Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:S(uz)ak

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, S(uz)ak!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

--Mirzoulug'bek (munozara) 18:32, 15-Noyabr 2014 (UTC)

Skype konferensiya

[manbasini tahrirlash]

Salom, S.Abdukakharov! Oʻzbekcha Vikipediyaga qoʻshayotgan salmoqli hissangiz uchun katta rahmat! Bizda vikipediyachilar uchun yaxshi bir aloqa vositasi bor. Bu Skype konferensiyadir. U yerda har qanaqa savolga tez javob olishingiz mumkin. Istasangiz shu chatga qoʻshiling. Nataev munozara 07:22, 7-Mart 2015 (UTC)

Mana bu yerda „Administratorlikka soʻrovlar“ andozasi muhokamaga qoʻyilgan. Sizning ovoz berishingiz kelajakda oʻzingizni ham administrator boʻlishingizga taʼsir qilishi mumkin. Shuning uchun aktiv boʻlishingizni soʻraymiz. —Химик1991 (munozara) 09:11, 12-Mart 2015 (UTC)

Salom. Vikipediyaga katta hissa qoʻshayotganingizga rahmat. Iltimos, mana bu yerda administratorlikka soʻrov boʻlmoqda. Ovoz bering. Ovozingiz loyiha uchun muhim. --Farsizabon (munozara) 15:30, 15-Aprel 2016 (UTC)

Salom! Maqolaga manba ham keltirib oʻting, iltimos. Keyin «пгт с 2009 года»ga oʻxshash bir tipli soʻzlarni bot bilan tarjima qilsa boʻladi. Tarjimasini aytsangiz urinib koʻraman. --Химик1991 (munozara) 11:52, 22-Aprel 2016 (UTC)

Ha albatta, oxirida manbalarni yozib qo'yaman. Taklifingiz uchun rahmat. пгт с 2009 года ning o'rniga 2009 yildan e'tiboran deb yozsa bo'ladi. O'zingizda ham to'griroq jumla bo'lsa yozsangiz bo'ladi.--S.Abdukakharov (munozara) 12:15, 22-Aprel 2016 (UTC)

Maqolani toʻldirishingizni kutgunimcha oʻzingiz tarjima qilib boʻlibsiz. --Химик1991 (munozara) 14:38, 22-Aprel 2016 (UTC)
«Oʻzbekiston» ordeni
Hurmatli S.Abdukakharov, Oʻzbekiston aholi punktlari haqidagi qator maqolalar yaratayotganingiz uchun katta rahmat! Oʻzbekcha Vikipediyani toʻldirishda davom etasiz deb umid qilaman. Ushbu ordenni qilgan ulkan ishlaringiz uchun qabul etgaysiz. Omad! --Farsizabon (munozara) 12:33, 29-Aprel 2016 (UTC)

Salom. Yarim oydan beri Vikipediya:Tanlangan maqola nomzodlarida yangi nomzod turibdi. Iltimos, fikringizni bildiring. Vikipediyamiz oʻlikka oʻxshab qolmasin. Oldindan tashakkur. --Farsizabon (munozara) 12:44, 3-May 2016 (UTC)

Request of Cooperation

[manbasini tahrirlash]
thumbless
thumbless
thumbless
thumbless

Hello dear S(uz)ak. Sorry for bothering. Warm greetings from the Armenian Wikipedia! Could you please help me translate the article Robert Abajyan into your beautiful, unique and honorable language? [Even a couple of sentences is good enough] and in return I could translate something of your choice in our Wiki. Please respond if interested and thank you very much in Advance. --Narek75 (munozara) 12:33, 21-May 2016 (UTC)

  • Sorry. I dont see encyclopedic significance in article Robert Abajyan. This article in Russian Wikipedia suggested for deletion.--S(uz)ak (munozara) 16:58, 21-May 2016 (UTC)

Assalomu alaykum! Ishlaringiz yaxshimi? Vikiga salmoqli hissa qoʻshgan ekansiz. Vikimaʼlumotlardagi tahrirlaringiz uchun ham rahmat. Vaqt boʻlsa, yana kirib tursangiz xursand boʻlardik. Mirzoulugʻbek aka kabi menam qirgʻizistonlikman. Telegram guruhlarimiz ham bor: t.me/uzwikichat. Nataev munozara 02:57, 15-Mart 2024 (UTC)