Apollon (kosmik kema)
"Apollon" — astronavtlarning Oyga uchishi uchun moʻljallab AQShda ish-lab chiqilgan kosmik kema (KK) larning nomi, ularni ishlab chiqish va uchirish dasturi. Birinchi marta 1967 i. oxiri, 1968-yil boshlarida uchirilgan „Saturn-5“ eltuvchi raketa (ER) „A.“ni uchirish uchun moʻljallangan. „A.“ Oyga uchishni va Oy atrofidagi orbitaga oʻtishni taʼminlovchi ikki KKdan iborat. 1967 — 75 ylarda „A.“ KKning „A-4“, „A-5“, „A-6“, „A-7“, „A-8“, „A-9“, „A-10“, „A-11“, „A-12“, „A-13“, „A-14“, „A-15“, „A-16“, „A-17“ markalari uchirildi. Ularda jami 38 astronavt uchirildi. „A-11“da Oy sirtiga inson birinchi marta chiqarildi (1969-yil 16-iyul, N. Armstrong, E. Oldrin). Astronavtlar Oy sirtida yurishni mashq qilishdi, Oy sirtiga ilmiy asboblar oʻrnatishdi. Oy jinsi namunalaridan 22 kg yigʻishdi, Oy sirtini fotosuratga olishdi, Yer bilan telefonda gaplashishdi, Oy sirtiga AQSH bayrogʻini oʻrnatishdi, halok boʻlgan astronavtlarning surati tushirilgan beshta medalni Oy sirtiga qoʻyishdi. Astronavtlar Oydan Yerga te-levizor orqali koʻrsatib turildi. Oyga qoʻnilgan joy „Sokinlik bazasi“ deb ataldi. Oy sirtida 1 soat-u 44 min. mo-baynida moʻljaldagi ishlarni bajargach, Oldrin kabinaga qaytdi, undan 10 min. keyin Armstrong ham kabinaga kirdi. Oyda 21 soat 36 min. boʻlgach, astronavtlar 21-iyul kuni Oydan koʻtarildilar va selenotsentrik orbitada baʼzi ma-nyovrlarni bajargach, „Burgut“ (oy ka-binasi)ni „Kolumbiya“ (asosiy blok)ga uladilar va unga oʻtib, oy kabinasini ajratdilar, shundan soʻng maxsus dviga-telni ishga tushirib, Yerga uchish trayek-toriyasiga chiqdilar. „A-11“ 24-iyulda Gavay o.laridan janubi-gʻarbdagi Jonston o. yaqinida Tinch okeanga qoʻndi. Bioizo-lyatsiya kiyim-boshi kiydirilgan astro-navtlar va KKning oʻzi maxsus vertolyotda „Xornet“ avianosesiga keltirildi. Astronavtlar karantin muddatini oʻtash uchun maxsus ajratilgan joyga olib ke-tildi.
Yana q.
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |