatsiyasi)dan iboratdir. Ularning natijasida fashistlar Germaniyasining 6-armiyasi va shahar ichi va tashidagi boshqa ittifoq qoʻshinlari oʻrab olinib, qisman yoʻqotilgan, qisman esa asirga olingan.
Taxminiy hisoblarga koʻra yoʻqotishlar har ikki tomondan jami 2 milliondan ortiq odamni tashkil etgan. Oʻq davlatlari ushbu jang davomida ancha koʻp odam va qurollaridan ayrilishdi va magʻlubiyat taʼsiridan oʻzini keyinchalik ham oʻnglay olishmadi. Sovet Ittifoqi uchun ushbu gʻalaba «bosqinchilarni sovet yerlaridan yoppasiga quvishning boshlanishi» edi.
Foydalanuvchi:Sociologist/Test/01 haqida munozara boshlang
Munozara sahifalarida foydalanuvchilar Vikipediya maqolalarini yaxshilash bilan bogʻliq masalalarni muhokama qilishlari mumkin. Foydalanuvchi:Sociologist/Test/01 sahifasini qanday qilib yaxshilash borasida muhokama boshlash uchun ushbu sahifadan foydalanishingiz mumkin.