Foydalanuvchi:Xatchiman/Skeptik. Dunyoga oqilona nigoh
Asl nomi | inglizcha: Skeptic: Viewing the World with a Rational Eye |
---|---|
Muallif(lar) | Michael Shermer |
Til | Ingliz tili |
Janr(lar)i | Ilmiy-badiiy adabiyot |
Nashr etilgan sanasi | 2016-yil |
Nashriyot | Henry Holt and Company |
ISBN | 978-1627791397 |
Skeptik. Dunyoga oqilona nigoh (inglizcha: Skeptic: Viewing the World with a Rational Eye ) - Maykl Shermerning ilmiy-badiiy uslubda yozgan kitobi hisoblanadi. Kitob 2016-yil Henry Holt and Company nashriyotida ingliz tilida chop etilgan. Ko'plab talab va istaklarga binoan rus tiliga 2017-yili tarjima qilingan.
Kitob haqida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Amerika tarixchisi va ilm-fan rivojlantiruvchisi, skeptiklar jamiyati asoschisi hisoblanmish Maykl Shermerning kitobi Scientific American jurnalida chop etilgan va tarkibi 75 ta ilmiy insholardan iborat[1].
Muallif o'z insholarida Atlantis, Injil kodekslari, Bigfoot, shuningdek, bir nechta " muqobil tibbiyot " amaliyotlarini va odamlar orasida mashhur bo'lgan boshqa psevdo-ilmiy tushunchalarni rad etgan[2]. Psevdo-fandagi tushunchalarga qarshi munozarani faqatgina fan haqida chuqur tafakkur qilish orqali erishish mumkinligini isbotlagan. Bu mulohazalar ratsional aqlning ratsional olamga bo'lgan ishonchini ifodalaydi[3].
Muallif qaydlari
“Erkinlik uchun toʻlanishi kerak boʻlgan baho: abadiy hushyorlik, soʻz erkinligi niqobi ostida vaqti-vaqti bilan bildiriladigan maʼnosiz suhbatlarga abadiy sabr-toqatdir... Erkin jamiyatda skeptiklar irratsionalizmning qoʻriqchilari – himoyachilaridir. Buzg'unchilik bu shunchaki absurtlikdan qochish hisoblanib bizga hayotiy zavq va fikrning adashishi mumkinligi haqida saboq beradi"
Andoza:Цитата2O'zining kitobida Shermer matematik olim va skeptik inson Martin Gargnerni taqlid qilish uchun obraz qilib keltirib o'tgan. U, shuningdek, ilmiy-fantastik yozuvchi Isaak Asimovdan iqtibos keltirgan: “Odamlar Yerni tekis deb o'ylashganda ularning fikrlari noto'gri edi, lekin agar siz Yerni sharsimon deb o'ylayotgan bo'lsangiz bu ham noto'g'ri, xuddi Yerni tekis deb hisoblash kabi. Sizning nuqtai nazaringiz ikkalasini birlashtirgandan ko'ra xatoroqdir. (Shermer buni Asimov aksiomasi deb atagan.)
Muallifning fikricha, ilmiy izlanishlar davrining eng muhim qilsmini buyuk mutafakkirlarning fikrlari egallaydi va ularni orzumand hayollardan himoyalash kerakligini aytib o'tgan. Uning fikricha ommaviy axborot vositalari ilm-fanni chuqur taxlil qilolmaydi, o'zlarining soxta, yuzaki yondashuvlari bilan turli mashhur teleko'rsatuvlar fanga faqat zarar keltirishadi[4].
Shu bilan bir qatorda ayrim "muhokama" ko'rsatuvlarida Apollonning oyiga qo'nishi soxtalashtirilgan deb da'vo qilganliklari prodyuserlarining aybi emas deydi. Shermer aytishicha bunday ko'rsatuvlarda ilm-fandagi yangiliklarni keng ommaga tushuntirishga urunishlarini olimlar jiddiy qabul qilishmaydi, aksincha ular bu holatdan doim nafratlanishgan. Karl Sagan va Stiven Jey Gould bundan mustasno edi, garchi bu harakatlar ularning professional obro'siga putur etkazgan bo'lsa-da[3].
Muallif ikki olimni kitobga ilhom manbai sifatida ko‘rsatgan, ilmiy izlanishlar mohiyati va natijalarini ommalashtirishga qaratilgan bir qator ishlari haqida o'z insholarida yozgan. Kitob materialining uchdan bir qismini turli xil qalloblik, isrofgarchilik, aldanish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri firibgarlikni fosh etish va ularga qarshi kurashishga bag‘ishlagan.
Muallifning insonlarni g'ayritabiiy narsalarga ishonishiga sabab bo'luvchi faktorlar haqida yozgan insholari e'tiborga loyiq. Ashaddiy skeptiklarni kuchli, yaxshi o'ylangan va ilm-fanga asoslangan insonlar (mantiqsiz qarashlarga e'tibor bermaydigan), beparvo, irimchi insonlar o'rtasida sof dixotomiya tendensiyasi hosil bo'lishigina ranjitishini keltirib o'tgan.
Kitob yakunidan Insonning o‘z-o‘zini aldash qobiliyati cheksiz, e'tiqodning ta’siri esa chidab bo‘lmas darajada, deya xulosa qiladi muallif[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash][[Turkum:Ilmiy-ommabop kitoblar]]
- ↑ Shermer Michael. „Skeptic: Viewing the World with a Rational Eye“. Library Journal. 2021-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-dekabr.
- ↑ Szokan, Nancy. „A skeptical look at just about everything“. Washington Post (2016-yil 25-yanvar). 2016-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-dekabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Review of Michael Shermer, "Skeptic: Viewing the World With a Rational Eye" | Inside Higher Ed“ (en). www.insidehighered.com. 2021-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-dekabr.
- ↑ CASE. „Book Review: Skeptic: Viewing the world with a rational eye“ (en). CASE. 2021-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-dekabr.