Foydalanuvchi:Muminova Umida
[[Koreyaning to’rt fasli va ob-havosi]]
Koreyada to’rtta fasl bor; bahor, yoz, kuz va qish.
Bahorda ob-havo iliq, lekin mart oyi oxirida yoki aprel oyining boshida to’satdan ob-havo
salqinlashadi. Qor yog’ishi ham mumkin. Bahorda daraxt barglari kurtak yoza boshlaydi va
turli-tuman gullar ochilgani uchun butun mamlakat chiroyli bo’ladi.
Odamlar gullarni tomosha qilish uchun sayohatga chiqishadi.
Yozda ob-havo juda issiq va nam bo’ladi. Iyul oyidan boshlab deyarli bir oy davomida
yomg’ir yog’adi. Bu yomg’ir mavsumi tugasa avgustda harorat 30 darajadan balandroq
ko’tariladi va ta’til boshlangani uchun ko’p kishilar sayohatga chiqishadi.
Kuzda harorat pasayib salqin bo’ladi. Barglar sarg’ayib sariq, qizil rangli, chiroyli tusga
kiradi. Barglar sarg’aysa kishilar yana tomosha qilishga tog’ga chiqishadi. Shuningdek, ko’p
mevalar pishib, teriladi va guruch hosilini yig’iladi.
Qishda ob-havo sovuq bo’ladi va qor yog’adi. Shimoliy tomonga borgan sari harorat tushib
sovuq bo’lganligi tufayli qor ham ko’proq yog’adi.