Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:Azizxon Muzaffarov

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Azizxon Muzaffarov!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy

Asadbek Botirqulov (munozara) 04:11, 17-Aprel 2021 (UTC)

Shaxsiyatlar bilgiqutisi maqolalar uchun moʻljallangan. Uni foydalanivchi sahifangizga qoʻshish yaramaydi. Ushbu masalada tahrirlar urushini boshlab notoʻgʻri ish qilyapsiz. — Kagansky (munozara) 13:54, 3-Dekabr 2021 (UTC)

Shaxsiyat bilgiqutisi

[manbasini tahrirlash]

Axborot ikonasi Salom hamda Vikipediyaga xush kelibsiz! {{Shaxsiyat bilgiqutisi}} shaxslar haqidagi maqolalar uchun moʻljallangandir. Istasangiz, foydalanuvchi sahifangizda {{Vikipediyachi}} andozasidan foydalanishingiz mumkin. Iltimos, ogohlantirishlarga qaramay, sababsiz tahrirlar urushini boshlamang. Rahmat. Malikxan munozara 16:27, 20-Fevral 2022 (UTC)

Bu andoza faqatgina shaxslar haqidagi maqolalar uchun moʻljallangan. Ogohlantirishlarga qaramay, bu andozani foydalanuvchi sahifangizga qoʻshishingiz, chetlashtirilishingizga olib kelishi mumkin. Malikxan munozara 17:12, 20-Fevral 2022 (UTC)

Assalomu aleykum Uzr boshqa takrorlanmidi Azizxon Muzaffarov (munozara) 15:59, 20-Aprel 2022 (UTC)

Maqolani nomlashda uslubiy uslubiy xatoliklar

[manbasini tahrirlash]

Hormang! O‘zbekcha Vikipediyaga hissa qo‘shayotganingiz juda ham ajoyib. Lekin, bir xatolikka yo‘l qo‘ymoqdasiz. „Ozarbayjon fuqarosi passporti“, emas „Ozarbayjon fuqarolik passporti“, deya nomlash to‘g‘ri bo‘lar edi. Xuddi, „O‘zbekiston fuqarolik passporti“, degan jumla bilan bir xil bo‘ladi. Iltimos, keyingi safar bunday xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiling. Hurmat bilan, Optima D (munozara) 17:51, 30-Iyul 2022 (UTC)

Assalomu alekum. Rahmat! Oʻzizam hormang. Lekin davlat nomi Ozarbayjon ku Azizxon Muzaffarov (munozara) 17:54, 30-Iyul 2022 (UTC)
Va alaykum assalom! Yuqoridagi eslatmada urg‘u fuqarolik so‘ziga tushgandir. Belarus Respublikasi fuqarolik pasporti haqidagi maqolani o‘rganib chiqsangiz, yanada ajoyib maqolalar yarata olishingiz mumkin. Xayrli kech, Optima D (munozara) 18:04, 30-Iyul 2022 (UTC)
Haa uzr, Rahmat Azizxon Muzaffarov (munozara) 18:05, 30-Iyul 2022 (UTC)

Salom. Asli lotin yozuvida yoziladigan kishilar ismlarini buzib emas, aslidek yozing. Maqolani Benjamín Kuscevicga koʻchiring. Maqola ichida kelgan barcha asli lotin yozuvida yoziladigan, ammo buzib yozilgan kishilar ismlarini tuzatib chiqing. Avval yaratgan maqolalaringizda ham shu kabi kamchiliklar boʻlsa, ularni bartaraf etishingiz lozim. Shuningdek, mana bunday qilib {{talaffuz}} andozasini ishlating.

Malikxan munozara 14:06, 30-Oktabr 2022 (UTC)

Assalomu aleykum. Lekin oxirida berilgan maqolada vikifikator ishlatgandim🤦🏻‍♂️ Azizxon Muzaffarov (munozara) 14:11, 30-Oktabr 2022 (UTC)
Tushunarli Azizxon Muzaffarov (munozara) 14:11, 30-Oktabr 2022 (UTC)

Ogohlantirish

[manbasini tahrirlash]

Salom. Ikkita tavsiya beraman. 1) Eski Fountain baholash tizimiga yuklagan maqolalarni yangisiga yuklamang, ular oʻchiriladi 2) avtomat tarjimalarni toʻliq tuzating. Tavsiyalarni bajarmasangiz, bloklanasiz. Umarjon Rahimov (munozara) 14:37, 2-Dekabr 2022 (UTC).

Salom. Tushunarli Azizxon Muzaffarov (munozara) 15:39, 2-Dekabr 2022 (UTC)

Salom! Kechirasiz, ammo Vikipediyada foydalanuvchi o'zi yaratgan maqolalarni Andoza nomfazosida yig'a olmaydi. Buni o'z foydalanuvchi nomfazongizda amalga oshirishingiz mumkin. Masalan, Foydalanuvchi:Azizxon Muzaffarov/Maqolalar deya. Ushbu sahifani {{ }} ichiga olsangiz ishlaydi. Yoqimli tahrirlar! Salazarov (suhbat) 18:28, 29-Dekabr 2022 (UTC)

Rahmat Azizxon Muzaffarov (munozara) 19:39, 29-Dekabr 2022 (UTC)

Ogohlantirish

[manbasini tahrirlash]

Salom! Charles III maqolasidagi tahrirlash urushiga sababchi bo'lyapsiz. Bu holatga chek qo'yishimiz lozim. Salazarov 12:12, 18-Mart 2024 (UTC)

Assalomu alaykum! Siz tahrirlayotganingizda o'zgartirish qildimmi? Azizxon Muzaffarov (munozara) 12:20, 18-Mart 2024 (UTC)

Timeless (The Weeknd va Playboi Carti qoʻshigʻi)

[manbasini tahrirlash]

Siz tomoningizdan yaratilgan „Timeless (The Weeknd va Playboi Carti qoʻshigʻi)“ maqolasi tezda oʻchirish mezonlariga („M2: Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi“) binoan oʻchirildi. Agar maqolani qoidalarga mos keladi, deb oʻylasangiz, mana bu sahifada soʻrov qoldirishingiz yoki munozara sahifamda xabar qoldirishingiz mumkin. Rahmat. Kagansky munozara 06:29, 2024-yil 21-oktyabr (UTC)[javob berish]