Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:Muminova Umida

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chxunchxon-Pukto Provinsiya ramzlari: Gul: oq magnoliya. Qush: hakka. Daraxt: dzelkva. Maskotlar: Godumi bola va Barumi qizi. Chxunchxon-Pukto (Shimoliy Chxunchxon) – Koreya Respublikasi markazida joylashgan provinsiya, maydoni 7431,768 kvadrat kilometr, aholi soni 1500,610 ming kishi, aholi soni bo‘yicha o‘n ikkinchi o‘rinni egallaydi (2004 y.). 1106 yili bu hududda Chxunchxon provinsiyasi tashkil etildi. 1896 yili Chxunchxondo Chxunchxon-Pukto provinsiyasining shimoli-sharqiy qismidan ajralib chiqdi va 1945 yilga qadar provinsiya Koreya, keyin Koreya Respublikasi tarkibiga kirdi. Provinsiya Xoso mintaqasining bir qismi hisoblanib, g‘arbda Chxunchxon-Namdo provinsiyasi, shimolda Kyongido va Kanvondo provinsiyalari, janubda Cholla-Pukto, sharqda – Kyonsan-Pukto provinsiyalari bilan chegaradosh. Chxunchxon-Pukto – mamlakatdagi dengizga chiqishi yo‘q yagona provinsiya. Provinsiyaning katta qismini tog‘lar, xususan, shimolda Noryonsan va sharqda Sobeksan tog‘lari egallagan. Provinsiya guruch, arpa, dukkakli donlar va shirin kartoshka (batat), shuningdek, jenshen va tabak yetishtirish uchun ixtisoslashtirilgan. Tabak 1912 yili Amerikaning Virginiya shtatidan keltirilgan. Shu bilan birga provinsiya foydali qazilmalari bilan ham mashhur: oltin, temir, toshko‘mir, steatit, flyuorit va molibden, shimoliy qismida – mramor va ohaktosh. Ipakchilik yaxshi rivojlangan. Provinsiya Chxunchxon-Pukto 3 shahar va 9 uyezdga bo‘lingan. Shaharlar: Chechxon, Chxonju, Chxunju. Uyezdlar: Yondon, Kvesan, Okchxon, Poin, Tanyan, Chinchxon, Chxonvon, Chinpxyon, Imson.

Muminova Umida bilan munozara boshlang

Munozarani boshlash